Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


Davlat o‘rmon kadastrining mazmuni



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Kadastrlari-1

Davlat o‘rmon kadastrining mazmuni.   Davlat    o‘rmon  kadastri    kuyidagi  
ma’lumotlardan  iborat: 
-  Urmon  xududidagi  yerlarning  xukukiy  nizomi ; 
-  Urmon  xujaliklarini  kayd  kilish; 
-  Urmonlarni  ugodyalarni  ximoyalash  kategoriyasi  buyicha    urmon    fondi 
maydonlarining  tarkibi; 
-  Urmonlarning  son  va  sifat  jixatidan  xolati; 
-  Urmonlarninig  iktisodiy baxolanishi; 
-  Urmonlarni  kayta  tiklash  uchun  muljallangan  yer maydoni;  
-  Davlat    manfaati    maksadlari  uchun  muljallangan    urmon  maydonlari  (massivlari)  
maydoni; 
-  Urmon  maydonlarini  taksimlash; 
-  Urmon  usimliklarining  turi, xolati; 
-  Bonitet klassi  va  tuliklik guruxi buyicha  urmon  maydonlarini  taksimlash; 
-  Urmon  xujaligi  fondida  joylashgan  aloxida  ximoya  kiluvchi  tabiiy  xudud; 
-  Urmon  resurslarini  ijtimoiy  ekologik baxolash;  
-  Davlat  urmon  kadastri  ga  urmon  resurslarining  baxo  tavsifi,  ularni  kompleks 
baxolash uchun kerak bulgan barcha zarur tavsiflari.    
Yukoridagi bandlar Davlat urmon kadastri  ning mazmuninini belgilaydi. 


 
86 
O‘rmonlar  asosan  ekologik  (suvni  muhofaza  qilish,  qo‘riqlash,  sanitariya-
gigiena,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsion),  estetik  va  boshqa  vazifalarni  bajarishda, 
cheklangan  darajadagi  foydalanish  ahamiyatiga  ega.  O‘rmonlar  davlat  mulki  – 
umummilliy  boylik  bo‘lib,  ulardan  oqilona  foydalanish  lozim  hamda  ular  davlat 
tomonidan qo‘riqlanadi. Hamma o‘rmonlar davlat o‘rmon fondini tashkil etadi. 
O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo 
o‘rmon  xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun  berilgan  yerlar  o‘rmon  fondi  yerlari  hisoblanadi. 
O‘rmon  fondi  yerlarining  chegaralari  qonun  xujjatlarida  belgilangan  tartibda 
aniqlanadi. O‘rmon fondi yerlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, 
foydalanish  uchun,  shu  jumladan  ijaraga  berilishi  mumkin.  Davlat  o‘rmon  fondi 
uchastkalari  davlat  o‘rmon  fondining  bir  qismi  bo‘lib,  ularning  muayyan  chegarasi, 
maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik 
materiallarda ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy 
ko‘paytirish  sohasidagi  davlat  boshqaruvi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 
o‘rmon  qo‘mitasi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo‘mitasi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  o‘rmon 
qo‘mitasi va uning joylardagi organlari davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari hisoblanadi. 
O‘rmonga  oid  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasida  quyidagilar  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: 
 
o‘rmonlarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bo‘yicha  yagona 
davlat siyosatini amalga oshirish; 
 
davlat o‘rmon fondini tasarruf etish; 
 
o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash; 
 
o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash; 
 
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy 
ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish; 
 
o‘rmonlarning  davlat  hisobini  va  davlat  o‘rmon  kadastrini  yuritish  tatibini 
belgilash; 
 
o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish. 
O‘rmonga  oid  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasida  mahalliy  davlat 
hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
 
Davlat o‘rmon xo‘jaliklari bilan kelishgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga 
davlat  o‘rmon  fondi  uchastkalarini  berish,  davlat  qo‘riqxonalarining  o‘rmonlari 
hamda davlat milliy tabiiy bog‘larining qo‘riqxona mintaqalari bundan mustasno; 
 
o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlash; 
 
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy 
ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 
 
o‘rmonlar  xolatiga  zarar  yetkazgan  hollvrda  korxonalar,  muassasalar  va 
tashkilotlar  faoliyatini  cheklash,  to‘xtatib  qo‘yish  va  tugatish  to‘g‘risida  qarorlar 
qabul qilish; 


 
87 
 
o‘rmonlarda  mol  boqish  hamda  yog‘ochga  taalluqli  bo‘lmagan  resurslardan 
foydalanishning  boshqa  turlari  normalarini  davlat  o‘rmon  xo‘jaligi  organlari  bilan 
birgalikda belgilash va tartibga solish; 
 
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy 
ko‘paytirish borasida aholining ma’rifatli bo‘lishini tashkil etish; 
 
o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish. 
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy 
ko‘paytirish  ustidan  davlat  nazorati  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi, 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  o‘rmon 
qo‘mitasi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy 
ko‘paytirish  ustidan  idoraviy  nazorati  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  o‘rmon 
qo‘mitasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.  

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin