Dastgohli grafik asarlar maxsus asboblarda,
dastgoh yoki
molbertlarga o ‘rnatilgan holda qalam , k o ‘m ir, tush, akvarel,
tempera, guashlar bilan ishlanadi. Bu san’at asarlari ham portret,
naturm ort, manzara, maishiy janrlarda yaratiladi.
2. Kitob (kitob, jurnal, gazeta) grafikasi
dastgohli grafikadan
farq qilib, u kitob, jurnal, gazetalarda berilayotgan mavzular
m azm uni va sujetini b o ‘rttirib berish,
kuchaytirish, tushunib
olishni osonlashtirish, aniqliklar kiritish
va ulam i qiziqarli, jozi-
bali qilib ishlab chiqarish maqsadida qo‘llanadi. Kitob va jum al-
lardagi rasmlaming barchasi mazkur jum al yoki kitobda berila
yotgan asarlar va m aqolalarning kulm inatsion
nuqtalari yoki
,,tugun“ , ,,yechim“ kabi o ‘rinlari uchun ishlangan b o ‘lib, bu
rasm larni yetuk rassomlar, asar m ualliflarining tavsiyasi yoki
zaruriy maslahatlari bo‘yicha yaratadilar.
Shu boisdan rasmlar
asar mazmuniga, sujetiga, asaming maqsadi va vazifasiga to ‘la
javob berishi lozim. Rassom asar bilan to ‘liq
tanishib chiqadi,
muallif va yetuk mutaxassislar bilan asar m azm unini tahlil qiladi,
so‘ngra unga rasm ishlaydi. Rasmda asosiy obrazlar, personaj-
larning
portretlari, voqealar, sodir bo ‘lgan m anzaralar ko'proq
voqea bilan birga beriladi (6- rasm).
Kitob grafikasi san’atiga karikatura janridagi rasmlar ham
kiradi. Bu rasm lar tan q id iy m azm unda b o ‘lib,
u satirik va
yumoristik xarakterda b o ‘ladi. U nda voqeaning asosiy tom oni
bo ‘rttirilib, qiziqarli, kulgili qilib ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: