Analogli va raqamli o’lchash asboblari
Reja:
• 1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.
• 2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.
• 2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.
• 3.Analog o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.
• 4. Analog o‘lchash asboblari turlari
1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan
belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning
me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan
xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil,
muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo,
yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan
qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini
chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning
pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi
bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi
asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
а.k
0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k
=
k mах
k
;
а.k
k mах
k
q
/А
х max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan
chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida
1,5 % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5
klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda
shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu
sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya
etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan
berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi
xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |