B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Hujjat bilan ta’minlash darajasi



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
indikativ rejalashtirish

Hujjat bilan ta’minlash darajasi. 
Reja hisob-kitoblari va rejalarni 
nazorat qilishni muvofiqlashtirish uchun ularning muhim tarkibiy 
qismlari yozma shaklda bajarilishi katta ahamiyatga ega. yaxshi reja 
hujjatlari yuqorida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini osonlashtiradi 
va maqsadlarga erishishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hujjatlarning yaxshi 
tizimi qimmat turishi mumkinligiga, lekin ushbu xarajatni amalga 
oshirishga to’g’ri kelishiga e’tiborni qaratamiz.
Uyushganlik darajasi. 
Uyushganlik darajasi deganda rejalashtirish 
tizimida o’rnatilgan tashkiliy rejimning qat’iyligini tushunish lozim. 
uyushmaganlik va improvizastiyalash qobiliyatining mavjud emasligi, 
albatta, 
rejalashtirish 
tizimining 
moslashuvchanligini 
pasaytiradi. 
Uyushganlikning oqilona darjasiga ega bo’lgan rejalashtirish tizimi tashqi 
muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga optimal tarzda moslashadi.
Standartlashtirish 
darajasi.
Rejalashtirishga 
nisbatan 
standartlashtirish 
rejalar, 
jarayonlar 
va 
rejalashtirish 
texnikasi, 
rejalashtirishdagi 
yordamchi 
vositalar 
va 
hokazolarning 
birxillashtirilishini anglatadi. Birxillashtirish unda turli shu’ba 
korxonalarida va bir korxonaning o’zida rejalashtirishning turli davrlarida 
yoki turli bo’linmalarda bir xil muammolar bir konsepsiyadan kelib 
chiqib hal etiladigan tartibni ta’minlaydi.
To’liqlik darajasi. 
Kompleks muammolarni shakllantirish alohida 
muammolarga bo’linadi va ular o’rtasidagi munosabatlar muammolar 
ierarxiyasini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Ushbu holatda 
rejalashtirish bilan, bir tomondan, faqat mazkur ierarxiyadagi eng 
ahamiyatli muammolarni aniqlash maqsadida, shug’ullanish mumkin, 
bunda qolgan muammoli sohalar ularga moslashtiriladi. Ikkinchi 
tomondan, rejalashtirish Funksional sohalar o’rtasidagi intensiv 
uchastkalarga yoki surunkali «tor joylarga» nisbatan qo’llanilishi 
mumkin. Rejalashtirishning hozirgacha muhokama etilayotgan ushbu 
turlari to’liqsiz hisoblanadi va «asosiy holatlarni rejalashtirish» sifatida 
belgilanadi. Va, aksincha, to’liq rejalashtiriladigan barcha muammolarni 
qamrab oluvchi rejalashtirish munosabati bilan «to’liq ko’lamli 
rejalashtirish» haqida gap ketadi.


81 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin