B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
indikativ rejalashtirish

Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi 
byudjet loyihasini tuzish uchun asosiy axborot manbai bo’lib xizmat 
qiladi va u o’z navbatida hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish ma’lumotlari, rejalashtirilayotgan yil uchun rivojlanish 
tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. 
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi
– 
umumlashtirilgan 
makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar 
va 
respublika 
ko’rsatkichlarning cheklangan doirasi bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z 
ichiga oladi. 
Dastur
 
– bu hodisa rivojining maqsadli yo’nalishlari va ularga 
erishishning rejalashtirilayotgan yo’llari tizimi.
Demografik prognoz qilish
– bu aholi harakatining asosiy 
parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy 
tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra 
bilish demakdir. 
Direktiv rejalashtirish
– manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni 
bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida 
taqsimlash orqali amalga oshiriladi. 
Doiraviy rejalashtirish
– faqat 10 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan 
global maqsadlar va strategiyalarni shakllantiradi. U xalq va jahon 
xo’jaligi, aholi, texnologiyalar va hokazolarning taxminiy prognoz 
tendenstiyalari asosida uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini 
baholash uchun xizmat qiladi. 


180 
Etakchi bo’g’inlarni ajratish
– strategik rejalashtirishning ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarda va uning obyektlaridagi muvazanat uchun zarur 
bo’lgan sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi muhim yo’nalishi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin