Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а.ҚОдирий номли жиззах давлат педагогика институти спорт фанлари услубияти кафедраси



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə4/5
tarix22.06.2020
ölçüsü0,49 Mb.
#31972
1   2   3   4   5
Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а. Одирий номли жи


To’pni pastdan qabul qilish.

To’pni pastdan qabul qilishni o’rgatishdan oldin 2 qo’l bilan to’pni qabul qilish va uzatishni shug’ullanuvchilar bilishi kerak.


To’pni pastdan ikki qo’l bilan qabul qilishni o’rgatish uchun mashqlar.

1.Shug’ullanuvchilar bir-biriga qarashib qatorda turishib to’pni pastdan qabul qilishni imitasiya qilish.

2. Shug’ullanuvchilarni qarama-qarshi turg’izib oralig’i 3-4 m. Undan keyin bir o’yinchi to’pni sherigiga tashlaydi. Sherigi esa to’pni pastdan ikki qo’l bilan qabul qilib sherigiga qaytaradi. Bu mashqni bajarayotgan uni qiyinlashtirish mumkin. Masalan, to’pni tashlayotganda tezligini, balandligini, chap yoki o’ng tomon tashlash mumkin.

3.Dastlabki holat shu. Bir o’yinchi to’pni polga uradi, sakrab chiqqan to’pni sherigi ikki qo’l bilan pastdan qabul qilabadi va yana sherigiga to’pni pastdan 2 qo’l bilan uzatadi.

4.Shug’ullanuvchilar to’pni pastdan qabul qilib maydon bo’ylab haarkatlanishadi. Bu mashqdan maqsad to’pni iloji boricha o’zi tepishga tashlash.

To’p pastdan qabul qilishdagi xatolar.

1. Maydon bo’ylab harakatlanayotganda to’pga o’z vaqtida chiqa olmasligi yoki uchib ketayotgan to’pga yaqinlashib dastlabki holatni qabul qila olmasligi.

2. Dastlabki holatdagi xatolar gavda xaddan tashqari oldinga egilib qolgan, qo’lni tirsak bo’g’ini bukilgan bo’lsa.

3.To’p urilganda esa qo’l panjasiga tegib boshqa tomonga ketib qolishi.



To’pni pastdan qabul qilishni takomillashtirish mashqlari.

1.O’yinchi ikki qo’li bilan to’pni polga urib qaqchigan to’pga yetib olib, to’pni pastdan qabul qilishga dastlabki holatni egallash, to’pni qabul qilish.

3.Devor oldida turib, devordan qaytgan to’pni qabul qilish. Devorga qarab to’pni urib, qaytgan to’pni qabul qilish. Devordan masofa tahminiy va qabul qilishni hisobga olgan holda devorga yaqin yoki uzoq turiladi. To’pni pastdan qabul qilish texnikasi o’rganilgandan keyin dumalab yoki ko’krakka yiqilib to’pni qabul qilishga o’rgatish mumkin.

Yiqilib to’pni qabul qilish uchun belgilangan mashqlar:

1.Past holatdan o’rtaga do’mbaloq oshish yoki yonbosh belda yumalashish.

2.Oldinga bir qadam tashlab past holatni egallash va orqaga yonbosh orasiga yumalanish.

3.O’rtacha holatda katta qadam yonga tashlab orqasiga yumalanish yoki yonbosh orqaga yumalanish.

4.Sekin yugurib kelib past holatni egallash va orqaga yiqilib yumalanish yoki yonbosh orqaga yumalanish.

Orqaga va yonbosh-orqaga yumalashni takomillashtirish mashqlari.

1.Aylana bo’ylab yugurish, o’qituvchini signalidan keyin orqaga yoki yonbosh orqaga yumalash.

2.Shu mashqni faqat yonga katta qadam tashlash bilan bajariladi. Mana shu mashqlarni bajargandan keyin to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonbosh orqaga yumalash.

Hujum (zarba) qilish texnikasiga o’rgatish.

Hujum qilishga o’rganayotganda, avval to’pni yo’nalishi bo’yicha hujum qilishni o’rgatish kerak. Undan keyin esa buyruq berilgan zonaga hujum qilishga o’rnatiladi. Avvalo o’yinchilar yugurib kelib sakrashni haarkat ko’nikmalarini o’rgatish kerak. O’rganayotgan vaqtda oyoqlarni qo’yish va tepsinishini o’rgatishga diqqatni jalb qilish kerak.



To’siq qo’yish texnikasiga o’rgatish.

To’siq qo’yish texnikasini o’rgatishni yakka to’siqdan boshlaymiz. Haraktlanmaydigan to’siq boshlaymiz. To’siq qo’yish texnikasinio’rganayotganda uni qismlarga bo’lib o’rgatish maqsadga muvofiq. Birichidan, to’siqni oldida qanday sakrashni o’rgatish kerak. Undan keyin to’siq bo’ylab harakatlanishni, shug’ullanuvchilarda hujumchilarni harakatini kuzatish qobilyatini tarbiyalash lozim.

To’siq qo’yishni o’rgatishda quyidagi mashqlardan foydalanamiz.

1To’pni oldida turgan holda to’siqqa sakrab imitasiya qilish.

2.2 ta o’yinchi to’pni 2 tomoniga turadilar. O’qituvchini signalidan keyin ikkalasi bir vaqtda to’rga sakraydilar. Sakrab qo’l panjasi bir-biriga urilishi kerak.

3.To’siq bo’ylab harakatlangandan keyin to’siq imitasiyasi.Bu yerda qo’l panjalarini harakatga diqqatni jalb qilamiz.

4.To’p bo’ylab chapga, o’ngga harakatlangandan keyin to’siqni imitasiyasi.

5.O’yinchilar sherik-sherik bo’lib to’pni 2 tomonga turishadi. 1-o’yinchi hujum chizig’iga 2-o’yinchi esa to’pni oldida turadi. Hujum chizig’idagi o’yinchi yugurib kelib hujum qiladi. To’pni yonida turgan o’yinchi esa hujumchini hujum qilish yo’nalishini aniqlab, uga to’siqqa chiqadi. Mashqni 4-5 marta bajargandan keyin o’yinchilar joylaribilan almashadi.

7.Dastlabki holat 6-mashqdagiday, hujumchi to’pni o’zi-o’ziga tashlab hujum qiladi. Hujum ma’lum bir zonaga qilinishi kerak. To’pni yonida turuvchi o’yinchi unga to’siq qo’yadi. To’siq hujumchi hujum qilayotgan zonaga qo’shilishi kerak.

8.O’yinchilar to’plar bila 4 zonada bir-birini ketida hujum qilishga turishadi. 3-zonada to’pni hujumchilarga yetkazib beradilar o’yinchi turadi. 4-zonada 3-zonaga to’p uzatiladi. 3-zonadan esa to’rga yaqin qilib to’p 4-zonaga yeitkazib beriladi. To’pni narigi tomonidan 2-zonada turgan o’yinchi esa to’siq qo’yadi. Hujumchini qaysi tomonga qarab hujum qilsa, shu tomonni to’siq bilan berkitiladi. O’yinchilar joylari bilan ma’lum bir marta hujum qilgandan keyin almashishadi.



To’siq qo’yishdagi xatolar.

1.Joyni noto’g’ri tanlash.

2.O’z vaqtida sakramaslik oldin yoki keyin.

3.Qo’l panjalari bir-biridan juda uzoqda.

4.O’yinchi hujumchini emas, to’pni kuzatishi.

5.Qo’llarni to’siq qo’ygandan keyin yon tomondan turishi va shunga uxshash xatolar.

To’siq qo’yishni takomillashtirish mashqlari.

1.Hujumni 2,3,4 zonalarda o’rtacha va balad to’p uzatishga to’siq qo’yish.

2.Hujumni xuddi shu to’p uzatishlardan faqat to’rni chetidan 2,4 zonalarda.

3.Hujumni tezlashtirilgan va to’p uzatishlarni to’siq bilan berkitish.

4.To’rda uzoqda berilgan to’plarni hujumini to’siq bilan berkitish.

5.Hujumni 1-to’p uzatishlarni to’siq bilan berkitish.



Texnik tayyorgarlikni nazorat qilish.

Texnik tayyorgarlikni pedagogik nazorat qilish formalari.

1.Texnik malakalarni to’g’ri bajarishni tekshirish va ularni oldinda tasdiqlagan balar shkalasida baholash. Shunday yo’l bilan jismoniy tarbiya seksiyalarida, maktablarda kichik DYuSSh guruhlarini shug’ullanishini tekshirish mumkin. Yuqori klassifikasiyani jamoalarni tekshirishda bu tekshirishlar kinografik, xronosiklografil va dinamometriyalar yordamida nazorat qilinadi.

2.Nazorat normativlar asosida texnik tayyorgarlikni tekshirish mumkin. Bu normativlarni mashq bajarish jarayonida qo’llash mumkin.

Normativ bahoniko’rsatkichi quyidagi mashqlardan tanlab olingan. Bular tayyorlanish darajasiga qarab baholanadi.

A)Yuqoridan to’pni 2qo’l bilan aniq bir nishonga uzatish.

B)To’pni o’yinga kiritish ma’lum bir zonaga tushirish va uning maksimal tezligi.

V)Har xil zonadan ma’lum bir zonaga hujumni yo’nalishi.

G)To’pni pastdan qabul qilish aniqligi.

Har bir nazorat mashqlarida ma’lum bir ko’rsatkichlar borki, bu ko’rsatkichlar shug’ullanuvchilarni mahoratiga javob beradi.

3.Ko’rsatkichni belgilash, hujumdami yoki himoyadami ma’lum bir texnik malakalar asosida yana raqibni harakatidan belgilash mumkin. Buning uchun ma’lum bir ko’rsatkichlarni yozib va bu ko’rsatkichlardan jamoani va o’yinchini texnik tayyorgarligini bilsa bo’ladi.

Shug’ullanuvchilarni mashg’ulotini tizimli ravishda nazorat qilibborish kerak. Eng maqsadga muvofiq nazorat qilish bu musobaqa nazoratidir.




1.3.Umumiy va maxsus tayyorgarlik va ularning o’zaro bog’liqligi (umumiyligi)
Sport mutaxassiligi sportchining har taraflama rivojlangan bo’lishini istisno qilmaydi. Aksincha, organizmning umumiy funksional imkoniyatlari oshishida har tomonlama jismoniy va ruhiy qobiliyat asosida, sportchi tanlagan sport turida yuqori darajadagi taraqqiyotga erishish mumkin. Sportchilarning sportda muvaffaqiyatlarga erishishida va har taraflama rivojlanishining bog’liqligini 2 ta asosiy sababini ko’rsatish mumkin:

Birinchisi – bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha organlarning bir-biri bilan bog’liqligi. Sportning har bir turi o’ziga xos alohida o’zaro munosabatlar talab qilishiga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har doim umumiy qonuniylik aks etadi: har qanday fazilatning me’yoriy rivojlanishi organizmning funksional umumiy imkoniyatlarini oshirish bilangina amalga oshadi.

Ikkinchidan – har xil harakatlantiruvchi ko’nikmalar va qobiliyatning o’zaro ta’siri. Sportchining o’zlashtirgan harakatlantiruvchi mahorati va qobiliyati qanchalik keng bo’lsa, yangi harakatlantiruvchi faoliyat va oldingi o’rganganlarini amalga oshirishda zamin yaratadi.

Kishining ongiga bog’lanmagan holda mavjud bo’lgan qonuniylik sportda kamolotga erishish shuni talab qiladi, mashg’ulot chuqur maxsus jarayon bo’lish bilan birga sportchining har tomonlama rivojlanishiga olib kelishi kerak. Shu munosabat bilan sport mashg’ulotlari umumiy va maxsus tayyorgarligi ajralmagan holda birga olib boriladi. Sportchining umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik birligi shuni ko’rsatadiki, sportda muvaffaqiyat va yutuqlarga ziyon yetkazmasdan erishish uchun, ulardan birini mashg’ulotdan ajratib bo’lmaydi. Sportda bu ko’zlangan maqsad – tarbiyaviy vositadir.

Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligi, bu ularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligi mazmunida aks etadi, tanlangan sport turi xususiyatida belgilanadi, maxsus tayyorgarlik mazmuni, umumiy tayyorgarlik tashkil qilgan dastlabki shart-sharoitga bog’liq bo’ladi.

Kuch zamonaviy sport trenirovkasi praktikasida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada o’yinchining maydonda harakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi.

Kuch o’z xarakteriga ko’ra: absolyut kuch, nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bo’lishi mumkin.

Sport mashg’ulotlarida muskullar o’z uzunligini o’zgartirmasdan (statik, izometrik rejim) va o’z uzunligini qisqartirgan holatda (ustun keladigan rejim) kuch ko’rsatadi.

Mushaklar cho’zilganda ustun keladigan va to’siqsiz rejimlar birgalashib «dinamik rejim» tushunchasini hosil qiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarining barcha turlarini rivojlantirish kerak.

Kuchni og’irliklardan foydalanish xarakteri bo’yicha rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: tashqi og’irlanish yoki qarshilanish va o’z og’irligi yoki badanning qisman og’irligi orqali bajariladigan mashqlar.

Mashqlarning birinchi gruppasi voleybolchining muskullarini rivojlantirishida katta imkoniyat yaratadi. Og’irlanishlar va qarshiliklardan (paktelyalar, yadrolar, to’ldirma to’plar, og’ir toshlar, shtanga, raqibning og’irligi yoki qarshiligini yengish, espanderlar va hokazo) keng ko’lamda foydalanish va ularning turli-tumanliligi trenirovka nagruzkasining hajmini va intensivligini belgilab berishga sharoit chratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar gruppasining rivojlanishiga qaratilgan bo’lib, u sportchini tezda katta kuchlanishlardan to’liq bo’shashish qobiliyatiga o’rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan ko’rsatiladigan har xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular faqat kuchdagina musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham bahslashadilar.

Ikkinchi gruppa uchun o’ziga xos xususiyat, bu snaryada bajariladigan gimnastik mashqlar, arqonga chiqish, o’z vaznini kuch bilan ko’tarish, o’tirish-turishlar, oyoqlar tizzalarida yarim bukilgan holatda yurish va hokazolar hisoblanadi. O’z og’irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar o’yinchilar uchun sekin-asta bajarishdan tez bajarishga, oddiydan murakkabga o’tishga imkon yaratadi. Bu mashqlarni bajarishda muskul gruppalari ishga qanchalik kam jalb qilingan bo’lsa, badanning siljish yo’li qanchalik qisqa bo’lsa va badanning kamroq qismi og’irlik bo’lib qarshilansa, ularni shunchalik ko’proq takrorlash lozim.

Oyoq va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-bosqich oshib boruvchi rejimda bajariladigan mashqlar effektivli mashqlar hisoblanadi. Anna shunday mashqlardan biri – yelkaga qo’yilgan shtanga bilan o’tirib turish – tipik mashqdir. Bu mashqda shtanganing grifi maxsus qurilmaning vertikal yo’lkasidan ma’lum balandlikkacha sirg’anib tushishi lozim. Shu sharoitda o’yinchiga o’z imkoniyatiga ko’ra ham anchagina og’irroq shtangani ko’tara olishi uchun imkon yaratib beriladi. Shtanganing vertikal yo’lakchasidagi balandligi qanchalik baland yoki past o’rnatilsa, sportchi shunchalik balandroq yoki pastroq o’tirishi mumkin bo’ladi.

Jismoniy fazilatlardan biri bo’lgan tezkorlik deganda biz voleybolchining ma’lum sharoitda qisqa vaqt ichida harakatlarni bajara olish qobiliyatini tushunamiz.

Tezkorlik namoyon bo’lishining quyidagi formalari mavjuddir:

- tafakkur (fikrlash) prosessining tezligi;

- oddiy va murakkab reaksiyalarning qanday bo’lmasin biron-bir tashqi ta’sir yoki kompleks ta’sirlarga javoban tezligi;

- yakka harakatni bajarish tezligi;

- harakatlar chastotasi (ayrim harakatlar seriyasini bajarish vaqti).

O’yinchi harakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda harakatlarni koordinasiya qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib bo’lishi lozim. Voleybolchining tezkorligi konkret reaksiya tezligida, jadal siltanishda, 15-25 m masofada ko’rsatiladigan yugurish tezligida hamda to’p bilan va to’psiz texnik priyomlarni bajarish tezligida aniq ifodalanadi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosipedda uchish, konkida yugurish va shunga o’xshash har xil maksimal chastota bilan bajariladigan siklik mashqlardan foydalaniladi. Qayta tezlanishda maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, harakat amplitudasini kattalashtirish lozim.

Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana ko’pgina mashqlarni keltiramiz:

- yonboshlab orqa bilan jadal yugurishni bajarish;

- tizzani yuqoriroq ko’tarib va qadamlarni maksimal chastotada qo’yib yugurish;

- 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab harakat qilish;

- maksimal chastotada aylantirilayotgan kalta va uchun arg’amchi bilan sakrash; aylanib turgan arg’amchi tagidan yoki ustidan yugurib o’tish;

- o’rta masofaga yugurayotganda tempni to’satdan o’zgartirish;

- dastlab yugurib borishdan so’ng (6-8 m) 20-30 m masofada masimal tezlikka erishish.

Siltanish (rivok) va tez yugurishlar har xil estafetalarda musobaqa metodi bilan o’tkazilgani ma’qul. Bir mashg’ulotga mo’ljallangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka ishining hajmi uncha katta bo’lmasligi kerak.

Chaqqonlik, bu sportchining harakatlari koordinasiyalashgan va ular aniqligini bevosita kuchning va tezlikning yuqori darajasi ko’rsatilishi bilan bog’liq kompleks qobiliyatdir. Koordinasiya jihatidan murakkab harakatlarni yaxshi o’zlashtirish paydo bo’layotgan vaziyatlarni to’g’ri baholash, to’satdan o’zgarayotgan sharoitlarga amal qilib, murakkab harakat vazifalarini muvaffaqiyatli yechish qobiliyati bilan xarakterlanadi. Voleybolchi uchun nihoyatda muhim narsa, bu tayanchsiz holatda bajariladigan koordinasion harakatlar, tez o’zgaruvchan sharoitlarda to’p bilan bo’ladigan harakatlar, muvozanatni saqlay bilish va oriyentasiyani saqlashning a’lo darajada rivojlanishidir.

Chaqqonlikning rivojlanishiga odatlanmagan sharoitda (boshqa snaryadlar va grunt, to’siqlarni boshqacha joylashtirish, ob-havo sharoitlarining qiyinligi va boshqalar) odatlangan mashqlarni bajarish yaxshi yordam beradi. Shuningdek, akrobatik, gimnastik va yengil atletikaga oid mashqlarni o’rganishlar ham chaqqonlikni rivojlantiruvchi vositalardan sanaladi.

Chidamlilik markaziy nerv sistemasining holati, funksional tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar va harakatlanish malakalarining toliqishga bardosh berishi hamda psixologik turg’unlik bilan belgilanadi. Chidamlilikning rivojlantirish darajasi aktivlik ko’rsatkichlari va uzoq davom etgan musobaqa harakatlarining effektivligi bilan baholanadi.

Chidamlilikni oshirishga qaratilgan trenirovka nagruzkalarining xarakterli xususiyatlari shundaki, voleybolchining organizmiga ta’sir qilayotgan mashqlar musobaqa paytidagidek yoki undan ortiqroq bo’lib, bu mashqlardan sistemali ravishda foydalanish kerak.

Analitik nuqtai nazardan qaraganda, chidamlilikning yuqori darajasiga erishish yo’li o’z ichiga ko’p marotaba takrorlanadigan, bir-biriga qo’shilgan holatdagi jadal yugurish, to’xtash, tezlanish, aylanish, sakrash (kichik yoki qarshilik bilan), og’irlik ko’tarib (suv, qum, qor qarshiligida) kabi katta hajmli mashqlar orqali vujudga keladigan kuch, tezkorlik, chaqqonlikdir.

Trenirovkaning ayrim bosqichlarida voleybolchi fazo – vaqtni hisobga olgan holda tezkorlik va aniqlik bilan bog’liq bo’lgan katta hajmdagi mashqlarni bajarishi lozim. Bunda o’yinchining markaziy nerv sistemasiga katta nagruzkalar to’g’ri keladi, bu esa muhim maqsadga qaratilgan tayyorgarlik bilan shartlanadi. Ilmiy tekshirishlar natijalari va mamlakatda ko’zga ko’ringan komandalarning trenirovka tajribasi shuni ko’rsatdiki, uzoq vaqt urta intensivlikda o’yin texnikasini takomillashtirishga qaratilgan dars paytida yuqori intensivdagi oddiy siklik mashqlarning 5-7 minutli kompleksini 2-3 marotaba kiritish kerak. Bunday o’zgartishlar mashg’ulotning umumiy tonusini ko’taradi, nerv toliqishini yo’q qilishga yordam beradi va sekin-asta o’yinchining markaziy nerv sistemasi hobiliyatini oshirib borib, murakkab mashqlarning oshib borayotgan hajmiga bardosh berishga yordam beradi.

Chidamlilikni rivojlantirish uchun ko’p marotaba takrorlanadigan va maxsus uyushtirilgan o’yin texnikasi va taktikasiga oid mashqlardan (ayniqsa pressingda va tez yorib o’tishda), 2x2 va 3x3 o’yin mashqlaridan, ikki tomonlama trenirovka o’yinlaridan ham foydalaniladi. Shu bilan birgalikda trenirovka o’yinining vaqtini sportchilarni oldindan alohida ogohlantirmasdan odatdagidan 5-10 minut uzaytirish kerak; o’yinga yangi yoki dam olgan raqiblar kiritiladi. Maxfiylashtirilgan fora (imtiyoz) beligilangan holatda bir necha komandalar orasida bir kunlik turnir – gandikap o’tkazish mumkin.

Qiyinchiliklarga bardosh berish uchun tayyorgarlik ko’rishda, tekshirish o’yinlarida interval trenirovka prinsipidan foydalanish mumkin. Chunonchi, to’liq dam olishga 3-5-7 minutli tanaffus berib, yangi vaqt hisobida har biri 12 yoki 15 minut davom etadigan to’rt bo’limdan iborat o’yin o’tkazish. Bunda ayniqsa «Aylanma trenirovka» yaxshi natija beradi.

Egiluvchanlik – bu voleybolchining o’yinda uchrab turadigan harakatlarni katta amplitudada bajara olish qobilyati. Bo’g’inlarning harakatchanligi mushaklar va paylarning elastikligiga bog’liq. Shuning uchun ham dastavval barcha bo’g’inlarning harakatchanligini oshirishga alohida e’tibor berish kerak. Egiluvchanlikka oid mashqlarni dastlab har kungi ertalabki zaryadka va individual trenirovkaga kiritgan holda bajara boshlash kerak. Talabga moyil bo’lgan egiluvchanlikka erishilgandan keyin, katta hajmdagi mashqlarning zaruriyati ham kerak bo’lmay qoladi, chunki yaxshi egiluvchanlikni saqlab qolish uchun haftada 2-3 marta kichik dozirovka bilan bajarilgan tegishli mashqlarning o’zi kifoya qiladi.

Birin-ketin kattalashtiriladigan amplitudada bajarila-digan cho’ziluvchanlikka qaratilgan, kichik og’irlik bilan, birgaltikda qayta-qayta bajariladigan prujinasimon hara-katlar, sherigi yordami bilan bajariladigan mashqlar egiluvchanlikni rivojlantirish uchun asosiy vositalar hisoblanadi. Mashqlar inersiya kuchlaridan to’laroq foyda-lanilgan holda har doim amplitudasi, salmoqligi va tempi oshib boradigan va 3-5 harakatni o’z ichiga kiritgan seriyalar bilan bajariladi. Bo’g’imlarning har qaysi gruppasi uchun bo’ladigan takroriy mashqlarning umumiy soni asta-sekin ortib borishi kerak.


1.4. Harakatli o’yinlar haqida umumiy tushuncha
Harakatli o’yinlarni to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy tarbiya oldida ham katta mas’uliyat yuklaydi. Yoshlarni har tomonlama jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlanishiga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab qo’uvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda harakatli o’yinlarni roli kattaligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab, keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlab, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.

Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. 11-12 yoshli voleybolchilarda umumiy va maxsus jismoniy tarbiyani qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi harakatli o’yinlardan foydalanishda ham xudi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.

Harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarda qiziqishni oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashg’ulotlarini diqqat bilan bajaradilar (A.Sh.Qosimov).

Hamma o’yinlar shug’ullanuvchilar organizmiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi mashq sifatida rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanadi.

XIX asrda V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va D.N.Pisarevlar Rossiyada o’quv-tarbiya ishlarida, jumladan, jismoniy tarbiyada harakatli o’yinlardan keng ko’lamda foydalanish lozimligini aytganlar. Ular harakatli o’yinlarga xalqning sog’lig’ini mustahkamlash va har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida qaraganlar.

G.V.Plexanov jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida mehnat o’yindan yuqori tursa ham, lekin bola hayotida o’yin faoliyati mehnatdan oldin ekanligini birinchi bo’lib isbotlab bergan edi.(15,17)

P.F.Lesgaft o’zining jismoniy mashqlar sistemasida o’yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U o’yin yordamida hayotga tayyorlanishini aytadi. P.F.Lesgaftning harakatli o’yinlarni yotkazish uchun qo’ygan talablari hozirgi paytgacha o’z qimmatini yo’qotgani yo’q; chunonchi, u har bir o’yin oldiga aniq maqsadlar qo’yishi, o’tkazilayotgan o’yinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o’yin shug’ullanuvchilarga ijobiy emosional ta’sir ko’rsatishi lozimligini, o’yinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda o’tkazish, qatnashuvchilarning aktivligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini o’qtirgan edi.

N.K.Krupskaya o’yinlar bola hayotida katta rol o’ynashini ta’kidlab, shunday degan edi: «Bolalar faqa to’qish mobaynida o’sib qolmay, balki o’yin jarayonida ham o’rganadilar, ular uyushishni o’rganadilar, hayotni tushunishni o’rganadilar». N.K.Krupskayaning fikricha, ishni shunday tashkil qilish kerakki, o’yinlar yosh avlodni tarbiyalashga yordam bersin. O’yinlar har xil bo’ladi. Ba’zi o’yinlar borki, ular bolalarda qo’pollikni, maqtanchoqlikni, kekkayishni va boshqalarni o’stiradi. Shunday o’yinlar borki, ular o’z o’rtog’iga yordam berish, chidamli bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.(35,36)

A.S.Makarenko o’yinlar bolalar va yoshlarni mehnatga tayyorlaydi, deb hisoblardi. Uning fikricha, kattalar hayotida mehnat qanday ijobiy rol o’ynasa, bolalar hayotida ham o’yin shunday katta ahamiyatga ega. A.S.Makarenko maxsus ish harakatlariga o’xshash harakatlarni talab etuvchi o’yinlarni birinchi o’ringa qo’yar edi.

Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari maktab sport seksiyasida yetakchi o’rin olishi kerak.

Harakatli o’yinlar basketbol, voleybol, futbol, qo’l to’pi va boshqa seksiyalarda ko’proq qo’llanadi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o’yinlardan foydalaniladi.

Seksiyalarda har xil o’yinlardan muntazam ravishda o’rinli foydalanish o’quvchilarning jismoniy barkamolligiga, ulardagi malakalarning takomillashuviga katta yordam beradi. O’quvchilarda zaruriy jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari o’rganilgan o’yinlarni yangi qoidalar asosida yangi variantlarda o’tish lozim.

Seksiyalar ishida harakatli o’yinlardan keng foydalanishda bolalarning yosh xususiyatlarini, shuningdek, mahalliy va mavsumiy sharoitlarni aniq hisobga olish kerak. Uncha tayyorgarlik ko’rmagan kichik maktab yoshidagi qo’uvchilarga juda ko’p va xilma-xil o’yinlar o’rgatiladi.

Yaxshiroq tayyorgarlik ko’rgan gruppalarda o’yinlar kamroq o’tkaziladi. O’zbekistonda bahor, yoz va kuz paytlarida Ayniqsa, basketbol, voleybol, qo’l to’pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi, bunday vaqtlarda «Chillak», «Qoziq», «Kamalak», «Oq tosh» singari milliy va rus xalq o’yinlaridan foydalanish lozim.

Har xil harakatli va sport yo’sinidagi o’yinlardan, shuningdek, yengil atletika mashqlaridan foydalanishda qo’uvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg’otish g’oyat foydalidir.

O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, eski qoidalarni yig’ishtirib qo’yib, yangilarini o’ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo’lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o’yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun o’yinlarni takrorlashdan (ayniqsa bolalarning istagi bilan bog’liq hollarda) sira erinmaslik kerak.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin