1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu:
Baliqlar va to‘garak og‘izlilar tashqi tuzilishini o‘rganish. Baliqlarning ichki va
tashqi skeleti, mushak tizimi.
Kerakli materiallar va jihozlar:
Zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi); bir
nechta turli yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel,
pinset, qaychi,
preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar
(ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi;
Mashg’ulotning maqsadi:
Baliqlar va to‘garak og‘izlilar tashqi tuzilishini o‘rganish.
Baliqlarning ichki va tashqi skeleti, mushak tizimi.
To’garak og‘izlilar sinfining umumiy tavsifi. To‘garak og‘izlilar umurtqali hayvonlarning
primitiv gruppasi bo‘lib, minoga va miksinlarni o‘zi ichiga oladi. To‘garak og‘izlilarning gavdasi
silindrsimon cho‘ziq bo‘ladi. Terisi yalang‘och, shilimshik. Juft suzgich qanotlari bo‘lmaydi.
Og‘zi jag‘siz bo‘lib, Og‘iz so‘rg‘ichining to‘rida joylashadi. Burun teshigi bitta. Xordasi umrbod
saqlanadi. Orqa miyasining yon tomonlarida juft tog‘ay o‘simtalari metamer xolda joylashadi.
Bu o‘simtalar umurtqalilarning ustki yoylarining kurtagidir.
Daryo minogasi misolida to‘garak og‘izlilarni ichki va tashqi tuzilishi. Morfologiyasi.
Gavdasi uzun ilonga o‘xshaydi
va uch qismga - bosh, tana va dumga bo‘linadi. Boshining
oldingi past qismida Og‘iz oldi voronkasi bor. Og‘zi oldi voronkasida shox tishlari bo‘ladi.
Boshning ikki yon tomonida bir juft ko‘zi bo‘ladi. Ikki ko‘zining orasida toq burun teshigi bor.
Boshining ikki yon tomonida ettitadan jabra teshiklari bo‘ladi. Orqa tomonida oldingi va keyingi
toq orqa suzgich qanotlari hamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Dum suzgich
qanoti birlamchi teng pallali protatserkal tipda bo‘ladi. Gavdaning ostida,
tana bilan dum
qo‘shilgan erda orqa chiqaruv teshigi va siydik-tanosil organlari joylashgan.
Teri qoplag‘ichi yumshoq bo‘lib, unda tashqi skeletning asari ham yo‘q. Terisida talaygina
bir hujayrali bezlar bor. Skeleti asosan tog‘aydan tashkil topgan. O‘q skeleti bo‘lib, umrbod
saqlanadigan xorda xizmat qiladi. Xordani va orqa miyani biriktiruvchi to‘qimali parda o‘rab
turadi. Orqa miya kanalining tashqi devorida xordaning chetlari bo‘ylab mayda tog‘aylarning
juft qatori bor. Bu tog‘aylar umurtqalar murtagi hisoblanadi.
Bosh skeleti miya qutisi, og‘iz oldi voronkasi skeleti va visseral apparat skeletidan
iborat.Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va qisman ustidan o‘rab oladi. Miya qutisining
engsa bo‘limi taraqiy etmagan. Miya qutisining tagida asosiy plastinka, oldingi tomonida xidlov
kapsulasi, keyingi qismida eshituv kapsulasi joylashadi.
Og‘iz oldi voronkasi skeleti faqat to‘garak og‘izlilarga xosdir.
U voronka devorining
yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog‘aylardan tuzilgan.
Visseral skelet jabra qutisidan, stilesimon tog‘aydan va ko‘z osti yoyidan iborat. Jabra
kutisining o‘zi tog‘ay panjaradan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog‘ayi tegib turadi.
Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajralgan.
Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miyaga nisbatan kichik va miyacha uzunchoq
miyadan
ajralmagan, bosh miyaning bo‘limlari bitta gorizontal tekislikda joylashgan. Oldingi
miya yarim sharlarining tagi targ‘il tanadan tuzilgan, usti yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh
miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Orqa miyasi lentasimon shaklda bo‘ladi. Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari
boshqa umurtqalilarga qarshi o‘laroq bir-biri bilan qo‘shilib, aralash nerv tanasi hosil qilmaydi.
Sezuv organlari kam taraqqiy etgan. Eshitish organi faqat ichki quloqdan tashkil topgan va
unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko‘zida shox parda rivojlanmaydi. Xid bilish organi toq.
YOn chiziq organi teri yuzasiga joylashgan.
Ovqat hazm qilish organlari og‘iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og‘iz bo‘shlig‘iga
ochiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida shox tishlar va til bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘idan faqat to‘garak
og‘izlilarga harakterli ikkita nay-pastda nafas nayi va ustida qizilo‘ngach nayi ketadi.
Qizilo‘ngach ichakka va ichak anal teshigiga ochiladi. Ichakning ichida xazm qilish yuzasini
kengaytiruvchi spiral klapani bo‘ladi. Ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi.
Oshkozon osti bezi ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi.
Oshkozon osti bezi
ichakning butun devoriga tarqalgan. Nafas olish organlari yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra
xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarining ichki tomonidan yaproqsiz ichki jabra yo‘llari
ochiladi. Ichki jabra yo‘llari nafas nayiga chiqadi. To‘garak og‘izlilarning jabra xaltachalari va
ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda entodermadan rivojlanadi.
Nafas olishda suv tashqi jabra teshiklaridan jabra xaltachalariga va shu yo‘l bilan orkaga
qaytib tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi — lansetnikning qon aylanish sistemasi shaklida tuzilgan. Lekin
minogalarda yurak bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat ikki kamerali yurak bor.
YUrak
qorinchasidan qorin aortasi chiqadi. Uning har qaysi tomonidan qon olib keluvchi jabra
arteriyalari chiqib, jabra oraliq to‘siqlaridagi jabra yaproqlariga keladi. Oksidlangan qon olib
ketuvchi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga yig‘iladi. Aorta ildizidan oldingi tomonga qarab
gavdaning bosh tomonini qon bilan ta’minlovchi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab, butun
gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlovchi orqa aortasi chiqadi. Gavdaning bosh
tomonidan venoz qon bir juft kardinal venalarga yig‘iladi. Bularning har qaysi mustaqil ravishda
vena sinusiga quyiladi. Ichakdan venoz qon-jigar o‘pka venasiga yig‘iladi. Bu erdan venoz qon
jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi. Vena sinusi yurak bo‘lmasiga, yurak bo‘lmasi esa
yurak qorinchasiga ochiladi.
Ayirish organlari bir juft mezonefritik tipdagi buyrakdan iborat.
Bu buyrak gavda
bo‘shlig‘ida joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldig‘i bor. Siydik kanali
bo‘lib Volf kanali xizmat qiladi va siydik tanosil teshigiga ochiladi.
Ko‘payish organlari toq bo‘ladi. Pishib etilgan jinsiy hujayralar gavda bo‘shlig‘iga tushadi
va siydik tanosil teshigi orqali tashqariga chiqariladi, urug‘lanish suvda o‘tadi.
To‘garak og‘izlilarning sistematikasi va ahamiyati. Jag‘sizlar (Agnatha) ikkita sinfga:
To‘garakog‘izlilar (Cyclostomata) va qolqondorlar (Ostracodermi) sinflariga ajratiladi.
qolqondorlar kichik baliqsimon ko‘rinishdagi hayvonlar bo‘lib, silur-devon davrida qirilib
ketgan.
To‘garakog‘izlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo‘linadi.
1-kenja sinf — minogalar
Dostları ilə paylaş: