17
bo’lgan harakatlarni malakali asoslash imkonini beradi.
Kursning metodologik asosini
dialektika tashkil etadi. Aynan
dialektika, ko’plab ilmiy fanlarning metodologiyasi bo’lgani holda,
mutaxassisga turmush, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy
qonuniyatlari haqidagi bilimni beradi. Xo’jalik yuritish muhitini
tushunishni belgilab beruvchi uning kategoriyalari hayot faoliyati
unsurlarining tutashish nuqtalarini aniqlash, ularda bir lahzali va tasodifiy
holatlarni olib tashlab, obyektiv va alohida holatlarni ko’rish imkonini
beradi.
Dialektika kategoriyalari va qonunlari iqtisodiy hodisalar tadqiqotlari
qoidalari va usullarini tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, iqtisodiy
tahlil istalgan rejalashtirish jarayonining majburiy qismi hisoblanib, u
nihoyasiga etgach, alohida hisob-kitoblarning o’zaro ta’siri va to’ldirishini
tekshirish orqali ularni sintez qilish zarur. Bunda fanlarni bilish
dialektikasi namoyon bo’ladi.
Indikativ
rejalashtirishning
zamonaviy
amaliyoti
davlatning
o’tmishdagi ko’rsatmali rejalashtirishini tubdan qayta anglab etadi. Biroq,
bir necha yildan so’ng rejalashtirish darajasiga nisbatan yangi talablar
rejalashtirish nazariyasining ko’plab hozirgi talqinlaridan voz kechishga
majbur qiladi. Mana shunda ham – kursni o’rganish dialektikasi har
qanday ilmiy
fan rivojlanishining qonuniy jarayoni hisoblanadi, chunki
yangidan jamg’arilgan tajriba, odatda, vaqt o’tishi bilan ilgarigi
yondashuvlarning maqsadga muvofiqligini inkor qiladi, ularning faoliyat
yuritishning yangi sharoitlariga xos bo’lgan sifat jihatdan yangi tarkibini
belgilab beradi.
Insonni, ayniqsa, muayyan korxona sharoitlari nuqtai nazaridan
rejalashtirish sohasidagi iqtisodiy hisob-kitoblarni malakali tarzda
bajarishga o’rgatish qiyin. Lekin uni ilmiy oldindan ko’ra bilish
metodologiyasi bo’yicha bilimlar tizimiga, pirovardida esa, - u fikrlash
xilidagi tafakkur bilan birgalikda malakali prognozlar va rejalarni amalga
oshirishga ko’maklashuvchi iqtisodiy tafakkurga o’rgatish mumkin. Bu
mutaxassisning iqtisodiyot sohasidagi kelgusi bilimlarining garovidir.
Dostları ilə paylaş: