O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O`lchash vositalarining metrologik tavsiflari. O‘lchash asboblaridagi shartli belgilar. Reja



Yüklə 74,96 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü74,96 Kb.
#168828
  1   2   3
5-маъруза


O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O`lchash vositalarining metrologik tavsiflari. O‘lchash asboblaridagi shartli belgilar.
Reja:
1. O`lchashning aniqlik klasslari
2. O`lchash vositalari
3. O`lchashning shartli belgilari
O’lchash vositalari­ning aniklik sinfi ularning aniqlik xossalarini xarakter­laydi. ammo ular shu vositalar yordamida olib borilgan o’lchashlarning bevosita ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Chunki aniqlik o’lchash usullariga hamda ularni bajarish sharoitlariga ham bog`liq. Yo’l qo’yiladigan asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan (nisbiy) xatoliklar ko’rinishida berilgan o’lchash asboblari uchun quyidagi sonlar qatoridan olingan aniqlik sinfi beriladi:
(1; 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6) • 10n, bunda n = 1,0; -1; - 2 va h.
O’lchash asbobining aniqlik sinfi prostentlarda )hisoblangan eng katta keltirilgan xatolikka teng:
Turli o’lchov asboblari uchun Davlat standartida turli aniklik sinflari qabul qilingan. Ular asbobning stiferblatida ko’rsatiladi. Masalan, shkalasi 0 — 100°S dan iborat bo’lgan logometrni darajalash natijasida absolyut xatolik­ning quyidagi qiymatlari olingan;
Shkalasi belgisi: °S... 0 20 40 60 80 100
Absolyut xatolik: , °S... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 -0,6
Buda logomegrning keltirilgan xatosi
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra aniklik sinfini 2,0 ga teng deb olamiz (yaxlitlash kattalashtirish hisobiga olib boriladi).
Yo’l qo’yiladigan xatoliklari chegaralari prostentlarda ifodalanadigan nisbiy xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida yozilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yul qo’yiladigan asosiy nis­biy xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, 2,5 aniqlik sinfidagi shkalasi 0 – 100 mV bo’lgan millivoltlar uchun shkalaning ixtiyoriy belgisida asosiy nisbiy xatolik ±2,5% dan oshmaydi, ya’ni shkalaning ixtiyoriy belgisi­da absolyut xagolik (mB larda)
bunda Xp – asbobning ko’rsatishi.
Yo’l qo’yiladigan xatoliklari shkala uzunligi bilan aniklanadigan normalovchi qiymatlarga bog`liq prostentlarda ifo­dalanadigan asboblarning aniqlik sinflari burchakcha bilan ajratib qo’yilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 0,5, 1,5), bu sonlar yo’l qo’yiladigan asosiy keltirilgan xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi
O’lchash vositalarining xatoliklari statistik va dinamik xatoliklarga bo’linadi. Statistik xatolik o’zgarmas kattalikni o’lchash uchun foydalaniladigan o’lchash vositasi xatoligidir. Agar o’lchanayotgan kattalik vaqtning funkstiyasi bo’lsa, unda o’lchash vositalarining inerstionligi oqibatida o’lchash vositalarining dinamik xatoligi deb ataladigan umumiy xatolikning tashkil etuvchisi hosil bo’ladi. Dinamik rejimda umumiy xatolik statistik va dinamik xatoliklar yig`indisiga teng.
O‘lchash vositasining o‘lchashlarga ma’lum diapazonda, ma’lum aniqlik bilan yaroqliligini baholash uchun ularga quyidagi maqsadlarda metrologik tavsiflar kiritiladi:
1. Aniq o‘lchashlarni ta’minlash;
2. O‘lchash vositasining o‘zaro almashinuvchanligiga erishish uchun;
3. O‘lchash vositasini o‘zaro solishtirish va kerakli aniqlikdagi o‘lchash vositasini tanlash;
4. O‘lchash tizimlari va qurilmalarining xatoliklarini ularning metrologik tavsiflari asosida aniqlash.
Metrologik tavsiflarning har biri mo‘ljallanishiga ko‘ra o‘lchash turlariga va o‘lchash vositasining ta’sir etuvchi kattaliklar yoki kirish signalining noinformativ parametriga ko‘ra keltiriladi.
O‘lchash vositasi kirish signalining noinformativ parametri deb o‘lchanayotgan parametr bilan funksional bog‘lanishda bo‘lmagan parametrga aytiladi. Masalan: o‘zgaruvchan tokning amplitudasini o‘lchashda uning chastotasi noinformativ parametrdir.

Yüklə 74,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin