B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
indikativ rejalashtirish

 
Xulosalar 
1. Indikativ rejalashtirish fani - kelajakni aniq asoslash imkonini 
beruvchi reja va prognoz hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning 
bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini 
tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi. 
2. Ilmiy oldindan ko’ra bilish – bu tabiat, jamiyat va tafakkur 
qonunlarini bilishga asoslangan haqiqatni oldindan aks ettirishdir.
3. Prognoz, ya’ni hodisa rivojining istiqbollarini aniqlashga 
yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot oldindan ko’ra bilishning bir shakli 
hisoblanadi. 
4. Reja – bu oldinga qo’yilgan maqsadga erishish chora-tadbirlari 
to’g’risida qaror. 
5. Dastur – bu hodisa rivojining maqsadli yo’nalishlari va ularga 
erishishning rejalashtirilayotgan yo’llari tizimi.
6. 
Indikativ 
rejalashtirishni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
ko’rsatkichlari (indikatorlari) tizimini ishlab chiqishga asoslangan va 
uning umummilliy ustuvor yo’nalishlarini aniqlashni, maqsadni 
belgilashni, prognozlashtirish, byudjetlash, dasturlash, kontraktastiya 
hamda makro-, mezo- va mikrodarajada qarorlarni kelishishning boshqa 
tartibotlarini, rejani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xo’jalik yurituvchi 


30 
subyektlarni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlashning boshqa chora-
tadbirlarini o’z ichiga oluvchi iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga 
solishni uning bozor va nobozor yo’li bilan o’zini o’zi tartibga solishini 
uyg’unlashtiruvchi 
iqtisodiyotni 
boshqarish 
davlat 
va 
nodavlat 
subyektlarining manfaatlari va faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi 
sifatida ta’riflash mumkin. 
 
Tayanch tushunchalar 
Indikativ rejalashtirish, prognozlashtirish,
 
iqtisodiy tahlil, ilmiy 
oldindan ko’ra bilish, reja, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, strate-
gik qaror, markazlashgan-rejali tizim, kon’yunktura prognozi, resurslar, 
fors-major holat, iqtisodiyotni tartibga solish institutlari, nazariy-
metodologik, direktiv, indikatorlar, milliy iqtisodiy reja, davlat boshqaruvi 
organlari, jamoaviy manfaatlar, ierarxik tizim, makroparametrlar. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin