93
muammolarni (yoki kamchiliklarni) uchratish mumkin:
-ishlarni ahvolini batafsil tahliliy sharhlash o’rniga iqtisodiy hayot
faktlarini oddiy izohlash;
-olingan natijalarni oddiy tarzda qayd etish;
-bozor nazariyasini etarlicha bilmaslik;
-o’z tovari bozorining kon’yunkturasini
yaxshi bilmaslik;
-rejalar tuzuvchilari va taqsimlovchilarining kamtarona tutgan o’rni;
-iqtisodiy
hisob-kitoblarda
eskirib
qolgan
va
samarasiz
yondashuvlardan foydalanish;
-notanqidiy tafakkur etish;
-kasblararo o’zaro hamkorliking zaifligi;
boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanmasligi;
-mamlakatdagi inflyastiya va yuqori stoxastik bozor hodisalari
tufayli prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidan voz kechish.
Rejalashtirish ishida bo’ysunish ham, o’zaro munosabatlarning
demokratiyaga asoslanishi ham zarur. Bo’ysunish boshqaruv ierarxiyasi
tarafdorligini anglatadi. Demokratizm esa “Rahbar-bo’ysunuvchi” o’zaro
aloqalarda eskilik qoldiqlariga barham berishni anglatadi. Iqtisodiy ish
oqilona tashkil etilgan taqdirda har bir xodimda o’z faoliyat uchastkasi va
o’zining lavozim majburiyatlari bo’lishi kerak, ya’ni u o’z
lavozimi
doirasida mas’ul bo’lishi lozim. Rejalashtirishda tashabbus, yangiliklar
kiritish, ijod zarur. Buyruqbozlik uslubi bo’ysunuvchilarda o’z kuchiga
ishonmaslik va rahbariyatga tobelik hissini shakllantiradi. Xodim
muayyan majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi kerak. Uning o’zi o’z
qarorining mohiyatini baholaydi va u uchun javobgar bo’ladi.
Ishdagi
shaxsiy va jamoaviy manfaatlarni uyg’unlashtirishga nisbatan zamonaviy
yondashuv anna shunda o’z ifodasini topadi;
Mehnat jamoasida reja hisob-kitoblarini asoslashda ijod qilish,
yangilikni qidirib topish, ishlarning ahvolini takomillashtirish choralarini
qo’lash uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Ushbu maqsadlarda
muayyan muammolarni hal etishga nisbatan yondashuvlarni tadqiq etish
uchun turli xizmatlar xodimlaridan tarkib
topgan vaqtinchalik qidiruv
guruhlarini tashkil etish mumkin.
Iqtisod xodimining yangi roli ko’p jihatdan uning menejer, referent
va firma rahbariyati uchun faoliyatning turli iqtisodiy masalalari bo’yicha
maslahatchi sifatidagi harakatiga bog’liq. Firma nazoratchisining roli
iqtisodiy hayotda ham namoyon bo’la boshlaydi. Shu munosabat bilan
iqtisod xodimi egalik qilishi lozim bo’lgan
zarur xislatlarni
ta’kidlash
o’rinli:
94
bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini yaxshi bilish;
zamonaviy xorijiy iqtisodiy tafakkurni
va mashhur xorijiy
firmalarning ilg’or tajribasini bilish;
tahlil qilish, prognozlashtirish va rejalashtirishning zamonaviy
uslublarini bilish;
ish va tafakkurning novatorlik uslubi;
ko’plab “mumkin”dan “kerak”ni tanlay bilish;
biznes yo’lida tashabbus ko’rsatish, firma uchun foydali bo’lgan
yangi g’oyalarni qidirib topish;
harakatlarning tanlangan variantini ishlab chiqish va iqtisodiy
asoslash sohasida omilkorlik.
Budan tashqari, iqtisod xodimining asosiy xususiyati –
xabarlar
oqimidan muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’ra bilish,
murakkab tanglik vaziyatidan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslay
olishdan iborat.
Shunday qilib, rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi, axborot
tizimi va ijrochilar rejalashtirishni tashkil etishning muhim unsurlari
hisoblanadi. Rejalashtirish sifati ko’p jihatdan
firma xodimlarining
tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Rejalashtirishda rejani amalga
oshirish bilan shug’ullanuvchi xodimlarning roli ortib boradi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisod xodimiga nisbatan axborot oqimidan
muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’rish, murakkab vaziyatdan
chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslash zarurati bilan bog’liq
yangi
talablar qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: