4. O’simliklar oziqlanishida mikroelementlarning ahamiyati.
Mikroelementlar - bu eng zarur oziq elementlari bo’lib, o’simliklarda mingdan bir-yuz mingdan bir foizni tashkil etadi va o’simliklarning hayot faoliyatida muhim funktsiyalarni bajaradi. O’simliklar xhayotida mikroelementlarning fiziologik ahamiyati ochib berilgandan keyin dehqonchilikda ham mikroelementlarni qo’llashning nazariy asoslari ishlab chiqildi.
O’simliklarning mikroelementlar bilan oziqlanishining nazariy va amaliy masalalrini o’rganishda Ya.V.Peyve, M.V.Katalimov, M.Ya.SHkolnik va boshqa olimlar o’zlarining katta xissalarini qo’shdilar. O’simliklarda mikroelementlarning yetishmasligi natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi va o’simliklarni halokatga olib kelishi mumkin.
Amalda mikroo’g’itlardan foydalanish oqibatida o’simliklarning kasalliklari bartaraf etish bilan birga yuqori sifatli hosil olishga imkon yaratadi.
Mikroelementlar o’simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonida, uglevod va azot almashinuvida qatnashadi, o’simliklarni kasalliklarga va tashqit muhitning noqulay sharoitlarining taosiriga chidamliligini oshiradi.
Mikroelementlar o’simliklar hujayralarining membranalarini o’tkazuvchanligiga va oziq elementlarini qabul qilnishiga taosir qiladi.
Masalan, marganets o’simliklarni tashqi muitdan ionlarni tanlab qabul qilinishini, fosforni o’simliklarning qari barglaridan yosh barglariga qarab harakatlanishini yaxshilaydi.
Temir - Fe. Temirsiz o’simliklarning bargida xlorofill hosil bo’lmaydi. O’simliklar xloroz kasali bilan kasallanadi.
Temir yetishmasligi natijasida xlorofilning hosil bo’lishi kamayadi va barglarning yashil rangi yo’qola boshlaydi. Lekin temirning o’zi xlorofillning tarkibiga kirmaydi.
Ilgari xlorofillning sintezida Fe oksidlanish-qaytarilish jarayonini boshqaradi, deb taxmin qilingan edi.
Bunday taxminga aniqlik kiritildi, yaoni xlorofillning paydo bo’lishija ishtirok etadigan fermentlarda Fe bor ekan.
Bor - V. Borning eng ko’zga tashlanadigan roli o’simliklarda sodir bo’ladigan changlanish hodisasida seziladi, yaoni borsiz o’simliklar gulidagi otaligi o’smaydi va changlanmagan gullar to’kilib ketadi. Shuning uchun o’simliklarda bor yetishmasa, urug’larining mahsuldorligi pasayib ketadi. Agar bor yetishmasa, zig’irda o’suv nuqtasi quriydi, kartoshkada chirish kasalliklari rivojlanadi.
O’simliklar ildizi o’suv nuqtasining va o’simliklarning o’suv nuqtasining qurib qolishi borning yetishmasligi bilan bog’liqdir. Bor o’simliklarning hosil tarkibida ko’p bo’ladi.
Marganets. Hmma o’simliklarning tirik hujayralari tarkibiga kiradi. Marganets o’simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida faol ishtirok etadi, askorbin kislota sintezida ishtirok etadi.
Marganets yetishmasa, makkajo’xori, qand lavlagi, g’o’za, don-dukkaklilarda, tamakida xloroz kasalligi ro’y beradi. Barglarining chetlari sarg’ayadi, yosh novdalari qurib qoladi.
O’simliklar tarkibidagi marganetsning miqdori, quruq moddaga nisbtan mg hisobida, 15 mg dan 400 mg gacha tashkil etadi.
Mis - oksidlovchi fermentlar tarkibida bo’ladi, masalan, polifenoloksidoza fermenti tarkibiga kiradi. V guruh vitaminlarning aktivligini oshiradi mis yetishmasaligi oqsil sintezini kamaytiradi.
Molibden - Mo. O’simliklarda aminokislotalar va oqsil moddalarning sintezida nitratlarning ammiakgacha qaytarilish jarayonida ishtirok etadi.
Mo ushbu jarayonni tezlashtiruvchi nitratreduktoza fermenti tarkibiga kiradi.
Mo tuganak bakteriyalari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Agar Mo yetishmasa, tuganak bakteriyalari atmosferadagi erkin azotni bog’lamaydi.
Rux - karbonangidraza fermenti tarkibiga kiradi va nafas olish jarayonini tezlashtiradi. Auksinlarning hosil bo’lishini yaxshilaydi. Ru yetishmasa, o’simliklarda oqsillarning parchalanishi sodir bo’ladi. O’simliklarning ruzga bo’lgan talabi yorug’lik kuchayishi bilan ortadi.
Kobalt - Co. Bu mikroelementni ko’proq dukkakli ekinlar talab qiladi, chunki kobalt tuganak bakteriyalaining faoliyatini kuchaytiradi.
Muhit reaktsiyasini nordonlashuvi natijasida, uning o’simliklarga qabul qilinishi kuchayadi. Kobaltning ozuqa eritmasidagi optimal dozasi 1 l ga 0,06 mg nm tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Agrokimyo. Sattorov va boshq.
Agroximiya. Meneev V.G
www.arxiv.uz sayti.
Dostları ilə paylaş: |