B nuqtali mutatsiyaga uchragan



Yüklə 26,64 Kb.
səhifə1/8
tarix20.11.2023
ölçüsü26,64 Kb.
#163262
  1   2   3   4   5   6   7   8
9 moslanish tabiiy tanlanish


Test
1. Yevropadagi qayin odimchisi kapalagining shaharda qanday formalari ko’proq uchraganligi aniqlandi.
A) genom mutatsiyaga uchragan
B) nuqtali mutatsiyaga uchragan
C) xromosoma mutatsiyaga uchragan
D) sitoplazmatik mutatsiyaga uchragan
2.Barglari qalin tuk bilan qoplangan o’simlik berilgan qatorni toping
A) Fikus B) Yantoq C) Sigir quyruq D) Shuvoq
3.Kakku tuxumlarini qaysi qushlarni inlariga qo’yadi?
A) bulbul, jibilajibon B) musicha, chumchuq
C) qorayaloq, sirchumchuq D) A va C javoblar
4.Dengiz masxarabozi muhit sharoitiga moslanishning qaysi biriga kiradi?
A) ogohlantiruvchi rang B) Mimikiriya
C) Himoya rangi D) Maskirovka
5.Har qanday o’simlik va hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan,shuningdek, o’zaro ayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini kuzatdi va uni …. deb nomladi.
A)irsiy o’zgaruvchanlik; B)fenotipik o’zgaruvchanlik;
C)genotipik o’zgaruvchanlik; D)shaxsiy o’zgaruvchanlik;
6.Zararkunanda hashoratlar – xasva, olma qurti, ko’sak qurti va hakozalarga qarshi kurashda qaysi hashoratlardan foydalaniladi?
A) Mikrofonus, oltin ko’z B) Trixogramma, afelinus
C) Tugmachaqo’ng’iz D) Hammasi
7. Sun`iy yo’l bilan o’rmonlar barpo etilayotganda mikorizasi bo’lmagan tuproqqa qaysi organizmlar solinadi.
A) tugunak bakteriyariyalar B) tuproq bakteriyalari C) lishayniklar D) mikoriza zamburug’ining gifalari
8.Noto’g’ri javobni aniqlang.
A)Bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi; B)tur bilan tur xili orasida oraliq formalar uchraydi; C) Bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchraydi; D)B,C
9.Qaysi javobda qayin odimchisi uchun xos xususiyatlar berilgan.
1) tangachaqanotlilar turkumi;
2) tana rangining o’zgarishi nuqtali mutatsiya oqibati;
3) xatti-harakatining o’zgarishi xromosoma mutatsiyasi oqibati; 4) xartumchasi pastki jag’ bilan pastki labning qo’shilishidan hosil bo’lgan; 5) xartumchasi yuqori jag’ bilan pastki labning qo’shilishidan hosil bo’lgan
A) 2,4 B) 1,2,5 C) 2,3,4 D) 1,3,4
10.Yashash uchun kurashning xillariga mos keluvchi javoblarni tanlang.
a)har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash; b)bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; c)organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash;
1)namlikning yetishmasligi natijasida cho’l o’simliklarining ko’plab nobud bo’lishi; 2)qora suvkening baliq yeyishi; 3)bo’ri va tulkilarning tovushqonlar bilan oziqlanishi; 4)bir turga kiruvchi daraxtlarning yorug’lik uchun kurashi; 5)maynalarning chigirtka va so’nalarni yeyishi; 6)sovuqdan yumronqoziqlar, yomg’ir chuvalchanglarning nobud bo’lishi; 7) qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy talashishi;
A)a-1.3.5; b-2.4; c-6.7; B)a-1.3.5; b-6.4; c-6.2;
C)a-1.2.5; b-3.7; c-6.4; D)a-2.3.5; b-7.4; c-6.1;
11.Yashash uchun kurashning qaysi xili o’ta shiddatli kechadi?
A)har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash; B)bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; C)organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash; D)A,B
12.Qaysi javobda koroll aspidiga xos bo'lgan belgilar to'g'ri keltirilgan?
1) yuqori jag'ida zahar bezlari bor; 2) tishlari yo'q; 3) mimikriya hodisasi uchraydi; 4) yurak qorinchasi bitta; 5) erkagi har xil gameta hosil qiladi; 6) urg'ochisi geterogametali; 7) atrofidagi tovushlarni eshitmaydi; 8) tullash vaqtida po'sti yaxlit ko'chmaydi; 9) yuqori va pastki jag'lari harakatchan paylar yordamida birikmagan; 10) qon aylanish doirasi ikkita
A) 2,6,8,9 B) 1,4,6,10
C) 3,5,8,10 D) 3,4,6,7,9
13.Yirtqichlar yo’qotilayotganda ularning qanday roli hisobga olinadi?
A)ko’payishi va rivojlanishi; B)o’ljalar orasidan nimjon,kasal individlarni ko’plab yo’qotishi; C)o’simliklar bilan oziqlanishi; D)hamma javob to’g’ri.
14.Chetdan changlanuvchi o’simliklardan yuqori hosil olish uchun nimalardan foydalaniladi?
A)chug’urchiq, chittak; B)asalarilar;
C)podaliya; D)entobakteriyalar.
15. Harakatlantiruvchi tanlanish deb nimaga aytiladi?
A)Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individlar guruhining uchrashiga;
B)tashqi muhitning deyarli o’zgarmas mo’tadil sharoitda avlod-ajdod belgilari o’zgarmagan individlarning saqlanib qolishi, o’zgarganlarining qirilib ketishi;

Yüklə 26,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin