87
Dastlabki patent egasi iltimosiga ko‘ra patentga aylantirilishi mumkin.
Foydali modelga patent
– dastlabki ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi
va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida
amal qiladi va talabnoma
beruvchining iltimosiga ko‘ra yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Tovar belgisiga guvohnoma -
ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng
beriladi va
ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi va har safar 10 yilga
uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi.
Agar obyekt patentga layoqatlilik mezonlariga mos bo‘lsa,
u tegishlicha
ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi deb tan olinadi.
Qonunga muvofiq
ko‘rsatilgan obyektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:
•
Ixtirolar uchun –
uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo‘llanishi;
•
Foydali model uchun –
uning yangiligi va sanoatda qo‘llanilishi;
•
Sanoat namunasi uchun –
uning yangiligi, o‘ziga
xosligi va sanoatda
qo‘llanilishi.
Patent ekspertizasini o‘tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim
tushuncha texnika darajasi tushunchasidir.
Dostları ilə paylaş: