Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


 O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat  kadastrining mazmuni



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Kadastrlari-1

2. O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat  kadastrining mazmuni. 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  o‘simlik  dunyosi  ob’ektlarining  davlat  kadastrida 
quyidagi  guruhlarga  birlashtirilgan  yovvoyi  o‘simliklarning  har  bir  turi  bo‘yicha 
ma’lumotlar mavjud bo‘ladi: 
 
yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida 
foydalaniladigan o‘simliklar; 
 
texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar; 
 
tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar; 
 
yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari. 
Kadastr ob’ektlarining har bir guruhida quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi: 
 
ob’ektlar guruhlarining maqomi; 
 
o‘simliklar dunyosi (yaylovlarning turlari); 
 
keng tarqalishi (hududiy taqsimlanishi); 
 
mahsuldorligi; 
 
iqtisodiy baholanishi; 
 
foydalanilishi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
"O‘zbekiston  oliy  o‘simliklarining  ta’rifnomasi",  shuningdek  dalani  tekshirish 
ma’lumotlari o‘simlik  dunyosi ob’ektlarining  davlat  kadastrini  tuzish uchun  axborot 
manbai hisoblanadi. 
O‘simlik  dunyosi  ob’ektlarining  davlat  kadastri  kadastri  axboroti  uzluksiz 
yangilashini ta’minlovchi axborotning asosiy va joriy turlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘simlik  dunyosi  ob’ektlari  davlat  kadastrining  asosiy  (birlamchi)  turini 
yuritishda ob’ektlar birlamchi ro‘yxatdan o‘tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur 
o‘tkazilgandan  keyin  yuz  bergan  barcha  keyingi  o‘zgartirishlar  qayd  etiladi  va 
kadastrga kiritiladi. 
Ro‘yxatdan  o‘tkazish,  hisobga  olish  va  baholash  axboroti  o‘simliklar  dunyosi 
to‘g‘risidagi  jami  kadastr  axborotini  tashkil  etadi.  Ushbu  axborot  alifbo-raqamli 
(matnlar,  jadvallar)  va  chiziqli  (xaritalar,  sxemalar)  shakllarida,  an’anaviy  va 
avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin