82
ya’ni ishlab chiqarishni taqsimot va ayriboshlashni butun jamiyat
miqyosida rejali ravishda tashkil etadi.
Xo’jaliklarda rejalar aniq va ilmiy jihatdan asoslangan bo’ladi.
Chunki, har bir xo’jalik rejani tuzishda rejalashtiruvchi bo’limlar
iqtisodiy shart-sharoit va imkoniyatlarga, ishlab chiqarish ilg’orlarining
tajribasidan keng foydalangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlarni, fan va
texnikani rivojlantirishda erishilgan darajaga asoslanadi. Rejalarning
aniqligi xo’jalikda tashkilotchilik ishi va mehnatkashlarning ijodiy
tashabbusi bilan ta’minlanadi.
Rejalashtirish bevosita xo’jaliklarning o’zida
amalga oshirilishi
hamda asosiy e’tibor xujalikni intensiv rivojlantirish yo’li bilan qishloq
xo’jalik mahsulotlarini har tomonlama ko’paytirib borishga qaratilishi
kerak.
Xo’jaliklarda
ishlab
chiqarish
rejasini
tuzganlarida
rejalashtirilayotgan tadbirlarning iqtisodiy jihatdan qanchalik ahamiyatli
ekanligiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan: ekin maydonining
strukturasini belgilash bilan birga ekiladigan har bir gektar ekinning
ahamiyati, qimmati va hosildorligini
puxta tahlil qilish, uning xo’jalikka
iqtisodiy jihatdan qanday foyda keltirishini aniqlash zarur.
Xo’jaliklarda quyidagi turdagi rejalar tuziladi:
Perspektiv reja. Bu rejaga xo’jalikni rivojlantirishning bir necha
yillarga mo’ljallanib tuzilgan rejalari kiradi. Unda tegishli yillarda
bajarilishi ko’zda tutiladi. Bu reja qishloq xo’jalik mahsulotlarini harid
qilish va tashkiliy-xo’jalik rejalari loyihalari asosida tuziladi.
Yillik ishlab chiqarish - moliya rejasi hamda ichki bug’inlar va
yordamchi korxonalarga beriladigan yillik ishlab chiqarish topshiriqlari.
Bu rejaga xo’jalikning bir yilgi ishlab chiqarish - moliya rejasi hamda
erdamchi korxona, ichki bo’g’inlarning yillik ishlab chiqarish
topshiriqlari kiradi.
Operativ reja. Bu rejaga qishloq xo’jalik ishlarining turli davrlariga
qarab tuziladigan ish rejalari - ya’ni kvartallar, oylarda qilinadigan ishlar
rejasi hamda plan-naryadlar kiradi. Bu rejada jamoaning bir yil davomida
qilinadigan ishlari belgilanadi. Ishlab chiqarish
- moliya rejalari asosida
xo’jalikning ayrim tarmoqlariga yillik ishlab chiqarish topshiriklari
beriladi.
Xo’jalik istiqbol va joriy rejalarida xo’jalikning rivojlanish
ehtiyojlari va aniq sharoitga qarab, xo’jalikning har bir sohasida ishlab
chiqarishning o’sish sur’atlari aniqlanadi va xo’jalikning har bir
tarmog’iga tegishli topshiriqlar belgilanadi.
83
Istiqbol rejada xo’jalikni bir necha yil
mobaynida rivojlantirish
ko’lami va sur’ati oldindan belgilab beriladi.
Bu reja odatda, mamlakat xalq xo’jaligini rivojlantirish istiqbol
rejasida ko’zda tutilgan muddatga mo’ljallab tuziladi. U bir necha yilga,
jumladan 5, 10 va undan ko’prok yilga mo’ljallab tuzilishi mumkin.
Istiqbol rejalar tufayli rejalashtirishning uzluksizligi ta’minlanadi.
Shuning uchun ham istiqbol reja xo’jalikni rivojlantirishning ko’p yilga
mo’ljallab tuzilgan dasturidir. Istiqbol rejaning eng muhim topshiriqlari
yillar bo’yicha taqsimlanadi.
Qishloq xo’jaligida istiqbol rejalarni tuzishda xalq xo’jaligini
yanada rivojlantirish istiqbolli rejalariga hamda Qishloq va suv xo’jaligi
vazirligi va Vazirlar Mahkamasining qishloq xo’jaligini yanada
yuksaltirish haqidagi qarorlariga amal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: