Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а.ҚОдирий номли жиззах давлат педагогика институти спорт фанлари услубияти кафедраси



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/5
tarix22.06.2020
ölçüsü0,49 Mb.
#31972
  1   2   3   4   5
Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а. Одирий номли жи





ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ХАЛК ТАъЛИМ ВАЗИРЛИГИ

А.ҚОДИРИЙ НОМЛИ ЖИЗЗАХ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ

СПОРТ ФАНЛАРИ УСЛУБИЯТИ КАФЕДРАСИ

5141900 – Жисмоний тарбия ва жисмоний маданият таълим йўналиши бўйича бакалавр даражасини олиш учун

“ЁШ ВОЛЕЙБОЛЧИЛАРДА ЖИСМОНИЙ СИФАТЛАРНИ ХАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАР ОРҚАЛИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ” мавзусида бажарилган




Бажарувчи: 403-гурух Норбоев А.

Илмий рахбар: ўқит.Б.Қ.Бўрибоев
Жиззах-2013 йил

MUNDARIJA:




KIRISh ...................................................................

3

I BOB.

MUAMMONING O’RGANILGANLIK DARAJASI.................................................................


7

1.1.

Voleybolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik masalalarini yoritish.......................................................

7

1.2.

Dastlabki o’rgatish boskichida yosh voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash .........................

13

1.3.

Umumiy va maxsus tayyorgarlik va ularning o’zaro bog’liqligi (umumiyligi)....................................................

28

1.4.

Harakatli o’yinlar haqida umumiy tushuncha................

35

II-BOB.

DASTLABKI O’RGATISH BOSQICHIDA YOSH VOLEYBOLCHILAR MASHG’ULOTIDA O’TKAZILGAN PEDAGOGIK TAJRIBA NATIJALARI...............................................................

39

2.1.

O’quv-trenirovka jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarliklarni amalga oshirishda harakatli o’yinlarni ko’llash samarasi...........................................

39

2.2.

Tadkikot davomida olingan natijalarni taqqoslash........

42




XULOSA.......................................................................

52




ADABIYOTLAR RUYXATI......................................

53

KIRISh
Tadqiqotning dolzarbligi. Ta’lim sifati va uning samaradorligini ta’minlash ko’p jihatdan Davlat ta’lim standartlari, dastur, darsliklar mazmunining o’quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantira olish darajasiga bog’liq.

Ta’limning bosh maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda o’quv-metodik majmualarga kiritiladigan materiallar mazmuni o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning mustaqil faoliyat ko’rsatishi, individual fanlar mazmunida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash tamoiyllarini hisobga olgan holda tanlanishi lozimligi qayd etilgan.

Ta’lim jarayoni va Kadrlar tayyorlash tizimiga bunday yondoshuv ta’lim shakllari va yo’nalishlariga qarab shu ta’lim muassasalarining integrallashuviga olib kelmoqda. Eng asosiysi milliy ta’lim tizimiga bunday maqom berilishi o’quvchilarni muayyan kasb doirasida ijtimoiy moslashuvini mukammallashtirib bormoqda.(7)

Yosh avlodning o’sib - ulg’ayishi uchun yaratilgan shart-sharoitlardan, ularning o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni tashkil etish xalq ta’limi tizimi oldidagi muhim masalalardan sanaladi. Ta’lim tizimidagi islohatlar dars uslublari va shakllarini o’zgartishni talab etiladi.

Jismoniy tarbiya darsi - maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkil toptirishning asosiy shaklidir. Jismoniy tarbiya, umumiy o’rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida o’quv rejasida nazarda tutilgan o’quv fanidir. Fanning mazmuni davlat dasturi bilan tartiblashtiriladi. Amalga oshirish esa, jismoniy tarbiya darslarida amalga oshiriladi. Shunday qilib, darslarga qatnashish barcha o’quvchilar uchun majburiydir.(9)

O’qituvchi o’quvchilarga ko’nikma va mahoratlarini tashkil toptirish mashqlarni bajara olish bilimlarini, har biri nazorat tizimida ishlashini ta’minlashi kerak.

Demak, jismonan sog’lom, aqlan barkamol avlodni tarbiyalash jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish asosida samarali amalga oshirilishi mumkin.

To’g’ri, barcha o’quv muassasalari kabi, umumiy o’rta maktablarda ham jismoniy tarbiya bo’yicha yangi davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, rejalari va boshqa me’yoriy xujjatlar o’qituvchi-murabbiylar xizmatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarini voleybolsiz tasavvur qilish qiyin.

Voleybol sport turi – o’z mohiyati, mazmuni va rom qiluvchi turli o’yin malakalari va kombinasiyalari bilan millionlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelmoqda.

Ammo, ushbu xujjatlar asosida turli sinf o’quvchilari bilan o’tiladigan jismoniy tarbiya darslari, ayniqsa qishloq maktablarida, hali zamon talabiga javob bermaydi.

Shu sababdan, mazkur malakaviy bitiruv ish bo’yicha o’tkazilgan kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, ayrim o’rta maktablarda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan voleybol darslari mazmun va mantiq jihatidan talabga javob bermaydi.

Darsda qo’yilgan vazifalar bir-biriga bog’liq bo’lmay, qiziqarsiz mashqlar yordamida hal qilinishi ko’zga tashlanadi. Natijada o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqish so’nadi, intilish susayadi.

Albatta, maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yo’q emas, aksincha, ularning soni talaygina (Kuznesov T.D, Ayrapetyans L.R, Sharipova D.D, Korotkov I.M, Jeleznyak Yu.D, Usmonxodjayev T.S, Salamov, R.S, Kerimov F.A, Xodjayev F, Yunusov T.T, Yunusova Yu.M. Yarashev K.D lar va boshqalar.) (11,12,13)

Shu bilan bir qatorda o’quvchilari bilan o’tkaziladigan voleybol darslarini shu sport turi xususiyatiga mos harakatli o’yinlar, harakat mukammalligi va harakat aniqligini shakllantiruvchi turli noan’anaviy mashqlar hisobiga boyitish hamda samarasini oshirishga mo’ljallangan ilmiy ma’lumotlar doirasi nihoyatda tor ekanligi aniqlandi (M.A. Kurbonova va b.).

Yuqoridagilardan kelib chikib, mazkur ishning dolzarbligi ta’lim muassasalarida ommaviy sport harakatlarini shakllantirish, o’zlari tanlagan (ya’ni voleybol) sport turlari bo’yicha muntazam shug’ullanishga ta’minlashga yordam beradi.

Shunga asoslanib aytish mumkinki, malakaviy bitiruv ishining tanlangan mavzusi dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi – Yosh voleybolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasi hamda o’quvchilarda voleybol darsini harakatli o’yinlar va noan’anaviy mashqlar yordamida o’tkazish samaradorligini tadqiqot asosida o’rganishdan iborat edi.

Tadqiqotning vazifalari - Voleybolga ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilarida jismoniy sifatlarning rivojlanish sur’atini baholash, 5 - 6 sinf o’quvchilaridan iborat va tajriba nazorat guruhlarida voleybolchiga xos jismoniy sifatlar va ayrim texnik malakalar harakatli o’yinlar hamda noan’anaviy mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini o’rganish, olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va dars jarayoniga tadbiq etish.

Tadqiqotning ilmiy farazi. Mavzu bo’yicha qilingan ilmiy-nazariy tahlil, taxmin va mulohazalar shu narsani oldindan ehtimol qilish imkonini berdiki, agar maktab o’quvchilari bilan olib boriladigan voleybol darslarida ixtisoslashtirilgan harakatli o’yinlar va harakat turg’unligini shakllantiruvchi noan’anaviy mashqlardan foydalanilsa ayrim jismoniy sifatlar, texnik malakalar tez sur’atlar bilan rivojlanadi, darsga bo’lgan qiziqish keskin ortadi.

Tadqiqotning obyekti - Jizzax shaxar 10-sonli o’rta maktabning 5-6 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan voleybol darsi

Tadqiqotning predmeti – 5-6 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan voleybol darsining tarkibiy tuzilishi, mazmuni hamda dars samarasini harakatli o’yinlar va harakat turg’unligini shakllantiruvchi mashqlar yordamida oshirish imkoniyatining ilmiy mohiyatini aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Kuzatuvlar va so’rovnomalar o’tkazish natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, saralab olingan harakatli o’yinlar va harakat turg’unligini shakllantiruvchi mashqlar samarali ekanligi aniqlandi, ushbu vositalarni darslar davomida muntazam qo’llash jismoniy sifatlarni va texnik malakalarni tez sur’atlar bilan shakllanishiga olib keldi, darsga bo’lgan qiziqish va o’quvchilar faolligi keskin kuchaydi, darsning foydali harakat zichligi ortdi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot davrida o’tkazilgan kuzatuvlar, so’rovnomalar, tadqiqot va tajriba natijalari, ularning taxlili, ish bo’yicha qilingan xulosalar, amaliy tavsiyalar o’quvchilar bilan o’tkaziladigan voleybol darslariga tadbiq etilishi amaliy ahamiyat kasb etdi.

Jumladan, o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi, ularning emosional faolligini orttiradi, darsning foydali harakat zichligini ta’minlaydi. Eng asosiysi, o’quvchilarning jismoniy sifatlari va voleybolga oid qobiliyatlarini tez sur’atlar bilan shakllanishiga asos bo’ladi.



I BOB. MUAMMONING O’RGANILGANLIK DARAJASI
1.1. Voleybolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik

masalalarini yoritish
Jismoniy madaniyat komil insonni jismoniy tarbiyalashdek muqaddas vazifalarini bajarishida barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish» to’g’risidagi Farmoni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarni eng kichik yoshidan boshlab harakatli o’yinlar vositasi bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin.(5)

O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’g’risida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g’oyat muhim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan jismoniy madaniyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz», - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi-ning birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida.

Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismonan rivojlangan, mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir.

Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov «Sog’lom avlod uchun» ordenini topshirish marosimida so’zlagan nutqlarida alohida ta’kidlab o’tganlar: «Biz naslimizning kelajagi sog’lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg’arma tuzdik. Sog’lom avlod deganda biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo’lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hyech kim hyech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog’imiz kerak».(8)

Zamonaviy voleybolda samarali o’yin ko’rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat o’ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshirilishi mumkin V.A.Titar.

J.Nurshin, R.Salomov, F.Kerimovlar malakali kurashchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, Ushbu jarayonni texnik mahoratini shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ko’rsatib o’tadi. O’zbekcha milliy kurash bilan shug’ullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarning rivojlantiruvchi ko’pdan-ko’p mashqlar va ularni qo’llash uslublarini yoritib berganlar.

V.S.Daxnovskiy va boshqalar tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib beradi. (26)

Kuch va tezkorlik-kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda ehtiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi alohida ta’kidlab o’tilgan (A.V.Zimkin, V.M.Zasiorskiy, V.S.Tumanyan, V.N.Platonov, V.P.Filin, Yu.V.Verxoshanskiy, F.A.Kerimov va boshqalar).

R.A.Piloyanni fikriga ko’ra 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarining o’sishi kuzatiladi, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 11-12 yoshli bolalar mashg’ulotlarida tezkor-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini ko’paytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshda – tezkorlik, chidamkorlik, 14-15 yoshda – egiluvchanlik va tezkor-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov, V.P.Filinlar ham qo’llab quvvatlaganlar.(40)

Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar ishlarida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (N.A.Belyayev, E.A.Sergeyev, A.M.Naraliyev, Chan Suan Dong, Ye.V.Fomin, M.I.Popichev va boshqalar).(27)

Jumladan, A.M.Naraliyev vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilar tezkorlik-kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish imkoniyatini afzal ekanligini ko’rsatib o’tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchning rivojlanishida Ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta oldin 3 martadan o’tkazib turish lozim bo’ladi.

Chan Suan Dong o’z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni ma’lum qiladiki, voleybolchilarning o’yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili.

Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa ko’rinib turibdiki, zamonaviy voleybol bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqa o’yinlarida ijro etiladigan aksariyat malakalarni (to’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yish, uzatish, qabul qilish) samarali bajarish uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 4 va 5 partiya davom etadigan o’yinlarda mazkur sifatlarning ahamiyati yanada ortadi.

Yu.D.Jeleznyakning fikricha voleybolga ixtisoslashgan mashg’ulotlar bilan ilk bor shug’ullanishni 11-12 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. U o’zining tadqiqotlarida aynan shu yoshda bolalarni jismoniy va texnik tayyorgarligini jadal o’stirish imkoniyatlarini ochib beradi.(28,29,30)

Isbot qilinganki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh voleybolchilarning kelajakdagi iste’dodini aniqlashga yordam beradigan test mashqlarini tanlash bili shva qo’llash katta ahamiyatga ega. E.A.Sergeyev bunday mashqlar qatoriga birinchi navbatda sakranganlik va chaqqonlikni baholovchi mashqlarni kiritish mumkinligini ta’kidlaydi. Tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida asosiy jismoniy sifatlarini, shu jumladan maxsus sifatlarni baholash imkonini beruvchi test mashqlari tarkibini oshirish tavsiya etiladi.

Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi – sportchini har tomonlama rivojlantirish, uning funksional imkoniyat-larini oshirish va salomatligini mustahkamlashdir. Voleybolchi jismoniy tayyorgarligining konkret bo’limlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan:

1) organizm funksional tayyorgarlik darajasining safarbarlik imkoniyatlarini oshirish;

2) o’yin faoliyati effektivligini ta’minlab beradigan jismoniy fazilatlar: kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan bevosita bog’langan kompleks jismoniy qobiliyatlar – sakrovchanlik, start tezkorligi va Irg’ituvchanlik sharakatining quvvati, o’yin chaqqonligi, o’yin chidamliligi va atletik tayyorgarlik darajasini oshirish.

Umuman olganda, jismoniy tayyorgarlik jarayoni sportchining organizmida voleybol o’yiniga xos bo’lgan katta jismoniy nagruzkalar ta’sirida ko’nikish hosil qilib borishi kerak. Bunda funksional va atletik tayyorgarlikning asosiy vositalari jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular o’zining asosiy yo’nalishiga ko’ra quyidagi gruppalarga bo’linadi:

a) organizm ichki sistemalarining funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan mashqlar;

b) kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik,egiluvchanlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar.

Voleybolda jismoniy tayyorgarlik xarakteri kompleksli bo’lganligi uchun ham trenirovka jarayonida turli metodlar va tashkiliy-metodik formalardan, ya’ni:

1) «aylanma» trenirovka variantlaridan;

2) «qo’shma ta’sir» metodtdan vash u asosda jismoniy tayyorgarlikning (texnika, taktika bilan bevosita chambarchas bog’langan) boshqa turlaridan birgalikda foydalanishga yaratiladi.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, voleybolchi jismoniy tayyorgarlikda qanday sport turi vositalaridan foydalangan bo’lsa, u o’sha sport turi texnikasining elementlarini to’la egallab olishi kerak, chunki harakat malakasi faqat to’g’ri tuzilgan taqdirdagina ayrim jismoniy fazilatlar foydali bo’lishi mumkin.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik – sport trenirovkasining asosiy vazifalaridan biri – voleybolchilarni har tomonlama rivojlantirish va uni to’laqonli jismoniy o’sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayon asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda hayotni zarur malakalarini takomil-lashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. UJT voleybolchini maxsus tayyorgarligini ta’minlashda paoydevor bo’lib hisoblanadi. UJT kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlikni tarbiyalash o’z uslublari hamda vositalari bilan sport turining spesifik xususiyatini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur.

Umumi jismoniy tayyorgarlik. sportchi tayyorgarligining bu tomoni sportning takomillashuvining boshlang’ich bosqichida sportning har xil turida aynan bir xil qismda bo’ladi. U mashqlarni keng doirada qo’llab organizmni ishlash qobiliyatini tarbiyalab, umumiy funksional imkoniyati darajasini oshirishi kerak.

U har tomonlama chidamlilik, tezlik, kuchlilik, o’zaro muvofiqlashtirish qobiliyatlarini rivojlanishini tezlashtirishi kerak. Sportchining muntazam ravishda harakatlanuvchi malaka va qobiliyatini boyitishi kerak.

Sportning u yoki bu turida yuqorida ko’rsatib o’tilganidek UJT ham aniq xususiyatlarga ega. UJT – qonuniylik asosida mashg’ulot taassurotidan, tayyorgarlik mashg’ulotidan, sportning berilgan turi bo’yicha musobaqalarida bajariladigan asosiy harakatlarga o’tiladi. O’tish salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin. Albatta, UJT ni sportning har bir turida shunday tashkil qilish kerakki, ya’ni, ijobiy o’tishni ishlatmoq kerak va salbiy o’tish xavfini yo’qotish kerak.

Shundan kelib chiqadiki, tanlangan soha bo’yicha, uni qo’llash uslubida va qo’llaniladigan vosita sifatida UJT ning har bir sport turida muhim farqi bor. UJT – muttasil, har doim va uzluksiz bo’lgandagina o’z maqsadiga erishadi. U mashg’ulotning asosiy bo’limi hisoblanadi va uning barcha bosqichlarida, sportchilarning barcha tayyorlanish jarayoniga kiradi. U o’zining ahamiyatini eng yuqori pog’onaga erishganda ham yo’qotmaydi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik – bu sportchining tanlagan sport turi xususiyatiga mos jismoniy sifatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish hamda uning funksional imkoniyatlari doirasini kengaytirish asosida yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan jarayondir. Uning vositasi voleybol xususiyatiga mos jismoniy sifatlarni shakllantirish. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini hamda hosil bo’ladigan natijalar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Sport trenirovka jarayonining davr va bosqichlariga qarab umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarining hajmi nisbatan turlicha bo’ladi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) sport faoliyatidagi dolzarb muammolardan biridir va barcha sport turlarida yuksak sport natijalarga erishish uchun muhim ahamiyatga ega (V.V.Kuznesov, Ye.V.Fomin, Chan Suan Dong). Shuning uchun maxsus jismoniy sifatlarni (MJS) rivojlantirish sportchilarni musobaqa oldi tayyorgarligining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. (32,40)

Voleybolchilar trenirovkasining muvaffaqiyati o’yinchilar maxsus jismoniy sifatlarining rivojlanish darajasini aniq va to’g’ri nazorat qilinishiga bog’liqdir. Pedagogik nazorat alohida MJS ni o’zgarish darajasi dinamikasini aniqlash imkonini beradi.

1.2. Dastlabki o’rgatish boskichida yosh voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash
O’yin texnikasi juda katta ahamiyatga ega. Bu bosqichda voleybolchini texnik tayyorgarligiga zamin yaratiladi.

Voleybolchi o’rganayotgan biror-bir malakani o’zini, keyin esa boshqa malakalar bilan bajaradi. Texnik malakalarni ketma-ket o’rganish usullari va variantlari bir prinsip asosida o’rganiladi, asosiydan ikkinchi darajaga qarab.

Voleybol texnikasini o’rganishda quyidagi elementlarga diqqatni jalb qilish kerak. Dastlabki holatni to’g’ri egallash: harakatlanishda mos holatni egallash.

Texnik malakalar maxsus yaratilgan sharoitda o’rganiladi. Shug’ullanuvchilarda texnik malaka to’g’risida aniq tasavvur paydo bo’lganda, ularni shu texnik malakani ayrim bo’laklariga diqqatni jalb qilish mumkin.

O’rgatish vaqtida sharoit qiyinlashtiriladi, o’rganuvchilarni asta-sekin o’yinga o’rgatayotgan sharoitda, bunday qiyinlashtirishga erishish usullari:

-dastlabki holatni o’zgartirish orqali;

-o’zgartirgandan so’ng uzatish yoki qabul qilish;

-harakat maydonini kengaytirish.



Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi.

Mazkur bosqichning asosiy maqsadi shug’ullanuvchilarni o’zlashtirilgan o’yin malakalarini turli vaziyatlarda bajarish, ularni ijro usullarini kengaytirish va ijro samarasini oshirishdan iboratdir.

Bu bosqichda quyidagi omillar amalga oshiriladi:

-texnik malakalar bajarayotganda uning strukturasini optimallashtirish;

-texnik malakalarni bajarayotganda aniqlik darajasini ko’tarish;

-texnik malakalarni bajarish murakkablashtirilgan sharoitlarda o’tkaziladi;

-bir texnik malakani boshqa texnik malakalar bilan bog’lab o’zlashtirish;

-shu malakani bajarish sharoitini murakkablashtirish;

-eng oddiy o’yin modelini yaratish;

-o’yinni faollashtirish maqsadida sun’iy vaziyatlarni yaratish.



Takomillashtiruvchi va mukammallashtiruvchi bosqichi.

Bu bosqichda quyidagi masalalar hal qilinadi:

1.Harakat ko’nikmalarini mustahkamlash va o’yinchini shaxsiy xususiyatlariga texnikani yaqinlashtirish.

2.Texnik malakalar variantini aniqlash, eng oson bajariladigan malakalar yoki o’yinchini eng kuchli texnik malakasini aniqlash.

3.Texnik malakalar usullarini ko’paytirib va ularni oson yoki erkin bajara olishi.

4.Jamoada ma’lum bir funksiyani bajarish uchun spesifik malakalarni egallash.

5.Texnik malakalar variantini turg’un va barqaror rejada bajarish, tashqi faktorlar ta’sirida yoki raqib jamoasini qarama-qarshiligida.

Texnikani mustahkamlash o’yin sharoitiga yaqin sharoitda o’tish kerak. Buning uchun texnik malakalarni tez va aniq bajarish, qiyinlashtirilgan sharoitda, charchagan holatda, bajarilishi talab qilinadi. Texnikani mustahkamlashda o’yin usuli keng qo’llaniladi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin