Mavzu: Fanga kirish va asosiy tushunchalar. Reja: Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 143,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü143,85 Kb.
#179510
  1   2   3   4
1-mavzu



Mavzu: Fanga kirish va asosiy tushunchalar. 
Reja: 
1.
 
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari 
2.
 
Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning 
klassifikatsiyasi 
3.
 
Texnik vosita komplekslari. 
 
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari 
Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri 
hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar 
talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular 
qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga 
ega ekanligi va shu kabilar to`g‘risida ma‘lumotlar beradi. 
Yurtimizda sanoat sohasi juda jadal rivojlanayotganligini inobatga olsak, zamonaviy 
ichlab chiqarishda yangi turdagi avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanilyotganiga 
guvoh bo`lamiz. Sanoatning rivojlanishi yurtimiz iqtisodiyotining yuksalishiga hizmat qilishi 
barchamizga ma‘lum.
Avtomatlashtirishning texnik vositalarini rivojlantish orqali sanoatning avtomatlashtirish 
darajasini oshirish mumkin.
Fanni o`rganishdan maqsad avtomatlashtirishning texnik vositalarini yaxshi o`rganib, 
uning imkoniyatlarini his qilagan holda avtomatlashtirish sohasiga to`g‘ri tadbiq qilishdan va 
ulardan samarali foydalanishdan iborat.
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI
turli jarayonlarni 
avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar.
Vazifasi:
a) texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul 
qilish, 
b) axborotni uzatish,
c) axborotni o`zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq 
axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), 
d) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish.
Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat 
qilinuvchi parametr ta‘sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr 
parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat.
Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chiqadigan signallar aloqa 
liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan 
signallar maxsus o`zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi.
Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar), signalni 
o`zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash 
qurilmalari, 
kommutatsiya 
(o`zgartirish) 
uskunalari. 
Buyruq 
(komanda) 
axborotini 
uzatishvositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o`xshaydi.
Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini 
kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat. 
Hozirda ishlab chiqarish sanoati yurtimiz iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga munosib hissa 
qo`shayotgan sohalardan biri bo`lib kelmoqda. Ishlab chiqarish sanoatini avtomatlashtirish uning 
rivojlanishiga juda katta hissa qo`shadi.
Avtomatlashtirish darajasini oshirish esa ishlab chiqarish sur`atini keskin oshishiga sabab 
bo`ladi. Avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun esa birqancha muhim vazifalarni amalga 


oshirish kerak bo`ladi. Bulardan biri ishlab chiqarish korxonasini yangi avtomatlashtishning 
texnik vositalari bilan ta‘minlashdir.

Yüklə 143,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin