Yorqinoy Hamrayeva


--------------------- L ------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə14/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
o`zlashmalar

--------------------- L ------------------------
LAB [f-t] 1 Dudoq, irin. 2 ko‘ch. Qirg‘oq, chet.
LABORATÓRIYA [lot] Ilmiy tekshirishlar, tajribalar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun kerakli asboblar bilan jihozlangan joy.
LAFZ [a] kt. 1 So‘z; til. 2 ko‘ch. Va’da, ahd.
LAHJA [a] tilsh. Tilning bir necha shevalarini o’z ichiga olgan mahalliy guruhi.
LAIN [a] kt. La’natlangan, qarg‘ish olgan.
LÁMPA [fr] Yoritish uchun ishlatiladigan shishali asbob; chiroq.
LÁMPOCHKA [r] Elektr toki bilan nur tarqatadigan shishadan qilingan yoritish asbobi.
LANDSHAFT [nem] geogr. Manzarasi bir xil bo‘lgan yer, joy.
LANGAR I [f-t] Kemani bir joyda to‘xtatib turish uchun zanjirga bog‘lab suv ostiga tashlanadigan og‘ir temir.
LANGAR II [f-t] Dorbozlarning muvozanat cho‘pi.
LARINGIT [yun] tib. Hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishi.
LARZA [f-t] Qattiq silkinish; titroq; zarba.
LAT [latishcha] Latviya pul birligi.
LATIF [a] 1 Chiroyli, go‘zal. 2 Yoqimli, mayin, nozik. 3 Muloyim, xushmuomala.
LATIFA [a] Kulgili voqea-hodisa haqidagi hikoya.
LAUREAT [lot] Fan, san’at va sh.k. sohalarda ko‘rsatgan xizmatlar uchun beriladigan unvon va shu unvon egasi.
LÁVA I [ital] Vulqondan otilib chiqadigan erigan tog‘ jinsi.
LÁVA II [r] Shaxtada ko‘mir qatlami yoppasiga qaziladigan joy.
LAYLATULQADR [a] din. Ramazon oyining muqaddas sanaluvchi 27-kuni.
LAYOQAT [a] Biror ishga yaroqlilik.
LAZIZ [a] kt. Mazasi yoqimli.
LA’L [a] Qizil qimmatbaho tosh.
LA’NAT [a] 1 Qattiq qarg‘ish. 2 G‘azab va nafratni ifodalaydi.
LÉKSIKA [yun] Biror tildagi so‘zlar majmui.
LEKSIKOGRÁFIYA [yun] Lug‘at tuzish nazariyasi va lug‘at tuzish ishi; lug‘atshunoslik.
LEKSIKOLÓGIYA [yun] Tilshunoslikning leksikani o‘rganuvchi bo‘limi.
LIBOS [a] Kiyim.
LIFT [ingl] Yuqoriga ko‘tarilish moslamasi.
LÍMFA [lot] fiziol. Odam va hayvon gavdasidagi to‘qima va hujayralar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turuvchi va to‘qima bilan qon o‘rtasida modda almashinuvini ta’minlab turuvchi shaffof suyuqlik.
LIMON [fr] 1 Asosan subtropik mamlakatlarda o‘sadigan sitrus o‘simlik. 2 Shu o‘simlikning sariq nordon xushbo‘y mevasi.
LÍNZA [nem] Nur yo‘nalishini o‘zgartirib o‘tkazuvchi shaffof shisha.
LÍRA I [yun] Qadimgi Yunonistonda ijodiy ilhom ramzi hisoblangan torli musiqa asbobi.
LÍRA II [ital] Malta va Turkiyada pul birligi.
LÍRIKA [yun] 1 She’riyatning his-tuyg‘u, kechinmalarni jo‘shqin suratda ifodalovchi bir turi. 2 Shu turdagi asarlar majmui.
LIT [litvacha] Litva pul birligi.
LÍTIY [yun] Yumshoq va yengil kimyoviy element; kumushrang ishqoriy metall.
LITR [fr] Ming kub santimetrga teng suyuqlik o‘lchov birligi.
LITSÉNZIYA [lot] Davlat tomonidan beriladigan ruxsatnoma.
LITSEY [yun] 1 O‘rta maktab ta’limidan keyingi maxsus o‘quv yurti. 2 G‘arbiy Yevropada: o‘rta bilim yurti.
LOF [f-t] 1 Mubolag‘a. 2 Ortiq ko‘pirtirib maqtanish.
LOGARIFM [yun] mat. Asos deb ataladigan muayyan sonni darajaga ko‘targanda berilgan sonni hosil qiladigan ko‘rsatgich.
LOJUVARD [f-t] 1 To‘q havorang tusli mineral. 2 sft. Tiniq ko‘k.
LOKOMOTIV [fr] Temir yo‘lda o‘ziga tirkalgan vagonlarni tortib boradigan parovoz, elektrovoz, teplovoz va sh.k.larning umumiy nomi.
LOL [a] Tili tutilgan; mulzam.
LOLA [f-t] bot. Yirik chiroyli gulli bahorgi o‘simlik.
LOM [r] Uchlari o‘tkir metall tayoq.
LOSOS [r] Pushtirang yirik baliq.
LOTERÉYA [fr] Pul yoki buyumlar yutish o‘yini va shu o‘yinning chiptasi.
LOY [f-t] Suv bilan qorishib yumshoq va yopishqoq holga kelgan tuproq.
LOYIHA [a] 1 Chizma, reja. 2 Qaror, farmon va sh.k.larning dastlabgi xomaki matni.
LOYIQ [a] To‘g‘ri keladigan, mos; sazovor.
LOZIM [a] modal s. Kerak, zarur.
LÚPA [fr] Kichkina narsani katta qilib ko‘rsatadigan, ikki tomoni qavariq gardishli shisha; zarrabin.
LUQMA I [a] Bir chaynam, bir yutum, ovqat.
LUQMA II [a] Birov gapirayotganda uning gapiga javob, izoh, so‘roq tariqasida boshqa kishi tomonidan qo‘shiladigan ibora, so‘z.
LÚZA [pol] Bilyard stoli burchak va qirg‘oqlaridagi to‘rli teshiklar.
LUG‘AT [a] 1 Bir tildagi so‘zlarni ma‘lum tartibda joylab, izohlab yoki boshqa tilga tarjima qilib berilgan kitob. 2 Tildagi barcha so‘zlar majmui.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin