B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
indikativ rejalashtirish

 
3.2.Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning 
zaruriyati 
 
Rejalashtirish – davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha 
shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini 
ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.
So’nggi o’ttiz yildan ortiq yil mobaynida iqtisodchilar reja va bozorni 
uyg’unlashtirish muammosi borasida baxs-munozaralar olib borishdi. 
Bozor munosabatlari haqiqatga aylangach, reja va bozor – bu bir-biriga 
qarama-qarishi emas, balki iqtisodiy tizimning bir-birini to’ldiruvchi 
unsurlari ekanligi tushunib etildi. Muvazanatlashgan umumdavlat 
rejalarisiz pul-kredit, soliq, bojxona siyosati asosida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni boshqarish o’zini oqlamaydi.
Davlat tomonidan rejalashtirilishi lozim bo’lgan obyektlar doirasi 
ancha keng. Birinchi galda – bu ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibi. 
Bozorning mavjud bo’lishi ulushlar va tarkibiy siljishlarga ta’sir 
ko’rsatishi mumkin va davlat ulushlarning qanday yuzaga kelishiga befarq 
emas. Ijtimoiy sohada esa, eng asosiysi – iqtisodiyotning kelgusidgi rivoji 
aholining turli ijtimoiy guruhlari turmushiga qanday ta’sir ko’rsatishini 
oldindan ko’ra bilish, ushbu ta’sirning salbiy tomonlarini aniqlash va 
muhtojlarni himoyalash choralarini ko’rishdan iborat.


58 
Jahonda rejalashtirishga bo’lgan qiziqish va e’tibor 1930-yillarga 
kelib kuchaydi. Bunda jahon iqtisodiy inqirozi va sobiq ittifoqda 
rejalashtirish tajribasining ta’siri katta bo’ldi. Makrodarajadagi dastlabki 
rejalar moliya-byudjet va pul-kredit sohasini qamrab oldi. Ular moliya 
vazirliklari tomonidan ishlab chiqiladigan milliy byudjetlarda o’z ifodasini 
topdi.
Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, 
shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.
Ijtimoiy rivojlanishning tebranuvchanlik nazariyasiga muvofiq 
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holatidagi o’zgarishlar ko’p 
jihatdan tabiiy rivojlanishga bog’liq bo’lib, tabiiy jarayonda yuz beradi. 
Lekin jamiyat ijtimoiy jarayonlarni uyg’unlashtirishga, taraqqiyotning 
moddiy va ma’naviy yo’qotishlarini kamaytirishga qodir, bu uzoq 
muddatli rejalashtirishda nazarda tutiladi.
Rejalashtirish direktiv, indikativ, shartnomaviy va tadbirkorlikni 
rejalashtirish kabi turlarga bo’linadi.
Direktiv rejalashtirish manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni 
bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida 
taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Asosiy ishlab chiqarish vositalariga 
nisbatan davlat mulkchiligi monopoliyasi sharoitida rejalashtirish jamiyat 
hayot faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Byudjetdan 
moliyalash, kapital qo’yilmalar me’yorlari, moddiy-texnika resurslari 
fondlari, davlat buyurtmalari direktiv rejalashtirishning asosiy vositalari 
hisoblanadi.
Direktiv reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda uning ijrochilari 
asosiy rolni o’ynamaydi. Rejaning asosiy ijodkorlari reja ko’rsatkichlari 
bajarilishining moddiy-texnika ta’minoti yuzasidan majburiyatlarni o’z 
zimmasiga olishadi. Ushbu holat direktiv rejalashtirishdagi eng zaif nuqta 
hisoblanadi, ko’pincha rejalar uchun zarur resurslar ajratilmaydi.
Mulkchilik 
shakllarining 
xilma-xilligi 
sharoitida 
direktiv 
rejalashtirish unsurlari davlat sektori va byudjetdan moliyalash doirasida 
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berish; iqtisodiyotning davlat 
sektorini rivojlantirish; davlat byudjetidan moliyalash uchun qabul 
qilingan davlat dasturlari; davlat byudjeti kabi reja hujjatlarida saqlanib 
qoladi.


59 
Direktiv rejalashtirishdan uning boshqa shakllariga o’tish, birinchi 
galda, rejalar ishlab chiquvchilari va ijrochilari o’rtasidagi manfaatlar 
ziddiyatiga barham berilishini nazarda tutadi. Rejalar topshiriqlar 
ko’rinishida etkazilmaydi va o’z ijrochilari tomonidan ishlab chiqiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida 
indikativ rejalashtirish rivojlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning 
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; 
tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar 
harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi 
davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet 
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona 
bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan 
foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga 
ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan 
amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab 
masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv 
organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy 
organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir. 
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan 
mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar, 
xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan 
foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini 
uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki 
alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot 
hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar 
strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda 
indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik 
yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi, 
chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga 
olib keladi.
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan belgilansa 


60 
(energetika, aviastiya, kosmik texnika), boshqalari rejalashtirish jarayonida 
aniqlanadi. 
Asoslangan 
ustuvor 
yo’nalishlar 
zamirida 
tegishli 
rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi; milliy ahamiyatga ega 
bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta muddatli dasturlar doirasida davlat 
va xususiy sektorning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga investistiya 
kelishuvlari tuziladi.
Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga 
(bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni 
sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul 
qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) 
muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish 
tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur 
bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va 
quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qildi, farq 
faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki 
u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Shartnomaviy rejalashtirish korxonalar, birlashmalar, banklar, 
hokimiyat va boshqaruv organlari o’rtasida ixtiyoriy va o’zaro foydali 
asosda quriladigan tijorat munosabatlarini tartibga soladi. Shartnomaviy 
munosabatlar barqaror ishlab chiqarish-iqtisodiy aloqalarni, o’zaro 
majburiyatlarni, ularni bajarish shartlarini shakllantiradi va bozor 
sharoitida rejaviylikni qo’llab-quvvatlashning kafolatlovchi xo’jalik 
mexanizmini yaratadi.
Shartnomaviy rejalar etkazib berish to’g’risidagi kelishuvlar
shartnomalar, ishtirok etish tizimi ko’rinishida va boshqa shakllarda 
amalga oshiriladi. Tegishli iqtisodiy va huquqiy asoslar: qonunchilik 
me’yorlari, mustaqil sud tizimi va boshqalar shartnomaviy rejalashtirishni 
ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Ma’danli xomashyoni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarish, 
ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash, uni tashish, ishlov berish, 
saqlash sotish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar mahsulotni 
bo’lish to’g’risidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
Investistiya kelishuvlari ma’danli xomashyo ishlab chiqarish 
tarmog’iga investistiyalarni jalb qilish maqsadida tuziladi. Iqtisodiyot 
vazirligi hamda qo’shma korxonaning ustav fondiga zarur ulush kiritgan 
va to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi xorijiy 
kompaniyalar investistiya kelishuvining tomonlari hisoblanadi. Iqtisodiyot 
vazirligi xorijiy sarmoyaorga investistiya kelishuvini amalga oshirish 
uchun ko’maklashadi.


61 
Korxonalar, firmalar, ishlab chiqarish-xo’jalik va moliya faoliyati 
barcha subyektlarining samarali rivojlanish yo’llarini asoslashga va 
tanlashga 
yo’naltirilgan 
Funksiyasi 
tadbirkorlikni 
rejalashtirish 
hisoblanadi. Uning asosini firmaning turli muddatlarga mo’ljallangan 
tezkor, joriy va strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan ichki rejalari 
tashkil qiladi.
Rejalashtirish mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mazmunini 
aks ettiruvchi tegishli ko’rsatkichlarni ishlab chiqishdan iborat. Reja 
ko’rsatkichlari tasdiqlanadigan va hisob-kitob; miqdoriy va sifat; absolyut 
va nisbiy; natural va qiymat kabi turlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlarning 
katta qismi hisob-kitob ko’rsatkichlaridir. Tasdiqlanadigan ko’rsatkichlar 
normativlar (fondlarni tashkil etish, to’lovlar, pul mablag’lari), me’yorlar 
(resurslarni iste’mol qilishning ruxsat etilgan yuqori hajmi va b.) va 
byudjetdan moliyalash hajmlari ko’rinishida ishtirok etadi.
Qiymat ko’rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari, 
ulushi va tarkibini, yalpi ichki mahsulotni, milliy daromadni, tarmoqlar 
bo’yicha mahsulot hajmini, investistiyalarni, chakana tovar aylanishini
foyda, eksport, import va boshqalarni tavsiflaydi.
Resurslardan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi, 
fondning qatarilishi, material sig’imi, ishlab chiqarish quvvatlarini 
o’zlashtirish, daromadlilik, tannarx, rentabellikning nisbiy ko’rsatkichlari 
yordamida rejalashtiriladi.
Korxonalarda rejalarda quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ishlab 
chiqiladi:
tovar mahsulotining o’sish sur’atlari;
natural ifodadagi mahsuldotning asosiy turlarini, shu jumladan yangi 
texnika mahsulotlari va eksport uchun mahsulot;
mahsulotni sotish hajmi;
yangi texnikani ishlab chiqish, o’zlashtirish va joriy etish bo’yicha 
fan-texnika dasturlarining asosiy vazifalari;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida oliy sifatli mahsulotning 
salmog’i;
mehnat unumdorligi;
1 so’mlik mahsulot uchun xarajatlar;
foyda;
asosiy fondlarni ishga tushirish.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin