Analogli va raqamli o’lchash asboblari Reja



Yüklə 409,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix03.05.2023
ölçüsü409,66 Kb.
#106872
1   2   3   4   5
9-Ma\'ruza

 
 
2 – rasm. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi. 
 
4. Analog o‘lchash asboblari ularning shartli belgilari 


 
Elektromexanik turdagi analogli o‘lchash asboblari. Analogli o‘lchash 
asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman 
o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi 
asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funktsional) ravishda o‘lchanayotgan 
kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik 
asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan 
iborat deb qarash mumkin ( 3 – rasm). 
3 – rasm. Anolog o‘lchash asboblarining strukturaviy sxemasi. 
O‘lchash asboblari qaysi tizimga taalluqli mexanizmdan iborat bo‘lishidan 
qat’y nazar, asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanishi elektromagnit maydon 
energiyasining o‘zgarishiga bog‘liq. 
O‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil bo‘lib, asbob ko‘rsatkichini 
ko‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi moment deyilib, u umumiy 
holda quyidagicha ifodalanadi: 


M = dW
е 
/d

,
 
 
 
bu yerda, W
e
– elektromagnit maydon energiyasi

– asbob qo‘zg‘aluvchan 
qismining burilish burchagi. 
Yuqoridagi ifodani (1) boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin: 
M = F(X
1

), 
ya’ni aylantiruvchi momentni o‘lchanadigan kattalik va asbob qo‘zg‘aluvchan 
qismining burilish burchagi funktsiyasi deb qarash mumkin. O‘lchash asbobining 
qo‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir 
etuvchi moment ham ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment bo‘lmaganda 
edi, asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan bo‘lar edi. Aks ta’sir 
etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama – qarshi yo‘nalgan bo‘lib, 
qo‘zg‘aluvchan qisminiig burilish burchagi kattalashishi bilan ortishi lozim. Aks 
ta’sir etuvchi moment M

aylantiruvchi momentga tenglashguncha (M=M

) 
qo‘zg‘aluvchan qism aylantiruvchi moment ta’siridan buriladi. Ko‘p elektr 
o‘lchash asboblarida aks ta’sir etuvchi moment tortqi, prujina va osmalarning 
buralishi bilan hosil qilinadi. Bunday qurilmada aks ta‘sir etuvchi moment 
qo‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni 
M

 
=
 
– W

,; bu yerda W – tortqi yoki prujinaning materiali va uning 
o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik, bu burchagining birligiga 1° 
yoki 1 radianga mos keluvchi moment bo‘lib, solishtirma aks ta’sir etuvchi 
moment deb ataladi. 
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holati aylantiruvchi va aks 
ta’sir etuvchi momentlarning tengligidan topiladi М=М

va u umumiy holda 
quyidagicha ifodalanadi: 

 = 
)
,
X
(
F
W
1


 
 
 
 
 
 
bu holatni 4 – rasmda ko‘rsatilgan grafikdan ham kuzatish mumkin. 



Yüklə 409,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin