1
Mavzu : Ajinatepa va Mingo'rik
REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Mingo'rik manzilgohini o'rganilish tarixi.
2. Ajinatepa manzilgohini o'rganilish tarixi.
3. Mingo'rik va Ajinatepa topilmalari va madaniyatning o'ziga xos jihatlari.
III. Xulosa.
2
Ajinatepa – budda ibodatxonasi harobasi saqlangan tepalik (6–8
asrlar). Qo‘rg‘ontepa sh. (Tojikiston Respu-blikasi)dan 12,5 km sharqda.
Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib o‘rganilgan (1961–69).
Ibodat-xona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100x50) topilgan.
Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklari –
haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari
3
topilgan. Buddaning o‘lim to‘shagida yotgan 12 m li haykali va sovg‘a
keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega
AJINATEPA — budda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (6—8-a.
lar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston
arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961—69). Ibodatxona va
monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100×50) topilgan. Qazishmalar davrida besh
yuzdan oshiq sanʼat yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va
ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li haykali va
sovgʻa keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.
4
5
MINGOʻRIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldigʻi (1–13-
asrlar). Mahalliy aholi oʻrtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur
boʻlgan. Toʻrtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka
aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga
ekanligi koʻrsatilgan.
6
Toshkent temir yoʻl vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar
xarobasi oʻrnida 19-asrda katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hozir
shahar qurilishi munosabati bilan Mingoʻrik hududining oldingi relyefi va
yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingoʻrikning bir
qismigina saqlangan. Birinchi marta 1896-yil (Ye.T. Smirnov, N.S.Likoshin
tomonidan), keyin 1912-yil (A.I.Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari
toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-yillarda M.Ye.Masson, 40–50-
yillarda T.Mirgʻiyosov, V.I.Sprishevskiy, Yu.F.Buryakov arxeologiya kuzatish
ishlari olib borgan.
7
Birinchi qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu.F.
Buryakov, D.G.Zilper, O.V. Obelchenko) tomonidan oʻtkazilgan, 1968-yildan
Toshkent arxeologiya eks¬peditsiyasi mazkur arxeologik yodgorlikni oʻrganishni
boshlagan. Uning ishlari 2008-yildan davom ettirilmoqda. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining 2200-yilligini nishonlashga
tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga (2008-yil 2-aprel)
muvofiq, Mingoʻrik shahar xarobasi qoldiqlari konservatsiya qilindi (2008).
8
Mingoʻrikda olib borilgan ilmiy tekshirishlar natijasida shahriston (15 gektar) va
ark (0,5 gektar) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan.
1-bosqichda oʻziga xos xochsimon tarhli, uchta ichki gumbazli xonalari boʻlgan
mahobatli meʼmoriy-qurilish majmui bunyod etilgan. Bino devor bilan oʻralgan.
Oʻz davrida bino bir necha marotaba taʼmirlangan, yarim aylana burj va moʻlalari
oʻsib borgan, shu bilan birga asrlar mobaynida binoning asosiy vazifasi saqlanib
qolgan.
9
Bu majmua tepasidagi otashgohda oʻt yoqish va undan hosil boʻlgan muqaddas
kullarni muntazam ravishda toʻplab, yigʻib borish bilan bogʻliq boʻlgan. Qurilish
qoldiqlari va funksional belgilar tahliliga koʻra, bino milodning dastlabki asrlarida
oʻt va quyoshga topingan mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Tadqiqot natijalari
Toshkent vohasi qadimda Qangʻ davlatining milodning boshlaridagi diniy
markazlaridan biri boʻlgan, deb hisoblash imkonini berdi. Uning atrofida,
kelajakdagi ilk shahar markazi shakllangan. 2-bosqichda (5–6-asrlar) shahar tez
surʼatda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va
shahristonga ega yirik shahar markaziga aylangan. 7-asr boshida shahar Chochning
poytaxti boʻlgan. Arab manbalarida tilga olingan “Madinat ash-Shosh” shu
yodgorlikning aynan oʻzi deb hisoblanadi. 3-bosqichda (7–8-asrlar) shahar eng
yuksalgan davrda boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari majmuasi, ichki
bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-roʻzgʻor
asbob-uskunalari, idishlar Mingoʻrikning umumsoʻgʻd madaniyati asosida Soʻgʻd,
Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mustahkam aloqada
rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida
koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan. Shahar qurilishi kengayib borgan
sari eski qalʼa devorlari torlik qilib, uning xarobalari ustiga shahriston uylariga
nisbatan salobatli qasr majmuasi – Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan.
Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan
tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari uchun) ham boʻlgan. Bu davrda
Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan. Sanʼat va madaniyat rivojlangan.
Manbalarda qayd etilishicha, musiqa va raqs sanʼati, ayniqsa, yuksak pogʻonaga
chiqqan. 8-asr boshlarida Choch poytaxti xarobaga aylangan. 10-asrda
Mingoʻrikning bir qismidagina hayot tiklangan va 13-asrgacha davom etgan.
Markaz yangi shahar – Binkatga koʻchirilgan.
10
Mingoʻrik, Mingoʻriktepa — qad. shahar harobasi (1 —13-a.lar). Mahalliy aholi
oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr
(toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan
iborat. Toshkent t.y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar
harobasi oʻrnida 19-a.da katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hoz.
shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi
natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Imarta 1896 y. (Ye. T. Smirnov, N. S.
Likoshin tomonidan), keyin 1912 y. (A. I. Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya
havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. Ye. Masson
arxeologik kuzatish ishlari olib borgan. 1qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va
arxeologiya instituti (Yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan
oʻtkazilgan. 1968 y.dan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi davom ettirmoqda.
Bu ishlar natijasida shahriston (15 ga) va ark (0,5 ga) maydonlari, shahar
hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 1-bosqich 1—4-a.larga mansub boʻlib,
ichki turar joy kompleksini muhofaza qilgan uzun yoʻlakli, qoʻshqator qalʼa
devorlari qoldigʻi topilgan. Devor tashqarisida unga yondoshtirilib qurilgan
11
toʻrtburchakli burj va moʻlalar boʻlib, ularning orasi 12 m ga teng boʻlgan. 2-
bosqichda (5—6-a.lar) shahar tez surʼ-atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi
natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-
a. oxirida shahar Chochning poytaxti boʻlgan.
Arab manbalarida tilga olingan "Madinat ash-Shosh" shu yodgorlikning aynan oʻzi
deb hisoblanadi. 3-bosqich (7—8-a.lar) Arab xalifaligining Chochga yurishi
arafasida shahar eng kjsalgan davr boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari
kompleksi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish,
uy-roʻzgʻor asbob uskunalari, idishlar M.ning umumsugʻd madaniyati asosida
Sugʻd, Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mu-stahkam aloqada
rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida
koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan.
Shahar qurilishi kengayib borgan sari qalʼa devorlari torlik qilib, uning harobalari
ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli saroyqasr kompleksi — Choch
hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli
xonalar va ibodatxonalardan tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari
uchun) ham boʻlgan. Bu davrda Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan.
Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs sanʼati ayniqsa, yuksak pogʻonaga
chiqqan. 8-a. boshlarida Choch poytaxti arab xalifaligi istilochilari tomonidan
vayron qilinib, harobaga aylantirilgan. 10-a.da M.ning bir qismidagina hayot
tiklangan va 13-a. gacha davom etgan. Markaz yangi shahar — Binkatga
koʻchirilgan.
12
Foydalanilgan web-saytlar ro’yxati
1.
www.qomus.uz
2.
www.meros.uz
3.
https://meros.uz/object/mingorik-shahar-xarobasi-
4.
https://qomus.info/oz/encyclopedia/a/ajinatepa/
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ajinatepa
Dostları ilə paylaş: |