(jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan ishlab chiqarish zaruriyati bilan
vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish bundan mustasno); mehnat shart-
nomasini bekor qilish. Xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat daftarchasiga
o‘rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan
davrlar haqidagi yozuvlar ham kiritilishi shart.
Mehnat daftarchasiga ishchi va xizmatchining mutaxassisligiga oid ma’lumotlardan tashqari, mehnat stajiga qo‘shiladigan boshqa xildagi ijtimoiy foydali faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi.
Mehnat daftarchasiga ishchi va xizmatchining mutaxassisligiga oid ma’lumotlardan tashqari, mehnat stajiga qo‘shiladigan boshqa xildagi ijtimoiy foydali faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi.
Masalan, Qurolli kuchlar tarkibi va ichki ishlar organlarida, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va davlat ijtimoiy sug‘urtasi joriy qilinmaydigan barcha turdagi soqchilik organlarida xizmat qilingan davr, hunar-texnika,
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi o‘qish, aspirantura va klinik ordi-naturada bo‘lgan vaqt, jamoa xo‘jaligi a’zosi sifatida ishlaganlik to‘g‘-risidagi ma’lumotlar ham qayd etiladi.
Fuqarolarning imtiyozli pensiya ololmayotganliklari va amaldagi
qonun talablarini hisobga olgan holda, ish beruvchilar yana bir masalaga e’tibor berishlari zarur. Bu mehnat daftarchasiga xodimning lavozimlari 60(ishga qabul qilishda, boshqa ishga o‘tkazishda) shtatlar jadvali va qonunlar asosida yozilishidir. Chunki ayrim fuqarolar mehnat daftar-chalariga lavozimlarining noto‘g‘ri yozilishi tufayli imtiyozli pensiya olish, ishga joylashish huquqidan mahrum bo‘lmoqdalar.