Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а.ҚОдирий номли жиззах давлат педагогика институти спорт фанлари услубияти кафедраси



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/5
tarix22.06.2020
ölçüsü0,49 Mb.
#31972
1   2   3   4   5
Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а. Одирий номли жи


Maydonda harakatlanish texnikasi.

YUGURISH.

Maydon harakatlanish texnikasini oldinga qarab oddiy yurishdan boshlaydi. Murabbiy yoki o’qituvchi tomonidan maydonda harakatlanish texnikasi ko’rsatilayotganda o’qituvchilarni diqqatini oyoqlar holatiga jalb qilish kerak, undan keyin harakat tezligi va harakat ritmiga diqqatni jalb qilinadi.

Mashq bajarishdan oldin yugurish qadamini texnikasini o’rgatish kerak. Undan keyin sekinlashib beldan oddiy yugurishga, masofa bo’ylab yugurish, tizzani baland ko’tarib, oyoqdan-oyoqqa sakrash, boshqa yugurish usullarini qo’llash.

Bu mashqlarni bajarayotganda diqatni to’liq va aktiv holatda oyoqlarni to’g’rilashv a harakat oxirida tuslanish.

Keyin yonboshlab harakat o’rgatiladi, buning uchun quyidagi mashqlar qo’llaniladi: yonboshlama harakat o’ng tomon va chap tomon bilan.

Bu mashqlar bajarilayotganda hosil qilingan ko’nikmalar, tezlik bilan yugurishga sharoit yaratadi. Bu yerda diqqatni qadamni kattaligiga, qo’llarni aktiv harakatiga va tayanchdan depsinish effektiga qaratish kerak.

1.Joyidan 5-10 m start.

2.Oddiy yugurishdan, tezlanishga o’tish va ma’lum belgigacha bgurish.

3.Shu mashq ham faqat o’qituvchini signaliga qarab.

4.O’qituvchilar ketma-ket turishadi. O’qituvchi 1-turgan o’quvchini oldiga turadi, to’pni ma’lum bir tezlikda aylantirib yuboradi. O’quvchi shu to’pga yetib olib, uni qaytarishi kerak.

Keyingi bosqich-orqalab oldinga qarab yugurish. Bu yerda ham qadamni kattaligiga diqqatni jalb qilinadi, undan keyin ularni tezligiga va boshida straxovka qilish kerak.

Maydonda harakatlanishni mustahkamlayotgan vaqtda ularni harakat tezligini va kutilmagan holda harakatni boshqa tomonga o’zgartirishni o’rgatish kerak. Voleybol uchun xarakterli bo’lgan narsa-harakatni to’xtatgandan keyin malakalar qilish: bir vaqtda yugurish bilan to’xtashni ham o’rgatish kerak. Tez to’xtash ko’nikmalarini o’rgatish va dastlabki holatni egallash quyidagi yo’llar bilan o’rgatiladi.

1.Sport holatini egallagan holda asta-sekin yugurish.

2.Tekis yugurish va signal berganda to’xtash.

3.Bexosdan to’xtash va ma’lum bir harakatni takrorlash.

SAKRASh.

Ko’pchilik hollarda sakrash qaysi bir tomonga undan keyin esa u yoki bu texnik malakani bajarishga to’g’ri keladi. Sakrashga o’rganayotgan vaqtda quyidagi mashqlar bajariladi.

1.Maydonda harakatlangandan keyin qadamlab yoki yugurib yon tomonga yoki oldinga yon tomonga ma’lum bir belgigacha.

2.Yugurish va biron-bir texnik imitasiya qilish.

3.Tez yugurgandan keyin sakrash va texnik malakani imtasiyasi. Asosiy diqqatni oyoqlarni tizza bo’g’inidan bukishi saragandan keyin va bu mashqni bajargandan keyin to’xtash.

Maydonda harakatlanish texnikasini takomillashtirish har xil yo’nalishlarda, o’yin uchun xarakterli hollarda.

Takomillashtirish ma’lum bir yo’nalishda:-strukturani yaxshilash;

-har bir usulni maydonda harakatlanish ritmini bajarish;

-har xil maydon bo’ylab harakatlanishni o’zaro texnik malakalar ketma-ketligi. Bunday takomillashtirish ko’nikmalarni kompleks vazifalarda ishlatiladi. Har xil maydon bo’lab haarkatlar texnik malakalar o’zida mujassamlashtirilgan.

Sakrovchanlikning o’sish dinamikasini nazorat qilish va baholab borish V.M.Abalakovning sakrovchanlik darjasini aniqlashga mo’ljallangan diagonal ekran-o’lchov moslamasi yordamida amalga oshirilishi mumkin (1 rasm).



1-rasm


Shtanga, qadoq toshlar (16, 24, 32 kg) va yig’ma gantellar. Kuch, sakrovchanlik, tezkorlik-kuch va sakrovchanlik-chidamliligi, kuch-chidamliliklarini rivojlantirishda keng qo’llaniladi.

Tahminiy mashqlar berilgan.

1.Shug’ullanuvchilar aylana bo’ylab turishdi. Ularni orasidagi masofa 2-3 m. Hamma aylana bo’ylab harakat qilishadi. O’qituvchini signali bilan har bir shug’ullanuvchi tezlanish qiladi va o’zini oldidagina yetigshga harakat qiladi.

2.Shug’ullanuvchilar birini ketiga ikkinchisi turib o’qituvchi signali bilan yugurishadi, yoki ko’rsatilgan tomonga harakatlanadi.

3.Shug’ullanuvchilar bir chiziqda yonma-yon turishib, qarama-qarshi tomondagi chiziqqa qarab yugurishadi. Ma’lum bir signal berilganda yuqoriga sakrab, undan keyin yana yugurishni davom ettiradilar. Bu sanab o’tilgan mashqlarga yana voleybolchi jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi mashqlar berish mumkin.



To’pni o’yinga kiritish.

To’pni o’yinga kiritishni bir ketma-ketlikda o’rganiladi, pastki to’g’ri, pastki yon tomondan, balanddan to’g’ri, balanddan pastdan to’g’ri o’yinga kiritish texnik usullari bor.

O’quvchilarga tushuntirib va ko’rsatgandan keyin to’pni o’yinga kiritishni bo’lib-bo’lib o’rgatiladi. Dastlabki holatda to’g’ri turish, undan keyin esa to’pni havoga tashlashni o’rgatish kerak.

To’pni havoga tashlashni o’rgangandan so’ng to’pga zarba berishni va gavdani zarba paytidagi rasional holatini o’rgatish kerak. Texnikani o’rganishni boshlagandan so’ng aniq harakatlarni talab qilish kerak. To’pni o’yinga kiritish texnikasini o’rganayotganda bu mashqni soddalashtirilgan sharoitda bajartirish lozim.



To’pni o’yinga kiritish uchun kerak bo’lgan mashqlar.

1.To’pni o’yinga kiritish usulini imtasiya qilish.

2.O’yinchilar bir-biriga qarama-qarshi 8-10 sm turishadi.

O’yinchilarni biri to’pni havoga tashlaydi, 2-si esa uni hatosiga qarab turadi. Undank yeyin to’pni havoga tashlash bilan qo’l haarkatini ham bajarish kerak.

3.O’yinchilarni dastlabki holati shu turgan joyi. To’p bilan bo’lgan o’yinchi to’pni o’yinga kiritish o’ynayotgan usul bilan to’pni havoga tashlab unga zarba berish kerak. Zarba sherigi turgan joyga borish kerak. Gavda harakatini kelishilganini esa to’pni trayektoriyasiga diqqatni jalb qilish keark.

4.Shug’ullanuvchilar sherik-sherik bo’lib to’rni ikki tomonga 5-6 m dastlabki holatni egallash kerak. To’p bilan bo’lgan o’yinchi dastlabki egallab holatni to’p o’yiniga kiritishni o’rganayotgan usuli bilan zarba berish. To’pni o’yinga kiritish texnikasini o’rgangandan keyin, to’rdan masofani uzoqlashtirib, uni yuza chizig’iga olib kelish kerak.

5.O’yinchilar to’pni o’yinga kiritish o’rganayotgan usuli bilan yuza chizig’idan to’pni navbatma-navbat o’yinga kiritish. Boshlang’ich vaqtda to’rdan o’tkazish vazifasi, keyin esa maydonni o’ng yoki chap tomon o’tkazish vazifasini qo’yish kerak.

To’pni o’yinga kiritishda qo’yiladigan xatolar:

1.Noto’g’ri dastlabki holatni egallash.

2.To’pni havoga noto’g’ri tashlash.

3.Qo’l panjalari bilan to’pni aniq yoki zarba bera olmaslik.

To’pni o’yinga kiritish usullarini o’rganib olgandan keyin bu texnikani takomillashtirish kerak.

1.Kuch bilan to’pni o’yinga kiritish.



2.Kuchli qabul qilish qiyin bo’lgan to’pni o’yinga kiritish.

Pastdan to’g’ri to’p kiritish. O’yinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza qismida bukkan, bir oyog’ini (zarba beruvchi qo’lga nisbatan qarama-qarshi) oldinga chiqargan holatda turadi. (2-rasm)



2-rasm

Yuqoridan to’g’ri to’p kiritish. O’yinchi to’rga qaragan holda yuqori holatni egallaydi (3-rasm).



3-rasm
To’p ko’krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo’yiladi (zarba beruvchi qo’lga nisbatan qarama-qarshi). To’p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o’yinchi qo’lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo’l - yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba to’g’ri qo’l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil variantda: to’pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. To’pga aylanma harakat bermasdan to’p kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlarning bajarilishiga qat’iy amal qilish zarur (4-rasm). Bular: to’pning qoq o’rtasiga zarba berish; to’p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo’lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor), va “aldamchi” (sekin) zarbalar berish. Hujum zarbasini 2 yo’l bilan bajarish mumkin: to’g’ri (to’rga nisbatan to’g’ri turgan holda) va yon tomon bilan (to’rga nisbatan).



4-rasm

Yuqoridan yon tomon bilan to’p kiritish. Yuqoridan yon tomon bilan to’p kiritish usulida o’yinchi to’rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (5-rasm). To’p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O’ng qo’l bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning og’irligi o’ng oyoqqa o’tkaziladi. Zarba beruvchi qo’l orqadan-yuqoriga yoy bo’yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va og’irlik kuchi chap oyoqqa ko’chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.

5-rasm


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin