Foiz – daromad, o’z mulkining boshqa jismoniy va huquqiy
shaxslarga foydalanishga berish va shundan foyda olish.
Foiz stavkasi – kredit yoki qarz stavkasi kapitali evaziga to’lovni
foiz ko’rsatkichi. Odatda, qarzga olingan pul belgisini bir birligiga to’g’ri
keladigan yillik to’lovni aks ettiradi.
Ideal – bu erishilib bo’lmaydigan, lekin unga cheksiz ravishda
yaqinlashish mumkin bo’lgan maqsad.
Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil – ijtimoiy-iqtisodiy haqiqatni har
tomonlama o’rganishni, ijtimoiy munosabatlar va ishlab chiqarishni
rivojlantirishning ilg’or tendenstiyalarini va ularni takomillashtirish
imkoniyatlarini aniqlash maqsadida hodisalarning ichki aloqalari va
bog’liqligini bilishni o’zida namoyon etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-
texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy
va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks
ettiradi.
Ijtimoiy soha vazirliklari hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar –
rivojlanishning mos yo’nalishlari bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini
tayyorlashni amalga oshiradi.
Ijtimoiy sug’urta – aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy unsuri
hisoblanib, uning maqsadi kasal bo’lish holatida va qariyalik davrida,
baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish bo’yicha kasallanishlar, ishsizlik
munosabati bilan insonning iqtisodiy himoyalanishini ta’minlashdan
iborat.
Ilmiy oldindan ko’ra bilish – bu tabiat, jamiyat va tafakkur
qonunlarini bilishga asoslangan haqiqatni oldindan aks ettirishdir.
Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini,
kapitalini va texnologiyasini olib kelish. U xalq xo’jaligi, vaqtni tejash,
xalq ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga
ko’maklashadi.
Investistiya – ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat
yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital
kiritish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud.
Indekslar – YaIM deflyatorlari – YaIM ko’rsatkichlarini solishtirma
narxlarda aks ettirish uchun ishlatiladigan indekslar guruhi, bularga
narxlarni agregat indeksi , YaIM deflyatori narxlari indeksi, iste’molchi
181
narxlar indeksi, shuningdek maxsus tashkil qilingan indekslar kiradi.