B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
indikativ rejalashtirish

Rejalashtirish – bu o’z maqsadlariga erishish uchun xo’jalik 
yurituvchi subyektning oqilona xatti-harakatini iqtisodiy asoslash 
jarayonidir.
Rejalashtirish maqsadlarni shakllantirish, unga erishishning 
ustuvor yo’nalishlari, vositalari va usullarini belgilash jarayonini o’zida 


22 
aks ettiradi. Unga ko’pincha prognozlashtirishning yakuniy bosqichi 
sifatida qaraladi. 
Rejani insonning avtomobilda qandaydir yakuniy manzilga sayr 
qilishi bilan taqqoslash mumkin. Faoliyat maqsadi – bu sayr qilishning 
yakuniy manziliga erishish. Reja – bu avtomobil ketadiga yo’l; u ko’plab 
boshqa yo’llar ichidan tanlanadi va eng qisqa, xavfsiz va qulay bo’lishi 
kerak. Tadbirkorlikni tartibga soluvchi rasmiy qonunlar, me’yorlar va 
yo’riqnomalar – yo’l harakati belgilari va qoidalari. Bu yo’l bo’ylab mashina 
haydashni bilish esa butunlay sayyohning o’ziga bog’liq. 
Rejalashtirish ham ustunliklarga, ham kamchiliklarga ega. 
Rejalashtirishning ustunlik tomonlari: 
• vazifani oqilona tarzda va kam harajatlar bilan hal etishga urinish; 
• xo’jalik yuritish muhitining bo’lajak ustunliklaridan foydalanishga 
chuqur o’ylab tayyorgarlik ko’rish; 
• ijrochilar harakatlarini muvofiqlashtirishni yaxshilash
• manfaatdor shaxslarning birgalikdagi sa’y-harakatlari hisobidan 
kuchlarni sarflashning jamoaviy imkoniyatlarini kuchaytirish; 
• cheklangan resurslardan oqilona foydalanish; 
• voqealarni nazorat qilish imkoniyati va faoliyatdagi muammolarni 
aniqlash. 
Rejalashtirishning kamchiliklari: 
• rejada, ayniqsa murakkab tashkil etilgan tizimlarda hayot 
sharoitlarining barcha xillarini aks ettirish imkoniyatining yo’qligi; 
• qabul qilingan qarorning barqarorligi, bu biznesning o’zgaruvchan 
sharoitida zarar keltirishi mumkin; 
• rejani ishlab chiqish uchun resurslar (vaqt va mablag’lar) zarurligi. 
Rejalashtirish bo’yicha xorijlik mutaxassislar rejani ishlab chiqishga 
nisbatan o’z munosabatlarini quyidagicha bildiradilar: 
1) muvaffaqiyatni rejalashtirishning uzoq vaqtli (odatda 2 yildan 
ortiq) tajribasi keltiradi
2) tadbirkor uchun yirik muvaffaqiyatlar ko’pincha rejalashtirishning 
emas, balki omadning, uning ishbilarmonlik va ijodiy qobiliyatining 
natijasi hisoblanadi; 
3) rejalashtirish faoliyatda ustunlikni hosil qiladi. 
Shuning uchun, tadbirkor biznesning murakkab va tez o’zgaruvchan 
(xususan, sotish va raqobat) sharoitlari tufayli rejaga ega bo’lishi maqsadga 
muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorda voqealar rivoji bo’yicha bir necha 
varintlarni ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ladi. Bunday ishlanma kamdan 
kam holatda ekspromt bilan amalga oshiriladi. U hamisha vaqt talab qiladi. 


23 
Shunday qilib, rejani barcha ofatlardan balogardon deb hisoblab 
bo’lmaydi. Uni qo’llash quyidagilar bilan shartlangan qator cheklovlarga 
ega: 
• xo’jalik yuritish muhitining noaniqligi. Shuning uchun ijrochi 
uchun, birinchidan, qo’shimcha ishonchli (shu jumladan, yangi) axborotni 
qidirib topish va ikkinchidan, uning ehtimollik darajasini prognoz qilish va 
aniqlash zarur; 
• mamlakat qonunchilik bazasining takomillashmaganligi; 
• resurslar bo’yicha cheklanishlar; 
• agar jamiyatda tadbirkorlik ahloqining asoslari shakllanmagan bo’lsa 
va biznes madaniyati mavjud bo’lmasa, ahloq xususiyatlari muammolari. 
Bundan tashqari, rejalashtirishning roli quyidagi sabablarga ko’ra 
bo’lib ko’rsatilishi mumkin: 
• firma rahbariyatining avtoritarligi; 
• ijrochilar qarashlarining subyektivizmi; 
• noaniq va to’liqsiz axborot; 
• fors-major holat; 
• ijrochilar harakatlarining moliyaviy ta’minlanmasligi; 
• iqtisodiy hisob-kitoblardagi xatolar. 
Faoliyat rejasi yozma shaklda aks ettirilishi lozim. Kelajakning 
konturi sifatida hayoliy va og’zaki reja bo’lishi mumkin. Lekin, agar bir 
kishining rejasi uning hayolida bo’lishi mumkin bo’lsa, bir necha 
shaxsning rejasi yozma ravishda ifodalangan verbal shaklga ega bo’lishi 
kerak, bu ijrochilar tomonidan rejaning yaxshi tushunilishi uchun zarur. 
Bundan tashqari, bunday rejani keyinchalik nazorat qilish oson. 
Shuning uchun foydalanishning qulayligi nuqtai nazaridan rejaning 
quyidagi 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin