Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент


 O‘zbekistonda quyosh energetikasi rivojlanishi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/45
tarix02.01.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#42772
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
ozbekiston sharoitida quyosh enyergiyasini elektr enyergiyasiga-конвертирован

1.3 O‘zbekistonda quyosh energetikasi rivojlanishi 

 

 

O‘zbekistonda  quyosh  energiyasidan  foydalanish  tarixi   XX   asrning 

70 – yillaridan boshlandi. O‘sha paytda “Geliotexnika” jurnali chiqa boshlagan va 

2000 darajadan ortiq xaroratga bardosh beruvchi materiallarni sinash uchun zarur 

quyosh pechini qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.  1929  –  yilda tamaki 

ekstraktini    Quyosh    nuri    yordamida    bug‘lantirish    amalga    oshirilgan 

(A. I. Lastak), 1930 – yil Quyosh nurida isitiladigan tajribaviy issiqxonalar qurildi 

(L. N. Satikov), 1934 – yil Toshkentda geliotexnika laboratoriyasi,  1943 – yilda 

esa O‘zbekiston FA Fizika – texnika instituti tarkibida geliotexnika laboratoriyasi 

tashkil  etildi.  Unda  Quyosh  suv  qurilmalari,  meva  quritkichlar,  Quyosh  pilla 

ivitgichlari va quritgichlari, oltingugurtning Quyosh suyultirish qurilmasi ishlab 



21

 

 



chiqildi  va  amaliyotga  tatbiq  qilindi.  Toshkentda  1946  –  yilda  ko‘zgusining 

diametri  10  metrli  paraboloid  qurilma  qurildi.  Bu  qurilma  xonalarni  isitish  va 

havosini  mo‘tadillashtirish,  bug‘  hamda  muz  olish  bilan  bog‘liq  tadqiqotlar 

o‘tkazishga imkon berdi (G‘. Y. Umarov). Buxoro shahrida gelio suv isitkichlar 

va  gelio  –  oshxonalarni  ko‘plab  ishlab  chiqaradigan  birinchi  gelioapparatlar 

zavodi qurildi (1978). 

1963 – yilda Geofizika bo‘limi tashkil etilib, unda Quyosh nuri energiyasini 

xo‘jalik  ekinlari  urug‘lariga  ekishdan  oldin  zaharli  kimyoviy  moddalarni 

qo‘llamagan holda impulsli nur bilan ishlov beruvchi qurilmalar yaratildi. 

Katta  Quyosh  konsentratorlarining  amaliy  ahamiyatini  e’tiborga  olib 

akademik  Azimov  S.A.  rahbarligida  issiqlik  quvvati  1000  kVt  bo‘lgan  “Katta 

Quyosh  sandonini”  (KQS)  o‘z  ichiga  olgan  ilmiy  ishlab  chiqarish  majmuasi 

yaratildi. Majmuaning katta Quyosh sandoni Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda, 

Parkent tumanida 1987 – yilda ishga tushirildi. Shunday qurilma shu vaqtga qadar 

faqat  Odeyo  (Fransiya)  shahrida  bor  edi.  Qurilmaning  konsentratori  yuqori  va 

pastdan kesilgan hamda fokus masofasi 18 m bo‘lgan paraboloid bo‘lib, 54x42 m 

o‘lchamga  ega.  Geliostat  maydoni  (ko‘zgular  joylashgan  maydon)  62  ta  bir  xil 

o‘lchamdagi,  qiya  tekislikda  ma’lum  tartibda  joylashgan  geliostatlardan  tashkil 

topgan.  Maydonning  vazifasi  kun  bo‘yi  konsentratorni  uning  optik  o‘qi 

yo‘nalishidagi quyosh nurlari bilan ta’minlab turishdan iborat. 1993 – yilda “Fizika 

– Quyosh”  ilmiy  ishlab  chiqarish  birlashmasi  tarkibida  materialshunoslik  instituti 

tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yirik olimlar Risqiyev T.T., Odilov G‘.T. va 

boshqalar boshchiligida qiyin eruvchi  materiallar  fizikasi sohasida keng ko‘lamda 

ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 

O‘zbekistonda yiliga 320 kun quyosh charaqlab turadi. Davlatimizning 1 

–  prezidentining  2013  yil  1  martdagi  “Muqobil  energiya  manbalarini  yanada 

rivojlantirish  chora  –  tadbirlari  to‘g‘risida”gi  farmonida  mamlakatimizda  qayta 

tiklanadigan energetikani rivojlantirish strategiyasi belgilab berilgan. [1] 

Xalqaro  energetika  amaliyotida  muqobil  manbalar  sifatida  gidro,  quyosh, 

shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e’tirof etiladi. Ular 




22

 

 



orasida  eng  istiqbolli  yo‘nalishlardan  biri,  shubhasiz,  quyosh  energiyasidan 

foydalanishdir. 2013 – yil 1 – martdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 

Fanlar  akademiyasining  qator  ilmiy  muassasalari  bazasida  Xalqaro  quyosh 

energiyasi instituti tashkil etildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish asosida quyosh 

energiyasidan  foydalanish  sohasida  ilmiy  va  eksperimental  tadqiqotlar  hamda 

innovatsion  ishlanmalarni  amalga  oshirish,  ilg‘or  va  iqtisodiy  jihatdan  samarali 

quyosh texnologiyalari va geliouskunalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va 

ijtimoiy  sohada  quyosh  energetikasi  salohiyatini  amaliy  qo‘llashga  doir  takliflar 

ishlab chiqish ushbu institutning asosiy vazifalaridir. 

Navoiy  erkin  industrial  –  iqtisodiy  zonasida  fotoelektrik  panellar  ishlab 

chiqaruvchi  qo‘shma  korxona  barpo  etish,  kutilmoqda.  Samarqand  viloyatida 

quyosh  fotoelektrik  stansiyasini  qurish  ko‘zda  tutilgan  va  quvvati  100  megavattni 

tashkil  etadigan  quyosh  fotoelektrik  stansiyasini  barpo  etish  loyihasi  tayyorlandi. 

Yuqori  samaradorlikka  ega  bo‘lgan  yangi  texnologiyalar  asosida  yana  bir  necha 

yirik  quyosh  elektr  stansiyalarini  qurish  uchun  maqbul  bo‘lgan  olti  hududning 

quyosh radiatsiyasi quvvatlari taqsimotini belgilash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Noyob ilmiy ob’ekt – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 

«Fizika  –  Quyosh»  ilmiy  –  ishlab  chiqarish  birlashmasi  Materialshunoslik 

institutining  Katta  quyosh  pechini  (1.8  –  rasm)  modernizatsiya  qilish  va  Xalqaro 

quyosh  energiyasi  institutini  laboratoriya  –  o‘lchov  priborlari  hamda  boshqa 

uskunalar bilan ta’minlashga texnik ko‘maklashish  loyihasini  hayotga  tatbiq etish 

ishlari ham olib borilmoqda. 

“Angren” maxsus industrial zonasi hududida “Shindong Enerkom” (Koreya 

Respublikasi) kompaniyasi  ishtirokida texnik kremniy  ishlab chiqaruvchi  ikkinchi 

zavod  qurilishi  nihoyasiga  etkazildi  (1.9-rasm)  va  Namangan  viloyatining  Pop 

tumanida  ishga  tushirilgan  ilk  quyosh  elektr  stansiyasi  sinovdan  o‘tkazilmoqda 

(1.10-rasm). 



23

 

 



 

 


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin