B ir soatlik



Yüklə 104,11 Kb.
səhifə4/6
tarix01.12.2023
ölçüsü104,11 Kb.
#170261
1   2   3   4   5   6
7-sinf O\'lmas Umarbekov

1. O’tilgan mavzuni so’rash:

Yulduzli tunlar” asari yuzasidan o’quvchilar bilimi tekshiriladi:


1-guruhga tekshirish savollari:




2-guruhga:






3 -guruhga:




Har bir guruhning uchtadan a’zosiga ushbu savollar beriladi. Javob bergan o’quvchilarga ”Rag’bat” kartochkalari beriladi.





2. Yangi mavzu bayoni:

Yozuvchi, kinossenarisnavis, tarjimon, davlat arbobi O’lmas Umarbekov 1934-yil Toshkent shahrining Mirobod mahallasida tug’ilgan.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. Respublika radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida bosh muharrir, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida direktor, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shu bilan birga Osiyo va Afrika yozuvchilar birdamlik qoʻmitasining raisi lavozimlarida xizmat qildi. 1989–1991 yillarda esa Respublika Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishladi.
U oʻnlab hikoyalar, qissalar, “Odam boʻlish qiyin”, “Fotima va Zuhra” nomli romanlar, “Qiyomat qarz”, “Shoshma quyosh”, “Oqar suv”, “Sud”, “Komissiya”, “Kuzning birinchi kuni”, “Arizasiga koʻra”, “Kurort”, “Yer yonganda” kabi dramatik asarlar yaratdi. Shuningdek, “Ikki soldat haqida qissa”, “Oʻzgalarni deb”, “Qalin qor bagʻridagi uchrashuv” kabi kinofilm ssenariylarini yozdi. “Odam boʻlish qiyin” romani Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga (1971), “Ikki soldat qissasi” filmi Respublika Davlat mukofotiga (1977) sazovor boʻldi.
Oʻlmas Umarbekov 1984 yil “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, 1992 yilda “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.
Oʻlmas Umarbekov ogʻir xastalikdan soʻng, 1994 yil 10 noyabrda 60 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Vafotidan keyin “Fotima va Zuhra” romani nashr etildi va Muqimiy teatrida sahnalashtirildi hamda roman asosida badiiy film yaratildi. Toshkent shahri koʻchalaridan biriga adib nomi berildi. Uch jildlik “Tanlangan asarlar”I nashr etildi.



Biz o’qiydigan ”Qiyomat qarz” hikoyasida e’tiqod, diyonat, va’daga vafo kabi masalalar Sarsonboy ota obrazi orqali ochib beriladi.





1

”Qo’shimcha ma’lumot izlayman” usuli


O’qituvchi Abay hayoti va ijodi bo’’yicha darslikda yo’q ma’lumotni topib kelishni uyga vazifa qilib bergan bo’ladi. Qaysi guruh a’zosi kutubxonadanmi yoki internet orqalimi ana shunday ma’lumot topib kelgan bo’lsa guruhiga qo’shimcha ”rag’bat” olib beradi. Bu usul orqali o’quvchilarni o’zbek, qardosh va chet el adabiyotiga bo’lgan qiziqishlarini orttirish mimkin.
1-guruh:
Abay birinchi qozoq kompozitoridir. U o‘z she’rlariga xalq kuylari asosida kuy bastalagan. Abay A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asaridan parchalarni qozoq tiliga tarjima qildi.
O’zbek tilida Abayning «O’lanlar» (1945) va «Abay Qo‘nonboev» degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilib bosilgan.
2-guruh:
O’LAN

O’lan — so‘zning poshshosi, so‘z sarasi,
Qiyindan qiyiltirar er donosi,
Tilga yengil, yurakka iliq tegib,
Tep-tekis, silliq kelsin aylanasi.

Saralanmay bulg‘ansa so‘z orasi,
Bu — oqinning bilimsiz-bechorasi.
Ham oqin, ham tinglovchi ko‘pi nodon,
So‘z tanimas bul yurtning bir porasi.

So‘z boshi avval hadis, oyat bo‘lur,
Shirasi ham ma’nosi g‘oyat bo‘lur.
Payg‘ambar h-am so‘zini o‘lan qilgan;
O’lan aytay, shoyadki ko‘nglim to‘lur.
3-guruh:
Abayning 1855–1881- yillar davomida yozgan “Yuzi ravshan”, “Alifbo”, “Fuzuliy”, “Shamsiy”, “Sayqaliy” kabi va boshqa she’rlari Sharq allomalariga ergashib yozgan ijod namunalari edi. Shuning uchun akademik yozuvchi Muxtor Avezov “… unga tillari tushunarli bo‘lganlikdan Navoiy, Fuzuliy asarlari ko‘p ta’sir etgan. Ayniqsa, Abay Alisher Navoiyni o‘ziga “eng yaqin ustoz” deb biladi va asarlaridan o‘rnak oladi”… deb yozadi. Kabi ma’lumotlarni topib kelishlari mumkin.
O ’qituvchi slayd orqali quyidagilarni ko’rsatadi:Bu o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga tadqim etiladigan qo’shimcha ma’lumotlkar bo’ladi.








Yüklə 104,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin