X. G’ulomova, G. Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, H. Boqiyeva, A. Sobirova


HUSNIXAT DARSLARIDA O’QUVCHILAR YOZUVIGA



Yüklə 251,99 Kb.
səhifə24/36
tarix15.10.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#155886
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-hozir.org

HUSNIXAT DARSLARIDA O’QUVCHILAR YOZUVIGA 
QO’YILADIGAN TALABLAR 
Husnixat darslarida o’quvchilar quyidagi talablarga amal qilishlari lozim.
1.Husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan
to’g’ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda
xat-savod o’rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi
materiallar asosida o’rgatiladi.
2.Grafik me’yorlarga amal qilish.
Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo’yining tengligiga, harflar
va so’zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo’lishiga e’tibor berilishi kerak.
3.Harflar qiyaligini to’g’ri saqlash. Bolalaming yozuvlari har xil qiyalikda


52
bolishi mumkin. agar harflarning asosiy elementlari daftar chizig’iga nisbatan tik


holatda bo’lsa, yozuv holati ham tik bo’ladi. Harf elementlari o’ng tomonga qiya
bolib, o’tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz o’quvchilarni o’ng tomonga
qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim.
O’ng qol bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o’ng tomonga
moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning
qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini to’g’ri saqlash, qo’l va
barmoqlarni ortiqcha zo’riqtirmaydi.
Yozuvning o’ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga erkin
yuritish uchun qulay bo’lib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bogliqdir.
Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya bo’lishi o’z-o’zidan
yozuvning qiyaligini ta’minlaydi.
Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta
yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o’zgarsa ham, yozuvning
qiyaligi o’zgarmasligi mumkin. shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat
dastlabki paytlarda foydalaniladi.
Qiya yozishga o’rgatishning o’ziga xos usullari mavjud. O’quvchilarga
dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish
vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalaming farqini o’rgatish zarur.
Buning uchun o’qituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar
shaklini yonma-yon yozib ko’rsatadi, ularning farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday
mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi olinadi.
Shuningdek, yozuv qiyaligining togri bolishi uchun daftaming qiya olatini
ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va ko’rsatiladi. Daftarning parta
ustida noto’g’ri turishi gigenik qoidalarning buzilishiga ham sabab boladi, chunki
o’quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftaming notogri holatga
moslaydi.
4.Daftarni partada yozish talablari asosida tutish.


53
Daftarning pastki chap burchagi ko’krak o’rtasiga to’g’ri bo’lishi yoki


daftaming qiya chizig’i (agar qiya chiziqli daftar bolsa) partaning chetiga tik
bo’lishi kerak.
Daftar beti satrlarga to’lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qo’l
bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining
ustiga ikki o’quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv
chizigl sifatida chizib qo’yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o’quvchilarning chap
ko’kraklari o’rtasiga to’g’ri bo’lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya boladi.
Agar daftarning chap beti tolsa, daftarning buklanadigan joyi tekshiruv
chiziqqa to’g’irlab olinadi va o’ng betiga yozishga o’tiladi.
O’quvchilarda harflarni qiya yozishga o’rgatish malakasini oshirish ancha
murakkab jarayon bo’lib, o’qituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi.
Muntazam ravishda turli mashqlar olib borish, o’quvchilar harakatini qunt bilan
kuzatib borish natijasida ko’zlangan maqsadga erishiladi.
O’qituvchi tomonidan berilgan ko’rsatmalarga qaramay, ayrim o’quvchilar
harflar qiyaligini to’g’ri belgilay olmaydi, kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Buning
uchun kamchiliklarni tuzatish maqsadida grafik mashqlar berilishi kerak.
O’quvchilarga dastavval daftar satriga birnechta harf yozdirib, ular orasiga qiya
chiziqlar qo’yiladi va harflar shu chiziqlarga taqqoslash orqali xatolarni
tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi.
5.Harflarni bir tekis bosimsiz yozish. Harflarni bir tekisda yozish ham
chiroyli yozuv malakalarini shakllanishida asosiy o’rin tutadi.
Ruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo’sh ushlash
harflarni tekis yozishga imkon yaratadi.
Bosimsiz yozish harflarning umumiy ko’rinishi bir tekis va chiroyli bolishi,
tez yozish malakasining shakllanishi va boglab yozishni to’g’ri amalga oshirishda
engillik tug’diradi.
O’qituvchi doskada harflarni bo’r bilan yozib ko’rsatadi. Bunda o’qituvchi


54
ham bo’rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim.


O’quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko’chirtirmaslik kerak.
Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib
borish kutilgan samara beradi, o’quvchining qolini toliqtirmaydi.
6.Harflarning tutashtirilishini to’g’ri ifodalash. Husnixat darslarida
harflarning shakllarini yozib tugatganlaridan keyin o’qituvchining navbatdagi
vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo’shib yozishga o’rgatishdan iborat.
7.Harflarni elementlarga ajratmay, bog’lab yozish. Harflarni qo’shib
yozilishini ta’minlash uchun ayrim chiziqlar o’z harakati bo’yicha orqaga qaytadi.
Bunday harakatlar chiziq doira shaklidagi harflarda ko’proq kuzatiladi.
Ko’pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo’l harakatini uzmay, ulab
yoziladi.
Namuna sifatida kichik d harfiga kichik a harfini ulab yozish quiydagi
tartibda tushuntiriladi:
-

Bolalar, qarang, men kichik d harfini kichik a harfiga qo’shib yozishni


ko’rsataman. Siz mening qol harakatimga e’tibor bering;
-

Kichik d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga


burib, yana orqaga qaytaramiz va kichik a harfini hosil qilamiz;
Qani, bolalar, kim ko’rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo’shib
yozdim?.
Bir o’quvchi doskaga chiqadi, o’qituvchi yozgan harflar ustidan qolini
yurgizadi, qolgan o’quvchilar diqqat bilan kuzatadilar. Agar o’quvchi yanglishsa,
boshqa o’quvchi chaqirilib xato tuzatiladi.
- Qani, bolalar, bu harflarning qo’shilish holatini havoda mashq qilamiz.
Hammangiz ruchkangizni oling. Boshladik (o’qituvchining o’zi bilan birga
qaytariladi).
Shundan so’ng bolalar bu harflar bog’lanishini daftarlariga ko‘chirib
yozadilar, yozganlarida qo‘l harakatini uzmayotganliklariga e’tibor qaratiladi.


55
Ikkala harf qo’shib yozilib, bir necha qator yozdiriladi. O’qituvchi bu vaqtda


sinf aylanib chiqib, noto’g’ri yozayotgan o’quvchilarga yordam beradi.
1-sinfda o’quv yilining II yarimdan boshlab o’quvchilar 4-5 harfdan toshkil
topgan sozlarni qol harakatini uzmasdan yoza oladilar. 2-sinfdan boshlab
murakkab so’zlami ham boglab yozishlari lozim.
Ammo ayrim bosh harflar esa qo’1 harakatini uzib yozishni talab etadi.
Masalan: G bosh harfiga kichik a harfini ulashda qol harakatini uzish talab etiladi.
Bunday holda boglanish yozib korsatiladi. Masalan, o’qituvchi Vaqt, Toshkent,
Nodir so‘zlarini yozib ko’rsatishi lozim.
Rasm
-
Qani, bolalar, bu so’zlarni yozishda qo’l harakatini qaerda uzdim?
-

Siz katta V harfidan keyin kichik a harfini yozishda qo‘l harakatini


uzdingiz?
-

Siz, katta G harfidan keyin o harfini yozishda qol harakatini uzdingiz?


-

To’g’ri. Agar so’zlarda bosh harflardan keyin ulash chiziqlari bo‘lsa, qo‘l


harakati uzilmasdan keyingi harflarga ulanadi. Lekin bosh harflarga ulanadi. Lekin
bosh harflarda ulash chiziqlari bo’lmasa qo’l harakati uziladi va ulash chizigl
qo’shilib keyingi harflarga ulanadi. Shu tartibda qol harakatini uzmasdan harflami
boglab yozish qiyalikni bir xilda saqlashga ham yordam beradi.
Bog’lashlarni to’g’ri ifodalash qoidalari har bir sinflarda eslatib turiladi,
shundagina bolada tez yozish malakasi o’sadi.
Husnixatga o’rgatishning yuqoridagi qoidalari to’g’ri o’rgatib borilsa,
o’quvchilarni xatosiz, chiroyli, ravon yozishini amalga oshirish mumkin. shu
nutqni nazariy husnixat darslarini to’g’ri tashkil qilishga yo’llanma sifatida bitta
dars namunasini keltiramiz.
O’quvchilar ishtirok etgan harflarni oldin rejalashtirishlari lozim. Harflarni
elementlarini tasavvur qila olishlari,tarkibiy jihatdan tahlil qila olishlari kerak.
1-sinfning 2-yarim yilligida o’qituvchi husnixatga o’rgatishni ona tili


56
darslariga qo’shib olib borsa ham, o’z ishlarini rejalashtirib olishlari zarur. .


Savod o’rgatishdan keyin yozuv sharti ham o’zgaradi. O’quvchilar
daftarlarida harf namunalarining yo’qligi sababli ular qo’shimcha bir qancha
shartlarni bajarishlari zarur. Jumladan, bosma harflarni yozma harflarga
aylantirish, ulanishini aniqlay olishlari va so’zlarni qatorlarga to’g’ri
joylashtirishni mustaqil amalda oshirishlari kerak. Bundan tashqari mashq
shartlarini ham bajarishlari darkor. Shuning uchun o’qituvchi husnixat darslarini
rejalashtirish va yozuv materiallarini tanlashga alohida e’tibor berish zarur.
Rejalashtirishda yordamga muhtoj holatlarni hisobga olishi lozim.
2-sinfda husnixat darslari har haftada ona tili darslarining oxirgi bir soati
ajratiladi va o’quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi.
2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish
kerak:
a) bir chiziqli daftarlarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik
tamoyili asosida yozdirish;
b) har bir harfning o’zidan oldingi yoki keyingi harfga ulanishini o’rgatib
borish;
s) harflar elementlarining o’xshashligini hisobga olib guruhlash;
d) bosh harflarning elementlarini yuqoriga va pastga tomon tushushini
hisobga olgan holda guruhlash;
e) matnlarning bolalar hayotiga mos bolishiga erishish;
f) imlosi qiyin so’zlarni yozuv materiali sifatida tanlash;
g) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish.
3-4-sinfda har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasini husnixatga ajratiladi.
Uni gigienik talablar, bilimlar mustahkamlanadi. Rejalashtirishda bosh va kichik
harflarni bir xilharflarni oldin, tuzilishida farq bor murakkab harflarni undan keyin
harflar ishtirok etgan so’z, gaplarni,matnlarni. rejalashtirishlari lozim
O’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalari bilan tanishtirmasdan turib, chiroyli


57
yozuvga o’rgatib bo’lmaydi.




Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin