Asosiy iqtisodiy muammolarni hal yetishda yelektr yenergiya sohasini rivojlantirish yo’llari Kalit so`zlar



Yüklə 33,27 Kb.
səhifə2/4
tarix03.04.2023
ölçüsü33,27 Kb.
#92637
1   2   3   4
jamshid maqola

birinchi bosqichida ham aynan elektr uzatish liniyalarini takomillashtirish va transformatorlar sonini ko’paytirish nazarda tutiladi.
Nima uchun elektr uzatish liniyalarini takomillashtirish zarur? Chunki elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib berishning yagona yo’li elektr uzatish liniyalari orqali amalga oshiriladi. Elektr energiyasi ma’lum masofaga uzatilganda liniya simlarida sodir bo’ladigan quvvat isrofi mumkin qadar kam bo’lishi lozim. Shunga ko’ra, elektr uzatish liniyasining foydali ish koyeffisiyenti katta bo’ladi, ya’ni iste’molchilarga ko’proq energiya yetib boradi. Energiya uzatuvchi liniya simlarida quvvat isrofi, asosan, ulardan o’tuvchi tok kuchining kvadratiga hamda liniya simlarining aktiv qarshiligiga bog’liqdir. Tok kuchi qancha katta bo’lsa, quvvat isrofi shuncha katta bo’ladi. Liniyalarda tok kuchi katta bo’lsa, bu simlarning ko’ndalang kesim yuzalarini katta qilib olishga to’g’ri keladi. Quvvat isrofini kamaytirish uchun simlarning aktiv qarshiligini kamaytirish lozim. Ma’lum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini, asosan, uning ko’ndalang kesim yuzini kattalashtirish yo’li bilan kamaytirish mumkin. Bu esa, o’z navbatida, liniya simlarining qimmatlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, liniya orqali o’tadigan tok kuchining ortishi bilan liniya simlarining harorati yuqorilashib boradi. Fizika qonunlariga asosan, metallarda harorat qancha yuqori bo’lsa, ularning elektr o’tkazuvchanligi shuncha kam bo’ladi. Bu esa quvvat sarfi ko’payishiga olib keladi. Shuningdek, quvvat sarfini kamaytirishning yana bir yo’li liniya simlarining toza bo’lishidir. Havodagi chang, atrof-muhitning iflosligi va liniya simlarida boshqa qotishmalarning bo’lishligi ham quvvat sarfini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Bunday holatda elektr liniyalarining simlarini izolyasiya qilish samarali yo’l hisoblanadi.
Hozirgi kunda poliyetilen izolyasiyali kabellarning o’rtacha narxi tok kuchlanishiga qarab 35 ming so’mdan 1 mln so’mgacha borishi mumkin. Bunda, aholiga elektr energiyasini yetkazish uchun 50 km masofaga elektr liniyasini havo orqali olib borishga, tayanchlarni o’rnatishni hisobga olmaganda, o’rtacha 700 ming AQSh dollari sarflanishi mumkin. Shuningdek, 25 ta xonadon uchun mo’ljallab o’rnatilishi lozim bo’lgan transformatorning o’rtacha narxi 35 mln so’mni tashkil etadi. Bu esa birgina MFY ning o’ziga o’rta hisobda 1 mlrd 400 million so’mga 40 ta shunday transformator o’rnatishni talab qiladi. Agar, tarkibida 50 ta MFY bor tuman misolida oladigan bo’lsak, u holda elektr liniyasini olib borish bilan birga transformatorlarni o’rnatishga o’rta hisobda 7 mln AQSh dollari miqdorida pul mablag’i kerak bo’ladi. Ushbu xarajatlarni investisiya dasturlari hisobiga qoplash esa ayni muddaodir.
Xo’sh investisiya dasturi orqali jalb qilingan ushbu mablag’ qanday qilib qoplanishi mumkin? Agar, bir xonadon bir oyda o’rtacha 400 kv elektr energiyasini sarf qilsa va joriy tarif narxlarida hisoblansa 118 ming so’mlik elektr energiyasini iste’mol qiladi. Tarkibida 50 ming xonadon bo’lgan tuman misolida oladigan bo’lsak, aholidan iste’mol qilgan 1 oylik elektr energiyasi uchun o’rtacha 5 mlrd 900 mln so’mlik tushumlarni yig’ib olish mumkin. Bu esa bir yilda 6 mln 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Demak, investisiya orqali jalb qilingan mablag’larni 2 yilga qolmay to’liq qoplash mumkin. Agar, investorlarga o’zlari investisiya kiritadigan shahar yoki tuman aholisining faqatgina maishiy iste’moli uchun to’laydigan to’lovlarini kafolat sifatida ko’rsatib 5 yillik shartnoma tuziladigan bo’lsa, nafaqat shahar, balki qishloq hududlarining elektroyenergetika infratuzilmasini butkul o’zgartirishga erishish mumkin. To’g’ri, bu bilan davlat budjetiga tushadigan mablag’lar kamaymaydimi, degan savol tug’ilishi mumkin, lekin faqatgina xonadonlarning shaxsiy iste’moli uchun to’lanadigan to’lovlargina kafolat sifatida ko’rsatiladi. Oilaviy korxonalar esa bundan mustasnodir.
Elektr energetika sohasini faqatgina elektr uzatish liniyalarini yaxshilash va yangi transformatorlarni o’rnatish bilangina rivojlantirib bo’lmaydi. Chunki kundan kunga xonadonlar soni oshib, ishlab chiqarish hajmi yuqorilab borayotgan sharoitda buning o’zi kifoya qilmaydi. Galdagi maqsad ham aynan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirishdir. Bu esa elektr energetika sohasiga jalb qilinadigan investisiyalarning
Yüklə 33,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin