Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
veterinariya jarrohligi

Bezarar o‘smalar. Buning o‘sishi chegaralangan, boshqa joylarga 
tarqalmaydi, olib tashlangandan keyin residiv bermaydi, takror paydo 
bo‘lmaydi. Bu xil o‘smalarning to‘qimalari atipikligi bilan farq-
lanmaydi va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chmaydi. Ular organizmni 
kamdan-kam zaiflashtiradi va ayrim hollardagina nobud qiladi. 
Zararli o‘smalar. Zararli o‘smalar infiltratsiyalanib o‘sganligi 
sababli ularni butunlay kesib tashlash yoki ajratib olish ko‘p 
qiyinchilik tug‘diradi, chunki bir qancha vaqt o‘tgandan keyin 
to‘qimalarda qayta o‘sishga (o‘sma residiviga) asos bo‘luvchi 
o‘sma qismlari qolishi mumkin. 


54 
O‘smalarning tarqalishi. O‘smalar turli hayvonlarda uchrashi 
mumkin. Ular sovuqqonli hayvonlar – baliqlar, amfibiyalar, ba’zan 
reptiliylarda uchraydi. Epitilial va biriktiruvchi to‘qimalarda paydo 
bo‘ladigan o‘smalar parrandalarda ayniqsa, ko‘p uchraydi. Spontan 
o‘smalar, ya’ni tabiiy sharoitlarda o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladigan 
o‘smalar sut emizuvchi hayvonlarning deyarli barcha turida uch-
raydi. Organizm filogenetik rivojlanishining qanchalik yuqori bos-
qichida bo‘lsa, u o‘smalar bilan shunchalik ko‘p kasallanadi. Olib 
borilgan tekshirishlarga ko‘ra, zararli o‘smalar ko‘proq it va otlarda 
uchraydi. Ularning jinsiy organlari hamda terisini zararlaydi. Erkak 
hayvonlarga qaraganda urg‘ochi hayvonlar o‘sma bilan ko‘proq 
kasallanishi aniqlangan, ya’ni qoramollarda 1:5, otlarda 1:6, itlarda 
1:3 ga to‘g‘ri keladi. O‘sma bilan ko‘proq katta yoshdagi hayvonlar 
kasallanadi. Barcha o‘smalar 100 % deb olinsa, qoramol yelinida 
0,5 %, otlarda 23 %, itlarda 22,9 % ni tashkil qiladi. 
O‘smalarning sabablari. Endogen sabablari. O‘smalarni paydo 
qiladigan kimyoviy agentlar, ayniqsa, kanserogen moddalardir. Shu 
asosida Kime (kanserogen) nazariyasi paydo bo‘ldi. Endogen 
sabablar. Kishilar o‘smalar bilan kasallanganda olimlar ularning 
ruhiy shikastlanishiga katta e’tibor berganlar. Agar surunkali 
ravishda nevroz qo‘zg‘atilib nerv sistemasi uzoq vaqt shikastlansa 
o‘smalar (papiloma, fibroma, sarkoma) paydo bo‘lishi kuzatilgan. 
O‘smalarning yuqumli virusdan paydo bo‘lish nazariyasi. Bu 
nazariyaga ko‘ra, o‘smalar organizmga tirik qo‘zg‘atuvchilar 
kirishi sababli paydo bo‘ladi. Bir oilada birga turuvchi kishilarda 
o‘smalar paydo bo‘lishi unga misol bo‘la oladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin