B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019


§ 5. Fuqarolarning asosiy burchlari tushunchasi va turlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə21/88
tarix26.10.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#66363
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublik-fayllar.org

§ 5. Fuqarolarning asosiy burchlari tushunchasi va turlari
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari, balki ularning burchlarini ham mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga asosan, “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar”.
Yodda tuting!


Burch – jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o’z aksini topgan talablarni bajarish zaruriyatidir.



Yodda tuting!


Burch – kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushunchadir.

Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o‘rnatilib, ular fuqarolarning huquqlarini buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon yetmasligi nuqtai nazaridan belgilanadi.


Konstitutsiyaning 48-moddasidaFuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”. Demak, har bir fuqaro nafaqat Konstitutsiyaga balki barcha qonunlarga rioya etishga majbur. Shuningdek, har bir kishi-fuqaro boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir.
O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklarga boy va ma'naviy-madaniy qadriyatlarini yanada yaxshiroq saqlash va kelajakka taqdim qilish maqsadida, Konstitutsiyaning 49-moddasidaFuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar” degan Konstitutsiyaviy burch yuklangan.
Tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklarimiz bo‘lib, tarixiy yodgorliklar, madaniy yodgorliklari, muzeylar, shu jumladan, tarixiy kitob, qo‘l yozmalar, foto, kino, fotohujjatlar, arxiv materiallari hisoblanishi mumkin.
Ma’lumki, tabiat va atrof-muhitning sog‘lom bo‘lishi eng avvalo insonlarga bog’liqdi. Afsuski hamma insonlar ham ushbu burchlarini ado etmaydilar. Shuning uchun Konstitutsiyaning 50-moddasidaFuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” degan qoida mustahkamlangan.
Davlat o‘z ehtiyojlarini va fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lishi zarur. Shu maqsadda davlat byudjeti shakllantiriladi. Davlat byudjeti turli manbaalardan shakllanib, ular ichida soliqlar alohida o‘rin tutadi. Soliqlar to‘lash faqat korxona, tashkilotlarning (yuridik shaxslarning) burchi bo‘lib qolmasdan, bunday burch fuqarolarga (jismoniy shaxslarga) ham yuklatilgan.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin