Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а.ҚОдирий номли жиззах давлат педагогика институти спорт фанлари услубияти кафедраси


II-BOB. DASTLABKI O’RGATISH BOSQICHIDA YOSH VOLEYBOLCHILAR MASHG’ULOTIDA O’TKAZILGAN PEDAGOGIK TAJRIBA NATIJALARI



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/5
tarix22.06.2020
ölçüsü0,49 Mb.
#31972
1   2   3   4   5
Ўзбекистон республикаси халк таълим вазирлиги а. Одирий номли жи


II-BOB. DASTLABKI O’RGATISH BOSQICHIDA YOSH VOLEYBOLCHILAR MASHG’ULOTIDA O’TKAZILGAN PEDAGOGIK TAJRIBA NATIJALARI.

2.1. O’quv-trenirovka jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarliklarni amalga oshirishda harakatli o’yinlarni ko’llash samarasi.
O’quv-trenirovka mashg’ulotlari jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik hamda texnik va taktik malakalarning shakilanish samaradorligini nazorat qilish yuqori malakali sportchilar tayyorlash borasida muhim amaliy ahamiyatga egadir. Chunki, sport bilan endigina shug’ullanishni boshlagan bolalar o’zlarining funksional va jismoniy jihatlaridan hali katta nagruzkalarga tayyor bo’lmaydi. Shuning uchun qo’llanilayotgan harakatli o’yinlar shu bolalarning imkoniyatlariga qarab me’yorlangan bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda fiziologik qonuniyatlardan ma’lumki, agar ushbu harakatli o’yinlar nagruzkasi xajmi, muddati, murakkabligi jihatlari xaddan tashqari yuqori bo’lsa, yosh organizm bu nagruzkaga bardosh bera olmaydi. Natijada charchash, zo’riqish va hatto kasallik holatlari ro’y berishi mumkin. Agar bordiyu nagruzkalar xajmi va muddati juda kam bo’lsa, unda taraqqiyot, ya’ni rivojlanish bo’lmasligi ehtimoldan holi emas.

Harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarning qiziqishini oshiradi, ularga zavq bahishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashgulotlarini diqqat bilan bajaradilar.

Hamma o’yinlar shug’ullanuvchilarning organizmlariga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy va maxsus jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Birorta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin.

Maxsus kuchni tarbiyalashda trener kerakli mushak gruppalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan o’yinlarni o’ynatishi lozim. Maxsus kuchni rivojlantiruvchi o’yinlarda shug’unllanuvchilar o’z tana og’irligini, bironta tashqi og’irlikni yoki raqib og’irligini (qarshiligini) yengadi. Maxsus kuchni rivojlantirish uchun quyidagi o’yinlar tavsiya etiladi. «Xo’rozlar jangi», «Doiraga tort», «Doiradan turtib chiqar» va boshqalar.(38)

Maxsus tezkorlikni tarbiyalash signalga binoan tezlikda javob berilishini muayyan vaqt birligi ichida ko’p harakatlar bajarilishini hamda butun tana yoki uning bir qismini fazoda tezlik bilan harakat qilishini talab qiladigan o’yinlar o’quvchilarga tezkorlik sifatini rivojlantiradi. Maxsus tezkorlikni tarbiyalash uchun mashqlar maksimal suratda bajarilishi lozim. Shuning uchun ham ikki tomonning aktiv musobaqalashishiga olib keladigan o’yinlar o’tkazilgani ma’qul. Harakatdagi obyektga nisbatan bo’lgan reaksiyani tarbiyalovchi o’yinlar bu o’rinda yaxshi natija beradi. Maxsus tezkorlikni va kuchni rivojlantiruvchi o’yinlar muayyan vazifani hal qilishda katta yordam beradi. Bu o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotining dastlabki qismida, shug’ullanuvchilar charchab qolmaslaridan avval o’tkazilishi kerak.

Maxsus tezkorkorlikni tarbiyalash uchun quyidagi o’yinlar tavsiya etiladi: «Nomerlarni chaqirish», «Ovchilar va o’rdaklar», «Uya qo’riqlash», «Lapta» va boshqalar.



Maxsus chaqqonlikni tarbiyalash aniq harakat qilish kerak bo’lgan, bajarish sharoitlari o’zgaruvchan saport turlarida chaqqonlik yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Shundan kelib chiqqan holda chaqqonlikni tarbiyalash uchun kuyidagi o’yinlar tavsiya etiladi: «Dorboz», «To’pni tutib ol», «Vint» va boshqalar.

Masxus chidamlilikni tarbiyalash. aksari o’yinlarda nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik sifatlari tarbiyalanadi. Bunday o’yinlarda nagruzkalar ham asta-sekin oshirilib boriladi. Chunonchi: maydonni kattalashtirish; maydonni kichraytirmay turib o’yinchilarning sonini kamaytirish; sport jihozlari sonini kamaytirish; yugurish masofasini uzaytrish; to’siqlar sonini oshirish, murakkab mashqlarni qo’llash va ularning sonini ka- maytirish va hokazo.

Yuqorida ko’rsatilgan metodik usullar izchillik bilan qo’llanilgan maqsadga tezroq erishiladi.

Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash maqsadida ayrim mushaklar guruppalari va bug’inlarga ta’sir ko’rsatuvchi o’yinlar tanlab olinadi. Bu o’yinlar asosan maxsus sport jihozlari yordamida o’tkaziladi. Og’irliklar o’rnida shug’ullanuvchilarning o’zlari ham qatnashishi mumkin.

Aktiv egiluvchanlik mushaklarning kuchiga bog’liq. Mushaklarning chuziluvchanlik xususiyatlari esa marakaziy nerv sistemasi ta’sirada o’zgaradi. Shuning uchun o’yinlarda zavq - shavq bilan qatnashilganda egiluvchanlik yuqori bo’ladi. egiluvchanlikni talab qiladigan o’yinlardan oldin tegishli mashqlar bajarilishi lozim.

Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash uchun «Uzoqa to’p uloqtirish», «Qovun uzatish», «O’rtada to’p» va boshqa mashqlar tavsiya etiladi.

2.2.Tadqiqot davomida olingan natijalarni taqqoslash.

Tadqiqot 10 oy davomida ikki guruh ishtirokida amalga oshirildi. Bular nazorat va tadqiqot guruhlari.

Tadqiqot davomida ikki guruhda ham 7 tadan 14 ta tekshiruvchi ishtirok etdi. Tadqiqot mashqlarini o’z tarkibiga kiritmagan an’anaviy (BO’SM dasturi asosida) va shu mashqlar bilan qo’llaniladigan mashg’ulotlar samaradorligi ikki guruhda ham tadqiqotdan oldin va tadqiqot yakunida tekshirish o’tkazish asosida aniqlanadi.

Quyidagi sport bilan shug’ullanishni boshlagan 10-13 yoshli o’g’il va qiz bolalarda, 30 metrga yugurish, 60 metrga yugurish, archasimon yugurish, joydan turib va yugurib kelib gorizontal sakrashlar.

Dastlabki o’rgatish bosqichida 10-13 yoshli voleybolchilar jismoniy sifatlarni maxsus mashqlar yordamida samarali oshirish imkoniyati.

O’quv mashg’ulotlari jarayonida umumiy va maxsus jismoniy sifatlar hamda texnik-taktik malakalarning shakllanishi samaradorligini nazorat qilish yuqori malakali sportchilar tayyorlash borasida muhim amaliy ahamiyatga egadir.

Ayniqsa, ushbu nazoratning mavqyeyi sport tayyorgarligining dastlabki o’rgatish bosqichida juda kattadir. Chunki, sport bilan endigina shug’ullanishni boshlagan bolalar o’zlarining funksional va jismoniy jihatlaridan ahm katta nagruzkalarga tayyor bo’lmaydi. Shuning uchun qo’llanilayotgan jismoniy va texnik-taktik mashqlar shu bolalarning imkoniyatiga qarab me’yorlangan bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda, fiziologiya qonuniyatlaridan ma’lumki, agar ushbu mashqlar yuklamasi (nagruzkasi) hajmi, shiddati, murakkabligi jihatlari haddan tashqari yuqori bo’lsa, yosh organizm bu nagruzkaga bardosh bera olmaydi. Natijada charchash, zo’riqish va hattoki kasallik holatlari ro’y berishi mumkin. Agar bordiyu yuklamalar hajmi va shiddati juda kam bo’lsa. Unda taraqqiyot, ya’ni rivojlanish bo’lmasligi ehtimoldan holi emas. Demak, o’quv-mashg’ulot jarayonida doimiy va muntazam pedagogik nazorat tashkil qilinishi kerak.

Voleybol bo’yicha bolalar va o’smirlar sport maktablariga mo’ljallangan amaldagi dastur o’z mazmuni va talablari jihatidan hyech qanday shubha uyg’otmaydi. Lekin, o’tkazilmasin, agar pedagogik nazorat bo’lmasa, mazkur mashg’ulotlar istagan samarani bermaydi.

Shu bilan bir qatorda amaldagi o’quv-mashg’ulot dasturi o’z tarkibiga aksariyat an’anaviy-standart mashqlarni kiritgan.

Bunday mashqlar, ko’pincha bolalarni psixologik nazardan tezkroq charchatadi. Bolalarda mashg’ulotlarga nisbatan qiziqish so’nadi. Binobarin, mashg’ulotlarda maxsus mashqlarni qo’llash kutilgan samarani berishi tahmin qilinadi.

Aynan shu masalani isbotlash maqsadida biz dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan 10-13 yoshli voleybolchi bolalarda pedagogik tadqiqot o’tkazdik. Tadqiqot ikki guruh nazorat va tadqiqot guruhlari ishtirokida 10 oy muddat davomida amalga oshirildi.

Nazorat guruhi amalidagi dastur asosida mashg’ulotlarda qatnashdilar.

3,5,7,9, jadvallarda (5,6,7,8,9 jadval) nazorat guruhida shug’ullangan yosh voleybolchilarning tadqiqot boshlanishdan avvalgi va keyingi aniqlangan maxsus jismoniy sifatlarning shaxsiy ko’rsatkichlari darajasi qayd etilgan.

Natijalar shuni ko’rsatdiki, tadqiqotdan avval tekshirilgan nazorat guruhi a’zolariningm axsus jismoniy sifatlari tadqiqot guruhi a’zolarining ko’rsatkichidan deyarli farq qilmagan. (2,3,6,7 jadval).

Tadqiqot yakunida esa ushbu ko’rsatkichlarni farqini yaqqol ko’rish kuzatilgan.

Yosh voleybolchilarning tadqiqot oxirida olingan natijalari. (Tadqiqot guruhi va nazorat guruhi). Dastlabki, hamda 10 oylik mashg’ulotlardan so’nggi ko’rsatkichlarini havola etilgan.



10-13 yoshli bolalarda tezkorlik ko’rsatkichlarining dastlabki natijalari tadqiqot guruh.

2-jadval.






F.I.Sh.

30 m.ga yugurish

60 m.ga yugurish

Archasimon yugurish.

1

Qosimov A

5,9

9,5

28,7

2

Normatov k

5,8

9,4

29,5

3

Maxamatov X

6,0

9,8

29,3

4

Bobojonov O

5,8

9,5

29,4

5

Jumaboyev M

5,9

10,1

30,0

6

Ismonov S

6,1

10,0

28,5

7

Abdullayev B

6,2

10,3

28,4



41,7

68,6

203,8

X

6,0

9,8

29,1


10-13 yoshli bolalarda tezkorlik ko’rsatkichlarini dastlabki nazaorat natijalari (nazorat guruhi). n7

3-jadval.





F.I.Sh.

30m.ga yugurish

60 m.ga yugurish

Archasimon yugurish.

1

Qosimov A

5,9

9,5

28,7

2

Normatov K

5,9

9,4

29,5

3

Maxamatov X

5,9

9,4

29,5

4

Bobojonov O

5,8

9,5

30,0

5

Jumaboyev M

5,8

9,9

30,1

6

Ismonov S

6,0

10,0

28,5

7

Abdullayev B

6,1

13,0

28,4



41,4

68

204,7

X

5,9

9,7

29,2


10-13 yoshli bolalarda tezkorlik ko’rsatkichlarining so’nggi natijalari (tadqiqot guruhi). n7 4-jadval.



F.I.Sh.

30m.ga yugurish

60 m.ga yugurish

Archasimon yugurish.

1

Qosimov A

5,5

9,3

26,5

2

Normatov k

5,6

9,4

26,7

3

Maxamatov X

5,4

9,3

28,0

4

Bobojonov O

5,3

9,3

27,5

5

Jumaboyev M

5,6

9,5

27,6

6

Ismonov S

5,8

9,6

26,5

7

Abdullayev B

5,8

9,6

26,5






39

66

189,3

X




5,6

9,4

27,0

10-13 yoshli bolalarda tezkorlik ko’rsatkichlarining so’nggi natijalari (tadqiqot guruhi). n7 5-jadval.



F.I.Sh.

30m.ga yugurish

60 m.ga yugurish

Archasimon yugurish.

1

Qosimov A

5,7

9,4

28,2

2

Normatov k

5,8

9,3

29,0

3

Maxamatov X

5,8

9,3

28,5

4

Bobojonov O

5,8

9,4

29,0

5

Jumaboyev M

6,0

9,6

29,0

6

Ismonov S

5,6

9,6

28,0

7

Abdullayev B

40,5

10,0

28,0



5,8

66,6

199,7

X

5,6

9,5

28,5


10-13 yoshli bolalarda sakrovchanlik ko’rsatkichlarining dastlabki natijalari (tadqiqot guruhi). n7.

6-jadval.





F.I.Sh.

Yoshi

Turgan joyida (sm)

Yugurib kelib (sm)

1

Qosimov A

13

20

32

2

Normatov k

13

21

32

3

Maxamatov X

13

20

30

4

Bobojonov O

13

23

35

5

Jumaboyev M

13

20

30

6

Ismonov S

13

22

31

7

Abdullayev B

13

20

30






146

220

X




20,9

30


10-13 yoshli bolalarda sakrovchanlik ko’rsatkichlarining dastlabki natijalari (nazorat guruhi). n7.

7-jadval.





F.I.Sh.

Yoshi

Turgan joyida (sm)

Yugurib kelib (sm)

1

Qosimov A

13

19

32

2

Normatov k

13

20

30

3

Maxamatov X

13

20

30

4

Bobojonov O

13

22

35

5

Jumaboyev M

13

20

30

6

Ismonov S

13

22

30

7

Abdullayev B

13

20

30






143

207

X




20,4

29,6

10-13 yoshli bolalarda sakrovchanlik ko’rsatkichlarining dastlabki natijalari (tadqiqot guruhi). n7.

8-jadval.





F.I.Sh.

Yoshi

Turgan joyida (sm)

Yugurib kelib (sm)

1

Qosimov A

13

23

32

2

Normatov k

13

213

35

3

Maxamatov X

13

22

34

4

Bobojonov O

13

24

36

5

Jumaboyev M

13

25

36

6

Ismonov S

13

25

37

7

Abdullayev B

13

25

36






167

247

X




23,9

35,3

10-13 yoshli bolalarda sakrovchanlik ko’rsatkichlarining dastlabki natijalari (nazorat guruhi). n7.

9-jadval.





F.I.Sh.

Yoshi

Turgan joyida (sm)

Yugurib kelib (sm)

1

Qosimov A

13

21

34

2

Normatov k

13

22

32

3

Maxamatov X

13

22

31

4

Bobojonov O

13

24

37

5

Jumaboyev M

13

25

32

6

Ismonov S

13

24

32

7

Abdullayev B

13

22

33






160

232

X




22,9

33,1

Demak, shundan xulosa qilish mumkinki, yosh sportchilarda uzluksiz mashg’ulotlar o’tkazish ularni sakrash va kuch qobilyatini oshirishda katta rol o’ynaydi.

Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa ko’rinib turibdiki, zamonaviy voleybol bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqa o’yinlarida ijro etiladigan aksariyat malakalarni (to’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yish, qabul qilish, uzatish) samarali bajarosh uchun sakrovchanlikni va sakrash chidamkorligi alohida ahamiyat kashf etadi. Ayniqsa, 4 va 5 partiya davom etadigan o’yinlarda mazkur sifatlarning ahamiyati yanada ortadi. Ko’pgina adabiyotlar bu sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasi aniq taqdim etilgan (Jeleznyak Yu.D. 26 Ivoylov A.V. 39, Jeleznyak Yu.D. Slupskiy L.N. 30).

Ammo bu sifatlarni turli yoshdagi voleybolchilarda rivojlantirishga qaratilgan majmuasi adabiyotlarda aniq tavsiya sifatida taqdim etilmagan.



Turli maqsad sari ijro etiladigan sakrash sifatini rivojlantirish mashqlar yordamida amalga oshirilishi ma’lum bo’ldi. Balandroq sakrashga oid mashqlarni murakkablashtirilgan sharoitlarda qo’llash masalasiga yetarli darajada ahamiyat berilmas ekan, binobarin tanlab olingan mavzu dolzarb bo’lib, tadqiqot asosida amalga oshirilishini taqozo etadi. Ta’kidlash joizki, sakrovchanlik rivojlantirishni dastlabki bosqichdan boshlab, ya’ni 10-13 yoshli bolalarda shu qobilyatni maqsadga muvofiq shakllantirish yaxshi natija berishi, shu bolalarda sport mahoratini samarali oshirishga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun sakrab to’p kiritish, uzatish, qabul qilish, zarba berish, to’siq qo’yish malakalarni dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlash darkor.


1-rasm. 10 oylik tadqiqot davomida nazorat guruhida shug’ullanuvchi yosh voleybolchilar maxsus sifatlarini o’zgarishining diagrammali ko’rinishi. (X) n7.



2-rasm. 10 oylik tadqiqot davomida tadqiqot guruhida shug’ullanuvchi yosh voleybolchilar maxsus sifatlarni o
’zgarishining diagrammali ko’rinishi. (X) n7.

Demak, shuni xulosa qilib aytish mumkinki, yosh voleybolchilarda tezkorlikni rivojlantirishda muntazam ravishda mashg’ulotlar o’tkazish ularni tezkorlik, sakrash va kuch qobilyatlarini oshirishda katta rol o’ynaydi. (1,2-rasm).



X U L O S A.
1.Mavzu bo’yicha qayd etilgan adabiyotlar tahlili shu narsani e’tirof etishga imkon beradiki, malakali voleybolchilar tayyorlashda sakrash sifatlari va ularni turli o’yin malakalariga ixtisoslashgan turlari shu malakalarni samarali ijro etishda muhim ahamiyatga ega ekan.

Dastlabki, o’rgatish endigina shug’ullanayotgan yosh voleybolchi bolalar mashg’ulotlar maxsus jismoniy sifatni rivojlantiruvchi mashqlar yetarli darajada qo’llanmasligi aniqlandi. Binobarin, tanlab olingan mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi.



2. Voleybol bilan shug’ullanishni endigina boshlagan yosh bolalarda sakrovchanlik sifati yetarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda sakrash va yugurish ko’nikmalari deyarli shakllanmagani kuzatildi. Joydan turib va yugurib kelib balandlikka sakrash natijalari orasidagi farq juda kam miqdorni tashkil etdi. Ma’lumki, yugurib kelib vertikal sakrash joydan sakrash natijasidan ancha yuqori bo’lishi kerak.

3. 10 oy davomida o’tkazilgan pedagogik tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, BO’SM dasturi asosida dastlabki o’rgatish jarayonida shug’ullanib kelgan yosh voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlar sezilarli darajada o’zgarmadi. Aynan shu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni va harakatli o’yinlarni o’z tarkibiga kiritgan mashg’ulotlar tadqiqot guruhida maxsus jismoniy sifatini ko’rsatkichlarini samarali o’sganligini ko’rsatib berdi.

ADABIYOTLAR


  1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”, 2010-176 b.

  2. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” “O’zbekiston”, T.: 2011-440 b.

  3. Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” O’quv qo’llanma T.: 2012-272 b.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”, Toshkent, 24. X.02 y.

  5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”, Toshkent, 30.X. 02.

  6. O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy Tarbiya va to’g’risida”gi qonuni (1992. 14 yanv)”Xalk so’zi” gaz. sport 1992 19 fevr.

  7. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. “Ma’rifat” gaz. 98, 1 aprel.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Sog’lom avlod uchun” ordenini ta’sis qilish to’g’risidagi farmoni, (1993. 4 mart) “Turk” gaz.(93. 6 mart).

  9. 6.O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni (1997. 29 avgust) “Turk” gaz.

  10. O’zbekiston Respublikasi “Bolalar va uquvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash konsepsiyasi” “Uchitel Uzbekistana” gaz. sport 1992 №43,44,48.

  11. Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sportivnыye igri, T., Ibn Sino, 1999!, -156s.

  12. Ayrapetyans L. R. Kontrol spesializirovannix nagruzok prыjkovoy napravlennosti vыsokokvalifisirovannыx voleybolistov, Pedagogik ta’lim, T., № 2, 2003, 13-17b.

  13. Axmerov E.K. Issledovaniye prisposobitelnoy izmenchivosti dvijeniy i sovershentvovaniye metodiki obucheniya napadayuhyemu udaru v voleybole, Avtoref. diss. kand. ped. nauk, M., 1988, 28s.

  14. Bayirbekov M. Pedagogicheskoy kontrol spesializirovannыx nagruzok prыjkovoy napravlennosti voleybolistov vыsshey kvalifikasii v sorevnrvatelnoy i trenirovochnoy deyatelnosti, Avtoref. kand. ped. nauk, T., 2002, 23 s.

  15. Bыleyeva L., Korotkov I., Yakovlev V. Podvijnыye igrы. (uchebn. posobiye dlya Institutov Fizicheskoy Kulturы). -M.: Fizkultura i sport

  16. Bashkirov V.F. Profilaktika travm u sportsmenov. 1987.

  17. Bыleyeva L., Yakovlev V. Podvijniye igri (uchebnik dlya Fizkulturnыx Vuzov)-M.: Fizkultura i sport, 1965-166 b.

  18. Verxoshanskiy Yu.V. Spesialnaya silovaya trenirovka (prakticheskoye rukovodstvo trenera), M., 1995, 102 s.

  19. Vilkin Ya.R. Belorusskiye narodniye igri vtoroy polovini XIX-nachala XX vekov: Avtoref, diss. kand. ped. nauk. -Minsk, 1971, -24 b.

  20. Garipov A.T. Faktornaya struktura i metodika skorostno-silovoy podgotovki yunix voleybolistov, Avtoref. diss. kand. ped. nauk, M., 1990, 23 s.

  21. Godik M.A. Kontrol v prosesse sportivnoy trenirovki, V kn. M., 1977, s. 28-29.

  22. Godik M.A. Kontrol trenirovochnix i sorevnovatelnix nagruzok, M., FiS, 1986.

  23. Golomazov V.A., Kovalev V.D., Melnikov A.G. Voleybol a shkole, Posobiye dlya uchiteley, M., 1986., 111s.

  24. Ginku G.K. Sovershenstvovaniye texnicheskoy podgotovlennosti voleybolistov putem primeneniya netradisionnix sredst trenirovki.: Avtoref. diss. kand. ped. nauk.-Minsk, 1986, 24 s.

  25. Geller Ye.M. Osnovniye funksii podvijnix igr i problemы dalneyshego ix vnedreniya v praktiku fizkulturnogo dvijeniya (Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы), 1987. №3-B. 20.-22.

  26. Daxnovskiy V.S., Gerasimov Yu.N., Pashinsev V.G., Zavyalov I.A. Dinamika strukturi, podgotovlennosti yunix dzyudoistov v rezultate primeneniya konsentrirovannoy skorostno-silovoy nagruzki, JT i PFK, №10, 1991.

  27. Jeleznyak Yu.D. K masterstvu v voleybole, M., Fis

28. Jeleznyak Yu.D., Shves K.A. Sistema planirovaniya i kompleksnogo kontrolya S SDYuShOR po voleybolu (Uchebnoye posobiye dlya studentov IFK), M.

29. Jeleznyak Yu.D. Yuniy voleybolist, M., 1988, 190s.

30. Jeleznyak Yu.D. Slupskiy L.N. Voleybol v shkole, Posobiye dlya uchitelya, M., 1989, 128 s.

31. Jeleznyak Yu.D. Sportivnaya oriyetasiya i otbor (Voleybol. Uchebnik dlya IFK), M., FiS, 1991, 122-129.

32. Jeleznyak Yu.D., Ivaylov A.V. Voleybol (Uchebnik dlya IFK), M., FiS, 1991, 239 s.

33. Zuoza Aurelius-Kazis Kazis Kazevich Vliyaniye selenapravlennix urokov fizicheskoy kulturы s elementami voleybola na povisheniye urokov fizicheskoy podgotovlennosti mladshix shkolnikov, Avtoref. diss... kand. ped. nauk, Minsk, 1989, 20 s.

34. Ivaylov A.V. Metodika obucheniya. Voleybol, Uchebnik dlya ped. institutov, Minsk, VSh

35. Ivaylov A.V. Voleybol, Uchebnik dlya ped. institutov, Izd-ye 3-ye, pererab., Minsk, VSh

36. Kleщyev Yu.N., Furmanov A.G. Yunыy voleybolist

37.Kleщyev Yu.N,, Ayrapetyans A.G. Vol. l. M., 1988

38. Karaboyev U. “O’zbek xalq o’yinlari” T.2001. 3-5 b

39. Titar V.A. Fizicheskaya podgotovka. Voleybol, Uchebnik dlya institutov fizicheskoy kulturi, M., FiS, 1991, s. 160-165.



40. Topishev O.P., Belyayev A.V., Fomin Ye.V., Kasmaliyev O.S. Dinamika fizicheskoy podgotovlennosti voleybolistov v podgotovitelnom periode, TiPFK, №3, 1988, s. 54-56.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin