Asosiy iqtisodiy muammolarni hal yetishda yelektr yenergiya sohasini rivojlantirish yo’llari Kalit so`zlar



Yüklə 33,27 Kb.
səhifə1/4
tarix03.04.2023
ölçüsü33,27 Kb.
#92637
  1   2   3   4
jamshid maqola


Asosiy iqtisodiy muammolarni hal yetishda yelektr yenergiya sohasini rivojlantirish yo’llari
Kalit so`zlar:
Bugungi kunda aholining kundalik hayot tarzi, iqtisodiyotning qator ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoqlarining uzluksiz faoliyati bevosita elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq. – Elektr energetikasi iqtisodiyotning "motori" boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni, umuman hayotni bu sohasiz tasavvur qilib boʻlmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Mamlakatimizda jami 14 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari mavjud boʻlib, uning 86 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri keladi. 
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonamizda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash kunning asosiy masalasiga aylandi. Ayniqsa, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan tabiiy va texnogen ko’rinishdagi ofatlar, mintaqalarda yuz berayotgan siyosiy o’zgarishlar iqtisodiyoti endigina bo’y cho’zayotgan mamlakatlar uchun qattiq zarba bo’lmoqda. Chunki zamonaviy dunyoda iqtisodiyotning rivojlanishi bir mamlakatga emas, balki bir nechta mamlakatga bog’liqdir. Buning misoli o’laroq, davlatlarning bir-biriga o’zaro ishonchsizligi va buning natijasida kelib chiqayotgan nizolarning ortidan bir mamlakatning ikkinchisiga qo’llayotgan iqtisodiy sanksiyalari uchinchi mamlakatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari tabiiy va texnogen ofatlarning iqtisodiyotga keltirayotgan zarari ko’lami ham ancha yuqori. Ayniqsa, bunday ofatlar mamlakat infratuzilmasining barqaror ishlashini izdan chiqarishi iqtisodiyotning ham izdan chiqishiga olib kelmoqda. Bunga misol qilib, 2022-yilning 25-yanvar sanasida Markaziy Osiyoda yuz bergan blekautni keltirishimiz mumkin. Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog’ida yirik avariya yuz berishi natijasida O’zbekistonning ko’plab hududlarida, Qirg’iziston va Qozog’istonning alohida viloyatlarida bir necha soat mobaynida elektr taʼminotida uzilish holati kuzatildi. Hodisa uch mamlakatning 40 milliondan ziyod aholisiga taʼsir ko’rsatdi. Strategik obektlar, ijtimoiy muassasalar va aholiga elektr energiyasi yetkazib berish uzilib qoldi. Umumtizimda yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatildi. Bu esa, o’z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keldi. Bir vaqtning o’zida “O’ztransgaz” AJ tizimidagi Kompressor stansiyalarining agregatlari faoliyati to’xtatildi. Jumladan, 25-yanvar kuni G’allaorol KSdagi 12 ta gaz haydash agregati ish faoliyatini to’xtatdi.
Shu sababli, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Birgina, aholiga belgilangan normada issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilarga qariyb 5,7 mlrd so’mga yaqin mablag’ qaytarildi. Bu faqatgina issiqlik quvvati yetkazib berilishidagi zarar, xolos. Jamiyatimizning boshqa sohalarida bo’lgan zarar esa bundan ham katta. Yuqorida ko’rsatilgan misollardan ayonki, infratuzilmaga bo’ladigan xavf mamlakatda iqtisodiy muammolar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Iqtisodiy muammolarni hal etishda ko’plab masalalarni hal etmoq zarur.
Darxaqiqat, bu muammolarning yechimi sifatida, mamlakatga jalb qilinadigan investisiyalarning o’rni juda yuqori. Ayniqsa, mamlakat infratuzilmasiga yo’naltiriladigan investisiyalar bu muammolarni yuzaga chiqishining oldini olgan bo’lardi. Elektroyenergetika sohasiga jalb etilishi lozim bo’lgan investisiyalar haqida fikrlar va avvalo, nima uchun aynan elektroyenergetika sohasiga investisiya olib kirish, buning iqtisodiyotimizga qanday foyda keltirishi mumkin degan bir qancha savollar bor.
Elektr energiyasi ta’minotidagi keng ko’lamli uzilishlar jamiyatga va iqtisodiyotga juda katta zarar keltiradi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, eng avvalo, elerktroyenergetika sohasi ishlab chiqarishi va elektr energiyasi foydalanuvchilariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Elektr uzilishlarining bevosita iqtisodiy ta’siri qisqa vaqt ichida namoyon bo’ladi. Elektr ta’minotidagi uzilishlar natijasida elektroyenergetika korxonalarining elektr energiyasini yetkazib berishdan oladigan tushumlari kamayadi. Ustiga-ustak, yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish xarajatlari sabab katta iqtisodiy yo’qotishlar yuzaga keladi. “Blum energiy” kompaniyasi ham elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan beshta soha: ma’lumot markazlari, ishlab chiqarish, savdo sohasi, sog’liqni saqlash hamda ta’lim eng ko’p zarar ko’rishi haqida ma’lumot bergandi. Shu sababli elektroyenergetika sohasini yaxshilash juda ham zarur.
Xo’sh, elektroyenergetika sohasiga investisiyalarni qanday maqsadda jalb qilish lozim, buning bosqichlari qanday bo’ladi?
Ma’lumki, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kerakli manzilga yetkazib berish elektr o’tkazgichlar orqali amalga oshiriladi va elektr energiyasining manzilga uzilishlarsiz to’liq yetib borishi ham aynan elektr o’tkazgichlarga bog’liq. Shuningdek, manzilga kelgan elektr energiyani iste’molchilarga bir me’yorda taqsimlab berishni ta’minlaydigan transformatorlarning quvvati yetishmovchiligi ham elektr energiyadagi uzilishlarni yuzaga keltiradigan sabablardan biridir. Elektroyenergetika sohasiga jalb qilinadigan investisiyalarning
Yüklə 33,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin