13
nurlarini Yer yuzining turli joylarida turlicha burchaklarda tushishini ya’ni ekvator
atroflariga tik, qutblarga borgan sari tushish burchagi kamayib borishini va buning
oqibatida Yer yuzasining turli joylari turli miqdorda issiqlik olishini hamda
qutblarda yarim yil to‘xtovsiz quyoshni botmasligi yoki chiqmasligini tushuntirish
mumkin.
Tabiiy geografik globuslarda eng muhim ekspeditsiya va sayohatlar
yo‘nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va okeanlar
geografiyasini o‘rganishda foydalanish mumkin.
Masalan, Amireka qit’asini kashf qilinishi va tekshirish tarixini o‘rganish
davomida X.Kolumb ekspeditsiyasi yo‘nalishlarini aniq va to‘la tushintirish
mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko‘proq jahon siyosiy
xaritasini o‘rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini aniqlashda, dengiz va
quruqlikdagi yo‘llarni yo‘nalishi va uzunligini aniqlashda, yirik iqtisodiy va siyosiy
ahamiyatga ega bo‘lgan portlarni aniqlashda ishlatiladi. Bundan tashqari globuslar
alohida materiklar, qit’alar, mintaqalar siyosiy xaritasini va ularda davlatlani
joylashishini va ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda ham ishlatiladi.
Geografiya ta’lim yuzasidan amal qilayotgan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim
standartlari talablarining muhim jihatlaridan biri barcha geografiya kurslarida ham
nazariy, ham amaliy jihatdan o‘quvchilarning olingan bilimlarining chizma va yaxlit
ifodasi yozuvsiz xaritalarda o‘z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: