Javob: Ivan Tobolin
10-sinf O‘zbekiston tarixi 17-bet.
35. XIX asr oxirida qaysi davlatda “Musulmonlar ligasi” deb nom olgan siyosiy tashkilot paydo bo‘ldi?
Javob: Hindiston
9-sinf Jahon tarixi 102-bet.
36. Fransiyada XVIII asrga kelib uchinchi tabaqa qarashlarining ifodachisi sifatida maydonga chiqqan siyosat arbobi kim?
Javob: Gabriel de Mirabo
8-sinf Jahon tarixi 38-bet
37. XIX asr oxirlarida qaysi davlatda Ahmad Orabibey tomonidan oliy davlat organi – Muvaqqat kengash tuzilgan edi?
Javob: Misr
9-sinf Jahon tarixi 117-bet.
38. “Buxoroyi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi” asarining muallifini yozing. Javob: Ahmad Donish
9-sinf O‘zbekiston tarixi 15-bet.
39. Ingliz qiroli Garold kimlar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi? Javob: normandlar
7-sinf Jahon tarixi 98-bet.
40. XX asrda qaysi davlatda “Burjua inqilobi” nomli dehqonlar harakati sodir bo‘lgan?
Javob: Meksika
9-sinf Jahon tarixi 62-bet.