Muqobil variant – bu belgilangan maqsadga erishishning boshqa
ehtimoliy usullardan farq qiluvchi usuli.
Narxlar indeksi – ikki har xil vaqt oralig’ida tovar va xizmatlarga
narxning muvozanatini o’zgarishini aks ettiruvchi ko’rsatkich.
Narxlar korrektirovkasi – bozor vaziyati o’zgarishiga narxlarning
moslashuv jarayoni.
Normativ prognozning asosiy maqsadi – demografik
jarayonlarning ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan
tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Oldinga qo’yilgan mahsadlarga erishish – xo’jalik yuritish
obyekti xodimlarining shaxsiy va jamoaviy manfaatlarining qoniqishini
belgilab beradi.
Ommaviy baholash – aholining alohida guruhlarining sostiologik
tadqiqotlar jarayonida rejalashtirishning qandaydir muammosining
mohiyati yuzasidan fikrlarini aniqlash.
Prognoz – hodisa rivojining istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan
ilmiy tadqiqot oldindan ko’ra bilishning bir shakli hisoblanadi.
Reja – bu oldinga qo’yilgan maqsadga erishish chora-tadbirlari
to’g’risida qaror.
Rejalashtirish – bu o’z maqsadlariga erishish uchun xo’jalik
yurituvchi subyektning oqilona xatti-harakatini iqtisodiy asoslash
jarayonidir.
Rejalashtirish – davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi
subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini
ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.
Rejalashtirish tizimi – bu rejalashtirish alohida qismlarining
tartibga solingan tarkibiy tuzilishi.
Reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash jarayoni – reja loyihasining
dastavval manfaatdor tuzilmaviy bo’g’inlar tomonidan, so’ngra esa
yuqori rahbariyat tomonidan muhokama etilishini nazarda tutadi.