1. Gaz ideal bo‘lishi uchun nimalarni hisobga olmaslik kerak?
A)molekulalarning to‘qnashuvini
B)molekulalarning to‘qnashgandagi o‘zaro ta’sirini
C)molekulalarning harakatini
D)molekulalarning masofada ta’sirlashishini
2. Molekulalar tezligiga tegishli ushbu
2
2
x
3
1 u
=
u
ifoda quyidagi
mulohazalarning qaysi biri asosan to‘g‘ri deb qabul qilinishi
natijasida yuzaga kelgan?
A)molekulalar o‘zaro (elastik) to‘qnashadi
B)molekulalar soni kam
C)molekulalar (xaotik) tartibsiz harakat qiladi
D)molekulalar shar shaklida
3. Ideal gazning bosimi molekulalarni tavsiflaydigan quyidagi
kattaliklarning qaysi biriga bog‘liq?
A)molekulalar orasidagi tortishish kuchiga
B)potensial energiyaga
C)kinetik energiyaga
D)molekulalar orasidagi itarishish kuchiga
4. Tezligi 1,2 km/s bo‘lgan kislorod molekulasining idish devoriga
60º burchak ostida mutloq elastik urilishi natijasida idish devori
olgan kuch impulsini toping (N·s).
A)3,2·10
–25
B)3·10
–23
C)6,4·10
–23
D)0
5. Azot gazi molekulasining idish devoriga 60° burchak ostida
mutloq elastik urilishi natijasida impulsining o‘zgarishi 1,4·10
–23
kg·m/s ga teng bo‘ldi. Molekulaning tezligini toping (m/s).
A)2000 B)1200 C)600 D)300
6. Ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 1 km/s
zichligi 0,9 kg/m
3
bo‘lsa, gaz bosimini toping (kPa).
A)900 B)300 C)90 D)30
7. Ideal gazning bosimi 4 marta ortsa, molekulalarining
konsentratsiyasi 4 marta kamaysa, gaz molekulalarining o‘rtacha
kvadratik tezligi qanday o‘zgaradi?
A)4 marta kamayadi B)o‘zgarmaydi
C)2 marta kamayadi D)4 marta ortadi
8. Gazning hajmi 2 marta ortib, molekulalarining o‘rtacha kvadratik
tezligi shuncha marta kamaysa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?
A)4 marta ortadi B)8 marta kamayadi
C)8 marta ortadi D)4 marta kamayadi
9. Molekulalari bir xil konsentratsiyada va bir xil o‘rtacha kvadratik
tezlikda bo‘lgan kislorod va vodorodning bosimlarini taqqoslang.
A)1:1 B)16:1 C)2:3 D)8:3
10. Zichliklari va o‘rtacha kvadratik tezliklari bir xil bo‘lgan
kislorod va vodorod gazi bosimlarining nisbatini aniqlang.
A)16 B)1 C)1/16 D)1/32
11. Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi 4 marta ortib,
o‘rtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaysa, gaz bosimi necha marta
o‘zgaradi?
A)2 marta kamayadi B)2 marta ortadi
C)4 marta kamayadi D)4 marta ortadi
12. Ideal gazning zichligi 3 kg/m
3
va bosimi 360 kPa bo‘lsa, gaz
molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi qancha bo‘ladi (m/s)?
A)100 B)300 C)600 D)900
13. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadrat
tezligi 30 % ga ortsa, gaz bosimi qanday o‘zgarishini toping.
A)25 % ga ortadi B)69 % ga ortadi
C)10 % ga ortadi D)20 % ga ortadi