B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
indikativ rejalashtirish

Xulosalar 
Demografik prognoz qilish zarurati umuman ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni prognoz qilish va rejalashtirish vazifalari bilan bog’liq.
Aynan shuning uchun aholi soni va tarkibi, oilalar soni va tarkibi, alohida 
demografik jarayonlar dinamikasini prognoz qilish faoliyati xalqaro, 
davlat va nohukumat tashkilotlari, muassasalari va ilmiy muassasalar 
umumiy faoliyatining muhim qismini tashkil qiladi.
Aholining reproduktiv, o’zini asrash va migrastiya harakatlari 
o’zgarishining tendenstiyalari haqida to’g’ri, ilmiy asoslangan taxminlar, 
prognoz aniqligining muhim sharti hisoblanadi, ular haqidagi 
ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan ijtimoiy-demografik tadqiqotlar 
yordamida olish mumkin. Demografik prognozning ishonchliligi 
boshlang’ich demografik axborotning aniqligi, qabul qilinayotgan 
farazlarning asosliligi va prognoz davrining uzoqligi bilan belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston 
Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar 
tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi.
Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi ehtimolini 
aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan salbiy oqibatlar 
va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
xususan, 
demografik 
siyosat 
maqsadlarini 
belgilashga xizmat qiladi.
 
Davlat darajasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy 
hamkorlik instituti hal qiluvchi rol o’ynaydi. Turmush darajasi 
indikatorlarining tizimi salomatlik ko’rsatkichlari va sog’liqni saqlash, 
bandlik, ovqatlanish, uy-joy sharoitlari ko’rstkichlarini, ro’zg’or 
buyumlarining mavjudligini, madaniyat darajasi, puli xizmatlar 
ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 
O’zbekiston Respublikasining bandlik to’g’risidagi qonun 
hujjatlaria shu narsa nazarda tutilganki, mamlakatning har bir fuqarosi 
ijtimoiy foydali faoliyatning qonun hujjatlariga zid bo’lmagan istalgan 
turini ixtiyoriy ravishda tanlashga, ish o’rni va turini erkin tanlashga 
haqli, ya’ni mehnat qilishning ixtiyoriyligi demokratik tamoyili amal 
qilmoqda. Insonlarni mehnat qilishga ma’muriy majburlash taqiqlanadi. 
Hozirgi vaqtda kasanachilik, uy xo’jaligi, bolalarni tarbiyalash, qariyalar 
va nogironlarni parvarish qilish va hokazolar mehnat faoliyatining 
qonunan ijtimoiy tan olingan shakllari sifatida namoyon etilgan. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin