Xalq ijodiyoti



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

Tomosha – tomoshabin kо‘z oldida namoyish etilgan, yuqori saviyada badiiy 

jihatdan bezatilgan, effektli ijro uslublaridan mohirona foydalanilgan, tomoshabin 

kо‘rib estetik zavq oladigan va bevosita shu tadbirda ishtirokchiga aylanadigan 

madaniy tadbirdir.

  

Tadbir  esa  ana shu bayram va tomoshalarning u yoki bu darajada tashkil 

etilishidir. U ma’lum sanaga, ma’lum bir mavzuga va boshqa jihatlarga 

bag‘ishlangan bо‘lishi ham mumkin. Lekin bu uchta tushunchani bir-biridan 

alohida-alohida ajratmaslik ham mumkin, chunki bular hamisha bir-birlarini 

tо‘ldirib turadilar.  

Bayramlarga oid manbalarda О‘zbekiston bayramlarini «Xalqaro qutlug‘ 

kunlar», «Asosiy (tub) umumxalq bayramlari», «Soha, kasb va boshqa qutlug‘ 

kunlar» kabi turlarga ajratib kо‘rsatilgan. Shundan quyida keltirilgan asosiy 

bayramlar yurtimizda yuqori darajada tashkil etiladi.  Bu tadbirlar nafaqat 



43 

 

markazlarda balki, yurtimizning chekka joylarida ham tantanali ravishda 



о‘tkazilishi an’anaga aylangan. Asosiy (tub) umumxalq bayramlariga: 1 yanvar – 

Yangi yil, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 21 mart – Navrо‘z bayrami,9 may – Xotira 

va qadrlash kuni, 1 sentabr – Mustaqillik kuni, 1 oktabr – О‘qituvchi va 

murabbiylar kuni, 8 dekabr – Konstitusiya kuni, diniy bayramlar – Rо‘za hayiti va  

Qurbon hayitining birinchi kunlari

15

ni sanab о‘tish mumkin. 



Yuqorida qayd etilgan tadbirlar buyuk О‘zbekiston davlatining bayramlar 

mamlakati ekanligidan dalolat berib turibdi.  

Tomoshabin biror bayramga borish uchun chiroyli kiyimlarini kiyadi, oilasini 

bayramga tayyorlaydi va bayramning eng zо‘r daqiqalarini oilasi, dо‘stlari bilan 

baham kо‘rishni istaydi va bunga о‘zini, о‘zi bilan boradiganlarni tayyorlab boradi. 

Shunday ekan, biz bayram va tomoshadan ularning faqat «falon ovqat yedik» kabi 

taassurotlar bilan qaytishini emas, balki bayramni tashkiliy, ijodiy saviyasiga 

e’tibor qaratishiga, ma’naviy ozuqa olishiga erishmog‘imiz lozim. 

Demak,  bayram tadbirlarini tо‘g‘ri tashkil qilish uchun qaysi sohalarga 

e’tibor berishimiz kerak?  

Birinchidan, bayram tadbirining dramatik asosi bо‘lgan ssenariy, uning 

yozilishi jarayonlari haqida bilimga ega bо‘lish;  

Ikkinchidan, tomoshabinning nazari darrov bayram yoki tomosha 

о‘tkaziladigan joyning bezagiga tushadi. Demak, bunda tadbir о‘tadigan joyning 

badiiy bezagi, dekoratsiyalar yaratilishi, sahnani mazmun bilan boyitish haqida 

bilishimiz va amalda qо‘llash; 

Uchinchidan, kuy, qо‘shiqlar va musiqa barchamizning hayotimizga shunday 

singib ketganki, bayramlarni san’atning bu turisiz tasavvur qilish mumkin emas. 

Musiqaning janri, ijro uslubi, turli janrlarda ijod qiladigan ansambllar, havavkorlik 

jamoalari bilan ishlashni bilish; 

Tо‘rtinchidan, hech bir bayram va tomoshani raqslarsiz amalga oshirish 

mumkin emas, demak, raqs san’ati, ya’ni xoreografiya, baletmeysterlar, ularning 

                     

15

 Shodiyev B.A. Maydon tomoshalari dramaturgiyasi va rejissurasi muammolari. //Doktorlik



 diss. -T., 2007.

 



44 

 

ijodiy faoliyatlari, raqslarning bayram tadbirlarida tutgan о‘rni, ular bilan ishlash, 



repititsiyalar tashkil etish; 

Beshinchidan, hozirgi kunda har qanday bayram va tomoshalarda, 

konsertlarda teatrlashtirish usullaridan foydalanish va qо‘llash an’anaga aylangan. 

Demak, teatrlashtirish usullari va shu sohada faoliyat kо‘rsatayotgan ijodkorlar 

tо‘g‘risida ma’lumotlarga ega bо‘lish; 

Oltinchidan, tadbir qatnashchilarini kiyintirish, mavzuga mos ravishda libos 

tanlash jarayoni ham bayram yoki tomoshada tomoshaviylikka erishishining 

muhim shartidir. Mana shu jarayonlar madaniy tadbirlarning oliy shakli bо‘lmish 

bayramlarni tashkil etishning asosiy mezonlaridandir.  


Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin