Stol tennis o’yinlarida to’pchani qaytarish va zarba berish usullarini o’rganish REJA: I. Kirish II. Asosiy qism 1.Tennischini maydonda sharcha va sharchasiz harakatlanishi
2.Tennischi harakatdagi to’pga zarba berishni o’rgatish.
3.Tennischi maydonning xar xil nuqtalaridan sharchaga aylantirma zarba berishni o’rgatish.
III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-a.ning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarkalgan. Dastlab "pingpong" (frans. pingpong — koptokning raketka va stolga urilishida chikadigan ovoz) deb atalgan. Stol tennisi uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yogoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g . Uyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobakalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926 y. tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926 yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993 y. ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004 y. mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan.