15
I bob.
BOZOR IQTISODIYOTIDA REJALASHTIRISHNING ROLI VA
AHAMIYATI
1.1. Indikativ rejalashtirish maqsadi, kursning predmeti va
ahamiyati.
1.2. Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish— indikativ
rejalashtirishning obyekti sifatida.
1.3. Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatlarni tartibga solishdagi roli.
1.1.Indikativ rejalashtirish maqsadi, kursning predmeti va
ahamiyati
Kursning
maqsadi
bo’lajak mutaxassisni oldinda turgan
harakatlarni iqtisodiy asoslash metodologiyasiga o’qitishdan iborat.
"Bilimlar – yo’lni yo’lsizlikdan farqlash uchun mavjud", - degan edi sharq
mutafakkirlaridan biri. Ilmiy oldindan ko’ra bilish tamoyillari va usullarini
bilish tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassisga sodir
bo’layotgan hodisalarning mohiyatini tushunishga va turli vaziyatlarda
to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Har bir inson olamni umid
uchqunlarida ko’radi. Shuning uchun nafaqat boshlovchi, balki tajribali
tadbirkor ham o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuboradi. U
birinchi galda biron narsaga erisha olish haqida emas, balki nimaga
erishishni xohlashi haqida o’ylaydi. Lekin uning harakatlarining
strategiyasi va taktikasi real hayotni tushunish va ilmiy iqtisodiy oldindan
ko’ra bilish asosida qurilishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy rivojlanishini ilmiy
oldindan ko’ra bilish metodologiyasini o’rganish “Indikativ rejalashtirish”
Dostları ilə paylaş: