B. A. Davlatov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/267
tarix02.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#47478
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   267
Fizika Masalalar to'plami

- 73 -
- 73 -
43. Bikrligi 200 N/m bo‘lgan prujinali mayatnikning tebranish 
qonuni x=0,01cos5t (m) ko‘rinishga ega. Mayatnikning maksimal 
kinetik energiyasini toping (mJ). 
A)5     B)10     C)500     D)50 
 
44. Bikrligi 1 kN/m bo‘lgan prujinaga osilgan yuk 6 cm amplituda 
bilan  vertikal  holatda  tebranmoqda.  Mayatnikning  to‘liq 
energiyasini aniqlang (J). 
A)1,8     B)18     C)6     D)36 
 
45. Sinus qonuni bilan tebranayotgan matematik mayatnikning 
harakat boshlangandan 0,1 s o‘tgach siljishi amplitudaning yarmiga 
teng bo‘lsa, uning uzunligini toping (m). π
2
=10 
A)0,4     B)0,44     C)0,03     D)0,36 
 
46. Elastik prujinaga maxkamlangan yuk gorizontal sterjenda 
tebranmoqda. Siljish x=0,5sin10t qonun asosida o‘zgaradi. Yukning 
massasi 100 g bo‘lsa, eng chekka vaziyatda yukka qancha kuch 
ta’sir qilishini aniqlang (N). 
A)10     B)20     C)12     D)
 
47. Vaznsizlik holatida mayatnikli, prujinali va qumli soatlarning 
qaysi biridan foydalanish mumkin bo‘ladi? 
A)prujinali     B)mayatnikli 
C)kumli     D)hammasidan ham foydalanish mumkin 
 
48. Ipga osilgan po‘lat sharcha ostiga kuchli magnit joylashtirilsa, 
sharchaning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi? (Namoyish) 
A)o‘zgarmaydi     B)kamayadi 
C)ortadi     D)javob sharchaning massasiga bog‘lik 
 
49. Garmonik tebranuvchi jism koordinatasining vaqtga bog‘lanishi 
x=0,1sin(πt/2+π/6) tenglama bilan ifodalanadi. Tebranish davrini 
toping (s). 
A)1     B)2     C)3     D)
 
50. Matematik mayatnikning tebranish davri 3,6 s. U qancha vaqtda 
muvozanat vaziyatidan x=A/2 nuqtagacha masofani bosib o‘tadi 
(s)? 
A)0,6     B)0,9     C)0,4     D)0,3 
 
51. Matematik mayatnikning amplitudasi 4 marta oshsa, uning 
kichik tebranishlari davri qanday o‘zgaradi? 
A)o‘zgarmaydi     B)2 marta ortadi 
C)2 marta kamayadi     D)4 marta ortadi 
 
52.  Cho‘zilmaydigan vaznsiz ingichka ipga osilgan moddiy 
nuqtaning massasini 4 marta oshirsak, uning kichik tebranishlar 
chastotasi qanday o‘zgaradi? 
A)o‘zgarmaydi     B)2 marta oshadi 
C)2 marta kamayadi     D)4 marta oshadi 
 
53. Matematik mayatnikning tebranishi x=0,2sin5t (m) ko‘rinishga 
ega. Mayatnikning maksimal tezligini aniqlang (m/s). 
A)2,5     B)5     C)1     D)0,5 
 
54. Po‘lat prujinaga maxkamlangan yuk x=0,05cos20t tenglama 
bilan tebranadi. Yuk tebranishi maksimal tezlanishining modulini 
aniqlang (m/s
2
). 
A)20     B)40     C)400     D)5 
 
55.  Xona  shiftida  bikrligi 0,25  kN/m bo‘lgan  prujinaga 
maxkamlangan 500 g massali sharcha tebranib turibdi. Sharchaning 
harakat tenglamasi ya’ni tezlanishning a=a(x) o‘zgarish qonuni 
qanday bo‘lishini aniqlang. 
A)–x     B)1000x     C)–1000x     D)–500x 
 
56. Prujinali mayatnikning to‘la mexanik energiyasi 36 marta 
kamaysa, uning tebranish amplitudasi qanday o‘zgarishini aniqlang. 
A)6 marta ortadi     B)36 marta kamayadi 
C)o‘zgarmaydi     D)6 marta kamayadi 
 
57. Uzunligi 1 m bo‘lgan vaznsiz ipga osilgan kichkina sharcha 
ipning uzunligiga  qaraganda ancha  kichik amplituda bilan 
tebranmoqda. Harakatni to‘g‘ri chiziqli deb hisoblab, tezlanishning 
a=a(x) tenglamasini toping. g=10 m/s
2
 
A)0,1x     B)10x     C)–x     D)–10x 
 
58. Ikkita matematik mayatnik bir xil davr bilan tebranmoqda. 
Ikkinchi mayatnikning tebranishi birinchisiga nisbatan chorak davr 
kech boshlandi. Mayatniklarning fazalar farqini aniqlang. 
A)0     B)π/4     C)π/2     D)π 
 
59. Ikkita bir xil prujinali mayatnikning tebranish davrlari nisbati 
5
:
2
 bo‘lsa, har bir mayatnikka osilgan yuklar massalarining 
nisbati qanday? 
A)
5
:
2
     B)2:5     C)4:25     D)5:2 
 
60. Matematik mayatnikning uzunligi 98 m. Mayatnik muvozanat 
holatidan 5° burchakka og‘ib tebransa, uning tebranish amplitudasi 
qancha bo‘ladi (m)? 
A)8,5     B)9,8     C)1     D)9,5 
 
61. Po‘lat prujinaga yuk osildi va yuk muvozanat vaziyatidan pastga 
x
1
=1 cm ga og‘dirildi. Bu holda yukning tebranish davri T
1
 ga teng. 
Shu yuk muvozanat vaziyatidan x
2
=2 cm ga og‘dirilsa, yukning 
tebranish davri qanday? 
A)T
2
=4T
1
     B)T
2
=2T
1
     C)T
2
=T
1
     D)T
2
=T
1
/4 
 
62.  Garmonik  tebranayotgan  jism amplitudasini  o‘zgarishsiz 
qoldirib, chastotasi 2 marta oshirilsa, tezlik va tezlanish amplitudasi 
necha marta o‘zgarishini aniqlang. 
A)tezlik amplitudasi 4 marta, tezlanish 2 marta ortadi 
B)tezlik va tezlanish amplitudasi 2 marta ortadi 
C)tezlik va tezlanish amplitudasi 4 marta ortadi 
D)tezlik amplitudasi 2 marta, tezlanish amplitudasi 4 marta ortadi 
 
63. Moddiy nuqtaning tebranma harakati  x=Asinωt qonuniyat 
bo‘yicha ro‘y bermoqda. Tebranish davrining qanday qismida u 
tebranish amplitudasining ikkinchi yarmini bosib o‘tadi? 
A)T/12     B)T/6     C)T/3     D)T/2 
 
64. Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=0,06sin0,5πt (m) 
ko‘rinishda  berilgan.  Harakatning turi  va  uni tavsiflovchi 
kattaliklarning qiymatlarini aniqlang va to‘g‘ri javobni ko‘rsating. 
A)radiusi 0.06 m bo‘lgan aylana bo‘ylab tekis harakat, aylanishlar 
chastotasi ν=0,25 s
–1
 
B)amplitudasi 6 cm va davri 4 s bo‘lgan tebranma harakat 
C)amplitudasi 6 cm va davri 0,5 s bo‘lgan tebranma harakat 
D)diametri 6 cm bo‘lgan aylana bo‘ylab tekis harakat, aylanish 
davri 0,5 s 
 
65. Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi  x=0,3sin0,1πt (m) 
ko‘rinishda yoziladi. Harakatning qandayligi va uni tavsiflovchi 
kattaliklar aniqlansin. 
A)radiusi 0,3 m bo‘lgan aylana bo‘ylab tekis harakat, chiziqli 
tezlanishi 0,1 m/s
2
 
B)tebranma harakat, amplitudasi 3 cm, chastotasi 0,1 Hz 
C)tebranma harakat, amplitudasi 30 cm, davri 20 s 
D)radiusi 30 cm bo‘lgan aylana bo‘ylab tekis harakat, aylanish 
davri 2 s 
 
66. Garmonik tebranishning amplitudasi 3 m, boshlang‘ich fazasi 
π/2, tebranishlar soni daqiqasiga 60 marta bo‘lsa, shu tebranish 
tenglamasi quyidagi ifodalarning qaysi biriga to‘g‘ri kelishini 
aniqlang? 
A)x=3cos(2πt+π/2)     B)x=cos(2πt+π/2) 
C)x=3cos(πt+π/2)     D)x=3cos(6πt+π/2) 
 
67. Garmonik tebranayotgan jism T davrning qanday qismida 
muvozanat vaziyatidan chetki vaziyatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib 
o‘tadi? 
A)T/2     B)T/4     C)2T/3     D)T/3 
 


@FizikaTermiz                                                                                                                                                                            Bahodir Davlatov 
@FizikaTermiz                                                                                                                                                                            Bahodir Davlatov 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin