Lishayniklar



Yüklə 203,01 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.06.2022
ölçüsü203,01 Kb.
#62001
Lishayniklar



Lishayniklar
Lishayniklar (lotincha: Lichenes)
zamburugʻlar
 va 
suvoʻtlari
va/yoki
sianobakteriyalarning
 simbiotik
majmualari boʻlmish organizmlardir.
[1]
Biroq lishayniklar morfologiyasi,
fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va
suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar
tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni
sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl
sharoitida ham uchratish mumkin,
[2]
shu
bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga
sezgirdir.
[3][4][5]
Lishayniklardan boʻyoq,


atir-upa ishlab chiqarishda hamda
tabobatda foydalaniladi.
Lishayniklar
Biologik klassifikatsiya
Olam:
Nabotot
 
Tip:
Zamburugʻlar
Sinf:
Lichenes 


Lishayniklar (Lichenes) -
zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv
oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan
tirik organizmlar kompleksi. Ayrim
botaniklar L.ga tuban oʻsimliklarning
alohida bir guruhi sifatida qarashadi. L.
haqidagi fan lixenologiya deb ataladi.
400 turkumga mansub 26000 turi bor.
Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki
sinf: xaltachali L. (maʼlum boʻlgan deyarli
hamma L.) va bazidiyali L.ga (bir necha
oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-
yashil yoki yashil suvoʻtlar L.ning doimiy
komponenti hisoblanadi. Odatda, L.ning
har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri
keladi.


L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va
butasimon shakllari boʻladi.
Poʻstloqsimon L. sodda tuzilgan;
donador, guborsimon yoki poʻstloq
shaklida. Bargsimon L. birmuncha
murakkab tuzilgan, plastinkalar
koʻrinishida. Butasimon L. ancha
murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib
tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini
eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra
gome-omer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab
tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar
L. tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida
joylashgan) boʻladi.
L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi.
Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi


sporalari xaltachalarda (xaltachali L.)
yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.)
hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda
konidiyalar va piknosporalar vujudga
keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va
oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib,
yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil
qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali
vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar
boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar
hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L.
tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar
alohida koʻpayadi.
L.ning suv shimadigan maxsus organi
yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi
orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez


tezligi L. tallomidagi suvning miqdoriga
bogʻliq; L. kurib qolsa, fotosintez
sekinlashadi yoki toʻxtaydi.
Poʻstloqsimon L. butasimon L.ga
nisbatan sekin usadi. L. yiliga oʻrtacha
0,01 mm dan 100 mm gacha usadi.
Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi
L.ga uncha taʼsir qilmaydi. L. yaxshi
yoritilgan turli xil substratlarda —
daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil
oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz,
shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida
uchraydi. L. hamma materiklarda mavjud.
Tropik va subtropik mintaqalarda,
ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng
tarqalgan. Yaqingacha L. tanasidagi
zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi


oʻzaro munosabat simbioz sifatida
tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa
ular orasidagi munosabat paratizmta
asoslangan boʻlib, ayniqsa,
zamburugʻning parazitlik xususiyati
yaqqol koʻzga tashlanadi. L. unumsiz
joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar
uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon
L. esa bugʻularning asosiy ozigʻi
hisoblanadi. Dorivor (ichni krtiradigan,
yumshatadigan, kon bosimini
oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) L. ham
bor. L.dan mik-roblarga qarshi dorivor
preparatlar ham olingan. Ayrim L.dan
parfyumeriya sanoatida, lakmus va
boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi.
Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq L.i


zararkunanda hasharotlar uchun pana joy
boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga
ega.
[6]
1. F.S. Dobson (2000) Lichens, an
illustrated guide to the British and
Irish species. Richmond Publishing
Co. Ltd., Slough, UK
2. Morris J, Purvis W. (2007). Lichens
(Life). London: The Natural History
Museum, 19. 
3. Ferry, B.W., Baddeley, M.S. &
Hawkworth, D. L. (Editors) (1973) Air
Pollution and Lichens. Athlone Press,
London.
Manbalar


4. Rose C.I., Hawksworth D.L. (1981)
Lichen recolonization in London's
cleaner air. Nature
5. D.L. Hawksworth and F. Rose(1976)
Lichens as pollution monitors.
Edward Arnold, Institute of Biology
Series, No. 66. 60pp.
ISBN 0-7131-2554-3:
0713125551(pbk.)
6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
University of Sydney lichen biology
Memorial University's NL Nature
project, focusing primarily on lichens
Havolalar


ESA article on lichen survivability in
low earth orbit
The British Lichen Society
Lichens of North America
Lichen Information and Pictures at
blackturtle.us Arxivlandi 2007-09-
28Wayback Machine saytida.
Arxivlandi  2007-09-28Wayback
Machine saytida.
Pacific Northwest Fungi Online
Journal, includes articles on lichens
Fungi that discovered agriculture
Arxivlandi  2007-05-13Wayback
Machine saytida. Arxivlandi 2007-05-
13Wayback Machine saytida.
Pictures of Tropical Lichens


High Resolution 1.5 Gigapixel Image of
a Lichen Covered Rock Arxivlandi
2010-07-17Wayback Machine saytida.
Good example of a Lichen
LIAS light: an online interactive
identification key for the lichen species
of the World
Vikiomborda Lishayniklar 
haqida turkum mavjud
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Soʻnggi tahrir 4 kunlar avval InternetArchiveBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Lishayniklar&oldid=2172690
" dan olindi 

Yüklə 203,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin