178
Glossariy
Aholining bandligi
–
ijtimoiy ishlab chiqarishni fuqarolik sektorida
band bo’lgan va mamlakat qonunchiligi tomonidan aniqlangan
normalarga mos ravishda hisobga olinadigan mehnatga layoqatli yoshdagi
aholi.
Aholi bandligi muammosi
– bu insonlarni mehnat faoliyatiga jalb
etish muammosi va ularning mehnatga bo’lgan ehtiyojlarini ish o’rinlari
bilan qanoatlantirish darajasi.
Bandlik darajasi
– bandlar umumiy sonini mehnatga layoqati
yoshdagi aholi soniga nisbati.
Balans usuli
– o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning bog’lanishini va
muvofiqlashtirilishini
ta’minlash uchun foydalaniladigan usullar
yig’indisi tushuniladi.
Baho
–
tovar qiymatining pul orqali ifodalanishi.
Byudjet davri
–
byudjetni ijro etish jarayonini amalga oshirish vaqti.
Byudjet–soliq siyosati
–
byudjet siyosatida byudjet xarajatlari va
daromadlarini shakllantirgan holda uch xil byudjet siyosati yuritiladi.
Byudjet xarajatlari, transfer xarajatlari shaklidagi xarajatlar. Daromadlar
esa uch manbadan kelishi mumkin: soliqlardan, xazina tomonidan
chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlarning sotilishidan va ma’lum qismi
markaziy banki emissiyasi hisobiga. Shunga ko’ra davlat xarajatlari va
daromadlarni boshqarish orqali byudjet siyosati yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: