«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya ta’limda boshqaruv abdulkhamidov Abrorbek A’zamxon o’g’li


  «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»



Yüklə 440,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü440,51 Kb.
#116993
1   2   3
ZDIFT0436

145 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 

rahbarning boshqaradigan tizim maqsadini chuqur tushunishi, uni umum 
jamiyat maqsadi bilan muvofiqlashtira olishi boshqarishda taktik va strategik 
tomonlarni hisobga olib, istiqbolni belgilashiga zamin hozirlaydi. 

boshqarish maqsadini belgilash, uning mazmuni va boshqarish usul
vositalarini optimal belgilash imkoniyatini beradi; 
Boshqarishning uzluksizligiga ham jiddiy e’tibor berish kerak. Ta’lim tizimi 
uzluksiz bajaradigan vazifasi jihatidan bir-biriga bog’liq umumiy maqsad-komil 
insonni shakllantirishni amalga oshiradi. Bunda har bir bo’g’in o’z vazifasiga ega. 
Demak boshqarishning maqsadi, funksiyasi va tuzilishi uning shakli va 
mazmunini belgilab berar ekan. Mazmun esa shaklni belgilaydi. O’z navbatida 
shakl ham mazmunga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish funksiyasi faoliyatda amalga 
oshadi. Tizimning mavjudligi uni boshqarish jarayonini amalga oshirilishi bilan 
xarakterlanadi. Boshqaruvchi kishining faoliyati aniq va maqsadga qaratilgan 
ma’lum talablardan iboratdir. 
Boshqarish vazifasi mohiyatli zaruriy, takrorlanuvchi xarakatlar majmui 
bo’lib, yagona mazmun va maqsadga qaratilgan. Bunda boshqarish faoliyati bir-
biriga bog’liq va alohida vazifalarni o’z ichiga oladi bunda boshqarish vazifalari 
rejalashtirish, tartibga solish, tashkil etish, sozlash, muvofiqlashtirish, nazorat, 
rag’batlantirish, izlash, faollashtirish, hisob-kitob kabi harakatlar orqali amalga 
oshiriladi. Boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun ta’lim muassasasida 
boshqarish tizimini tashkil etiladi. Bu asosan boshqarish sub’ekti direktor oliy 
o’quv yurtlarida esa rektor o’z navbatida boshqarish bo’g’inlarini tashkil etadi. 
Shu bo’g’inlar orqali u boshqarish ob’ektiga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir mavjud 
ob’ekt rivojlanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Yuqorida aytilganidek, 
boshqarish sub’ektlar faoliyatining harakatlari majmui bo’lib, har xil vazifalarni 
ado etish hisoblanadi. 
Xulosa: Ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish yosh avlod 
tarbiyasida, o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion 
texnologiyalarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yangi 
o’sib kelayotgan avlodning ta’lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-
texnik bazasidan unumli foydalanishni ta’minlash, oliy va o’rta maxsus ta’limi 
tizimidagi yo’nalishlar va mutaxassislar bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv 
dasturlari, o’quv-metodik adabiyotlarni qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish 
borasida ko’plab ishlar amalga oshirildi.

Yüklə 440,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin