oqimli video odatda bir tomonlama bo‗ladi. Shu sababli uzoqdagi filiallarni filialdan markazga yo‗naltirishda marshrutlarni sozlash shart emas;
video oqimning ko‗ngil ochar turi uchun DSCP CS 1 deb belgilash mumkin va ular uchun CBWFQ (Internet/scavenger sinfi ishlatiladi) navbatida o‗tkazish yo‗lagining minimum kafolati talab etiladi.
Keyingi yillarda multimeda trafiklarining jadallik bilan o‗sishi ma‘lumot uzatish tarmoqlarini ishlatishida jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi.
Ovoz, video va ma‘lumotlarni uzatish trafikda ularga xizmat ko‗rsatishda har xil talablarni qo‗yadi. Shu sababli ma‘lumot uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va ularda muammolarni yuzaga kelishi xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlash masalasi dolzarb hisoblanadi.
– jadval.
QoSni ta‘minlash tavsifi
Ko‘rsatkich
IntServ
DiffServ
IntServ
QoSni ta‘minlash usuli
Zahiralash
Imtiyozlash
Zahiralash,
imtiyozlash
Qo‗shimcha protokollarni
ishlatish lozimligi
RSVP
Yo‗q
RSVP
Marshrutizorlarni
unumdorligiga talab
Yuqori
Past
O‗rta
Tarmoqni kengaytirish
samaradorligi
Yuqori emas
Yuqori
Yuqori
Turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini
moslashuvchanligi
O‗rta
Yuqori
O‗rta
Sifatni ta‘minlashni
kafolatligi
Yuqori
O‗rta
Yuqori
Realizatsiya xarajatlari
Yuqori
Past
O‗rta
Hozirgi kunda ma‘lumot uzatish tarmoqlarida xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlashning turli usullari mavjud. U yoki bu texnologiyani tanlash xizmat
ko‗rsatish sifatining talabiga bog‗liq. Taqdim etilayotgan xizmatning sifati foydalanuvchilarning talabini qondira olishi kerak.
Integrated Service (IntServ, RFC 1633) bu – xizmat ko‗rsatishning integratsiyalangan modeli. Kerakli o‗tkazish qobiliyatini kafolatlagan holda to‗liq (End-to-End) xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlashi mumkin. IntServ o‗zining maqsadi uchun RSVP signalizatsiya protokolidan foydalanadi. Bu esa ilovalarni resurslarga to‗g‗ridan – to‗g‗ri talab qo‗yishini ifodalashga yordam beradi va o‗zida shu talablarni ta‘minlash mexanizmlarini qamrab oladi. IntServ qisqacha resurslarni zahirlash deb atash mumkin (Resource reservation).