B ir soatlik


Abayning qozoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi qaysi asarlarda namoyon bo‘ladi?



Yüklə 104,11 Kb.
səhifə6/6
tarix01.12.2023
ölçüsü104,11 Kb.
#170261
1   2   3   4   5   6
7-sinf O\'lmas Umarbekov

Abayning qozoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi qaysi asarlarda namoyon bo‘ladi?
2-guruhga: maktabning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Mahbuba Jalilova savoli:
“Hurmatli o’quvchilar, «O‘ttiz uchinchi so‘z»da «mol-dunyo», «hunar» so‘zlarini mutafakkir adib qanday ta’riflaydi?”
3-guruhga: maktabning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Zebo To’xtanazarova savoli:
“Hurmatli o’quvchilar, «O‘ttiz ikkinchi so‘z»da ilm o‘rganishning bir necha shartlari haqida gap ketadi. Mazkur shartlarni izohlab bering.Javobingiz uchun oldindan rahmat”.
O’quvchilar savollarga javob berib, guruhlariga “rag’bat”ni qo’lga kiratadilar.
“Kim bilimdon usuli”
O’quvchilar Abayning hikmatlaridan birma –bir aytadilar.
1. Insonning insonligi ishni qanday boshlaganidan bilinadi, lekin
qanday tugatganidan emas.
2. Ko'nglingdagi ko'rkam o'y og'zingdan chiqqach xiralanadi.
3. Sen agar faqat o'zini o'ylaydigan nodonga hikmatli so'z aytsang, u seni yo xursand qiladi, yo esa xafa.
4. Kishiga bilimiga qarab yaxshilik qil, yomonga qilgan yaxshiliging
boshingga balo bo'lib tushadi.
5. Otang bolasi bo'lma, odambolasi bo'l! Odam bolasi - elning lolasi.
6. Yaxshi odam ko'p so'raydi, ammo oz bersang ham rozi bo'ladi. Yomon odam oz so'raydi, ammo ko'p bersang ham rozi bo'lmaydi.
7. Yolg'iz boshing uchun mehnat qilsang, o'z qorni uchun o'tlagan hayvonning biri bo'lasan. Insoniy burching uchun mehnat qilsang esa, Olio taoloning suygan bandasi boiasan.
8. Inson bolasini zamona parvarish qiladi. Kimda-kim yomon boisa,
ayb zamondoshlarida.
9. Agar davlat mening qo'limda boiganda, inson farzandini tuzatib
bo'lmaydi, degan odamning tilini kesib tashlardim...
10. Dunyoda kim yomonlik ko'rmagan deysiz? Umidsizlik - bu g'ayratsizlikdir. Dunyoda hech muqim narsa yo'q, shuningdek, yomonlik ham mudom bo'lmaydi. Axir, qori qalin qahraton qish ketidan ko'k maysali, tiniq suvli yoz kelmasmu?
11 .Badjahl odam kamgap kelsa, zahari ichida boigani. Bordi-yu, hech kimga gap bermay, loiilik qilib shovqin solsa - bu odam yo qo'rqoq yo
esa maqtanchoq keladi.
12. Quvonch va mag'rurlik - mastlikdir. Faqat mingdan bir kishigina
bu narsadan o'zini ehtiyot tutib yura oladi.
13. Ishning omadi - o'z vaqti.
14. Buyuk mansab - go'yo bir buyuk qoya. Unga erinmay o'rmalab yurib ilon ham chiqadi, uchib-qo'nib yurib qiron ham chiqadi.
15. Dunyo kattakon ko'l. Zamona esa esib turgan yel. Oldingdagi to'lqin - og'alar bo'lsa, ketingdagi toiqin - inilardir. Navbat bilan oiishar, avvalgiday boiishar.
16. Tuyadek bo'y bergandan, tugmadek aql bergan ortiq. Soqolini sotgan qaridan, mehnatini sotgan yosh ortiq.
17. Yomon do'st - bir koiankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutuloimaysan, bulutli kunda esa izlasang ham topolmaysan.
18. Do'sti yo'q bilan sirlash, do'sti ko'p bilan siylash. Yaxshiga yaqin boi, yomondan - yiroq.
19. G'ayratsiz jahl - till, qayg'usiz oshiq - tul, shogirdsiz olim - tul.
20. Baxtiyor bo'lguningcha baxtingni eling ham tilaydi, o'zing ham tilaysan. Baxtiyor bo'lganingdan so'ng esa - faqat o'zinggina tilaysan.
O’quvchilar faoliyatini baholab, ularni rag’batlantirgach, ballar hisoblanadi, g’olib guruh aniqlnadi
Dars yakunlanadi.
V. Uyga vazifa
Abayning “Nasihatlar” asaridan berilgan parchalarni o’qish
Hikmatlarini yod olish
“Nasihatlar” asosida rasmlar ishlab kelish (iqtidorli o’quvchilar uchun)
Mavzu asosida qo’shimcha ma’lumotlar izlab ko’rish (maktab kutubxonasi yoki nternet orqali) https://znanio.ru/media/ona-tili-va-adabiyot-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish-2661523
Yüklə 104,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin