Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi byudjet loyihasini tuzish uchun asosiy axborot manbai bo’lib xizmat
qiladi va u o’z navbatida hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish ma’lumotlari, rejalashtirilayotgan yil uchun rivojlanish
tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi.
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi –
umumlashtirilgan
makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar
va
respublika
ko’rsatkichlarning cheklangan doirasi bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z
ichiga oladi.
Dastur – bu hodisa rivojining maqsadli yo’nalishlari va ularga
erishishning rejalashtirilayotgan yo’llari tizimi.
Demografik prognoz qilish – bu aholi harakatining asosiy
parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy
tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra
bilish demakdir.
Direktiv rejalashtirish – manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni
bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida
taqsimlash orqali amalga oshiriladi.
Doiraviy rejalashtirish – faqat 10 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan
global maqsadlar va strategiyalarni shakllantiradi. U xalq va jahon
xo’jaligi, aholi, texnologiyalar va hokazolarning taxminiy prognoz
tendenstiyalari asosida uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini
baholash uchun xizmat qiladi.
180
Etakchi bo’g’inlarni ajratish – strategik rejalashtirishning ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarda va uning obyektlaridagi muvazanat uchun zarur
bo’lgan sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi muhim yo’nalishi.