Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


Hayvonot dunyosining davlat kadastri mazmuni



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Kadastrlari-1

 
Hayvonot dunyosining davlat kadastri mazmuni. 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  hayvonot  dunyosini  davlat  kadastrida  yovvoyi 
hayvonlarning  har  bir  turi  (kichik  turi)  bo‘yicha  ma’lumotlar  mavjud  bo‘ladi. 
Yovvoyi hayvonlar turlarning quyidagi guruhlariga birlashtirilgan: 
a) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning kamyob va yo‘qolib ketayotgan turlari; 
b)  muhofaza  qilinadigan  tabiiy  hududlardagi  hayvonlar  turlari)  ovlanadigan 
hayvonlar turlari; 
g) baliqlar; 
d) qishloq xo‘jaligi zararkunandalari bo‘lgan hayvonlar; 
ye) o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalari bo‘lgan hayvonlar; 
j)  odam  va  hayvonlarning  alohida  xavfli  yuqumli  kasalliklarini  tarqatuvchi 
hayvonlar; 
z) hayvonlarning boshqa turlari. 
Turlar (kichik turlar)ning har bir guruhida quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi: 
 
tur (kichik tur)ning maqomi; 
 
tarqalishi (hududlar bo‘yicha taqsimlanishi); 
 
soni; 
 
biologiyasi va tur (kichik tur)ning ommaviylashuvi; 
 
foydalanilishi; 
 
iqtisodiy baholanishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish  qo‘mitasi tomonidan 
tasdiqlangan 
Nizomga 
muvofiq 
yuritiladigan 
"O‘zbekiston 
Respublikasi 


 
83 
hayvonlarining  genetik  fondi  kitobi"  hayvonot  dunyosining  davlat  kadastrini  tuzish 
uchun axborot manbai hisoblanadi. 
Hayvonot  dunyosining  davlat  kadastri  kadastr  axboroti  uzluksiz  yangilashini 
ta’minlovchi  asosiy  (birlamchi)  va  joriy  turlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Hayvonot 
dunyosining  davlat  kadastri  asosiy  (birlamchi)  turini  yuritishda  ob’ektlar  birlamchi 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi (xatlanadi). 
Joriy  turda  asosiy  tur  o‘tkazilgandan  keyin  yuz  bergan  barcha  keyingi 
o‘zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi. 
Ro‘yxatdan  o‘tkazish,  hisobga  olish  va  baholash  axboroti  hayvonot  dunyosi 
to‘g‘risidagi  jami  kadastr  axborotini  tashkil  etadi.  Ushbu  axborot  alifbo-raqamli 
(matnlar,  jadvallar)  va  chiziqli  (xaritalar,  sxemalar)  shakllarida,  an’anaviy  va 
avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin